Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
482 subscribers
6.61K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig'i R.Babaev rahbarligida Xiva tumanida yo'l xo'jaligi sohada olib borilayotgan ishlar bo’yicha o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Oʼrganish jarayonida, tuman avtomobil yo'llari va yo'l infratuzilmalariga e'tibor qaratildi va "Xiva tuman yo’llardan foydalanish" unitar korxonasining ish faoliyati, texnikalarining holati va ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlari o'rganildi.

Aniqlangan kamchiliklar va mavjud muammolar muhokama etilib, bartaraf etish choralarini ko’rish bo’yicha mutasaddi xodimlarga ko'rsatmalar berildi.
TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-sentabrdagi qarori bilan Omarov Mamanbiy Allabergenovich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Omarov Mamanbiy Allabergenovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

НАЗНАЧЕНИЕ

В соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 12 сентября 2023 года Омаров Маманбий Аллабергенович назначен на должность первого заместителя министра транспорта Республики Узбекистан.

До назначения на эту должность Омаров Маманбий Аллабергенович занимал должность министром транспорта Республики Каракалпакстан.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chiptalarni elektron xarid qilishda siz chipta.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalari orqali xarid qilishingiz mumkun
UzBus mobil ilovasidan qo‘shimcha qulaylik

Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtobus xizmatlaridan foydalanayotgan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida “UzBus” mobil ilovasi orqali hududlardan ham chiptalarni onlayn xarid qilish imkoniyati yaratilmoqda.

Hozirda Surxondaryo viloyatining Termiz, Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi tumanlaridan. Buxoro viloyatining Buxoro shahri va Olot tumanidan. Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Shahrisabz shaharlaridan. Xorazm viloyatining Xiva shahridan ushbu ilova orqali avtobus chiptalarini onlayn xarid qilish mumkin.

Bosqichma-bosqich ravishda ushbu imkoniyatdan barcha hududlardan turib foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.


UzBus» mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.👇

Google Play🔜 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.avtoticket.uzbus


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig’i R.Babayev boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan "Bog’ot tuman yo’llardan foydalanish" unitar korxonasi va "Gurlan tuman yo’llardan foydalanish" unitar korxonasining bugungi kundagi ish faoliyati, tuman avtomobil yo'llarida olib borilayotgan ishlar, korxonaning  moddiy texnik holati, ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarliklari o'rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek,o’rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va muammolar muhokama etilib, bartaraf etish choralarini ko’rish bo’yicha mutasaddi xodimlarga ko'rsatmalar berildi.
Xorazmda energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, transport-logistika masalalarida 7/24 xizmat ko'rsatuvchi shtab tashkil qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat korxonalari, xizmat ko'rsatish obyektlari, ko'p kvartirali turar joy fondi va ijtimoiy sohani 2023-2024 yillar kuz-qish davrida energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, transport va logistika masalalarida ko'maklashish maqsadida kun-u tun faoliyat ko'rsatuvchi viloyat shtabi tashkil qilindi.

Viloyat shtabining 1055 qisqa raqamli hamda 62-223-02-55 raqamli Ishonch telefonlari aholidan kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish va tezkor choralar ko'rish uchun 24 soat davomida faoliyat ko'rsatadi.

👉 https://t.iss.one/xorazmtransport_uz
Bugungi kunda ichki yo‘llarni sozlash va ta’mirlash ishlari mahalla aholisining talab va takliflari asosida olib borilmoqda. Bog‘ot tumanining “Nurafshon” mahallasida 16 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, huddudda 9 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Joriy yilda mahallaning Shiroq, Inoyat va Quruvchilar ko‘chasining 5 km 300 metr ichki xo‘jalik yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi. Buning natijasida 2 ming 500 nafar aholining ravon va tekis yo‘llarda harakatlanishi uchun qulaylik yaratildi.

Shuningdek, Bog‘ot tumanidagi “Nayman”, “Ashxobod”, “Tozabozor”, “Gulshan” mahallalarida ham ichki yo‘llarni ta’mirlash, sozlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida tumandagi chekka mahallalarning 21 km ichki xo‘jalik yo‘llari davlat dasturlari doirasida asfalt qilingan. Ayni paytda davlat, mahalliy hamda ichki xo‘jalik yo‘llarida qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan aniq reja asosida davom etmoqda.

👉 https://t.iss.one/xorazmtransport_uz