Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
467 subscribers
6.58K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Бишкекдаги “Ала-Арча” давлат қароргоҳида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаров тор доирада учрашув ўтказдилар.

В государственной резиденции «Ала-Арча» в Бишкеке Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Кыргызстана Садыр Жапаров провели встречу в узком составе.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_yana_bir_qulaylik

📣Eski namunadagi haydovchilik guvohnomani almashtirish uchun online buyurtma bering!

📥Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

💻Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomanisini uydan turib YIDXP (my.gov.uz) olish mumkin. Avalgidek, DXM va ichki ishlar organlariga bormaysiz, rasmga tushib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

📤Buning uchun (my.gov.uz) oqali buyurtma berasiz.

📝Buyurtmada:

🟢bo'sh qatorlar o'zingizga tegishli shaxsiy ma'lumotlar bilan to'ldiriladi;
🟢tegishli bandlar tanlanadi;
🟢yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;
🟢mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo'yladi;

💸Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 70 foizi (210 000 soʻm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

👨‍💻Markaz xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

🚗Pochta xizmati tomonidan ikki ish kunida manzil bo'yicha yetkaziladi va Sizdan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonni olib, yangisini taqdim etadi.

🏛Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonini DXMga topshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Jamoat transportida xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanadi

Yoʻlovchilarga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash maqsadida viloyatimizga 100 ta zamonaviy avtobuslar keltirilmoqda. Natijada Urganch shahrida avtobus parkini yangilash orqali xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, shuningdek shahar atrofida va tumanlarda yangi yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish imkoniyati yaratiladi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʻrabek Raximov  va Prezident Administratsiyasi hamda Transport vazirligi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan taqdimotda viloyatda jamoat transportini rivojlantirish loyihalari muhokama qilindi. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida jamoat transportining qamrovi va xizmat koʻrsatish sifati sezilarli darajada yaxshilanadi, bekatlarda yoʻlovchilar uchun zarur sharoitlar yaratiladi, xususan Urganch davlat universiteti talabalariga qulaylik yaratish maqsadida yangi bosh bekat barpo etiladi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Transport vazirlari “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini muhokama etishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat transport vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasini rivojlanirish yo‘nalishidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan masalalarni muhokama etishdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev bilan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha ishlarni faollashtirish bilan bog‘liq jihatlarni ko‘rib chiqdi.

Uchrashuvda vazirliklar rahbarlari yangi temir yo‘l yo‘lagi “Yevroosiyo qit’a ko‘prigi”ning janubiy tarmog‘iga aylanishini hamda Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga yo‘l ochishini ta’kidladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Azal Airlines aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni boshladi.

28-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 22:33 da Ozarbayjonning “Azal” aviakompaniyasining samolyoti Urganchga qo‘ndi.

"Boku-Urganch-Boku" yangi parvoz yo‘nalishi bo'yicha 99 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Airbus A319 samolyoti an’anaviy tarzda terminalda tantanali ravishda kutib olindi.

Muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Urganch Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan Oʻzbekistondagi toʻrtinchi shahar boʻldi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta - payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga - seshanba va payshanba kunlari. Bokudan Farg'onaga - payshanba kunlari.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов номидаги Илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига ташрифи чоғида Биринчи Президент музейини ташкил этиш ишлари билан ҳам танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе посещения Научно-просветительского комплекса имени Ислама Каримова также ознакомился с ходом работ по созданию музея Первого Президента.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter