Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
466 subscribers
6.59K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Xavfsiz yo‘llarni loyihalash masalalari muhokama etildi

Bugun transport vazirligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi “Markaziy Osiyoda yo‘llarni xavfsiz va inklyuziv loyihalash” dasturi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha BMTning Yo‘l harakati xavfsizligi jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha Xalqaro avtomobil yo‘llarini baholash dasturi (IRAP), Xavfsiz va barqaror transport Sharqiy alyansi (EASST), Xalqaro yo‘l federatsiyasi (IRF) tashkilotlari hamkorligida taqdim etilgan.

Dastur doirasida yo‘llarni loyihalash jarayonida qo‘llanilayotgan standartlarni har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish orqali takomillashtirish maqsad qilingan.


Batafsil

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Uzbekisatan airways aviakompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviaqatnovlarni bajaradi:

Toshkent – Nukus – Toshkent yo‘nalishida 20-mart kuni;

Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 20, 21, 24-mart kunlari;

Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida 24-mart kunlari;

Toshkent – Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishida 21-mart kuni;

Toshkent – Namangan – Toshkent yo‘nalishida 24-mart kuni.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar tashkil etildi

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy sho’basi tomonidan 2024-yil 14-mart kuni Xorazm viloyati Transport boshqarmasi xodimlari uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida kiberxavfsizlik hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablar, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar, yangi qabul qilingan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatini yetkazish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarida boshqarma xodimlariga faoliyatida kiberxavfsizlik hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mavzu bo‘yicha ish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki

Bugun Xorazm viloyati transport boshqarmasi, Xorazm yo'lovchi tashish va nazorat qilish davlat muassasasi va Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil va suv transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo'limi xodimlari ishtirokida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda.

Hashar doirasida Urganch shahrida joylashgan 1,2 gektar maydoniga manzari, mevali va mahalliy archalar ekilib hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hashar - elga yarashar!

“Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Ayni damda "Xorazm trolleybus saroyi" davlat muassasasi xodimlari ishtirokida muassasasa hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги Қуюв-механика заводига ташриф буюрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Литейно-механический завод в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #tanishiv #zavod #quyuvmexanika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X