Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
465 subscribers
6.58K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
​​XORAZMBUGUN/24 telegram kanali orqali kelib tushgan “Xorazmda jamoatchilik transporti yaxshilanmoqdami yoki faqat kattalar kelsa ishlaydimi bu? Bu avtobuslar xavfsizlik talabiga javob beradimi?” murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yo’l harakati qoidalariga amal qilinishi, yo‘lovchilarni belgilangan bekatlarda chiqib-tushish qoidalariga amal qilinishi, elektron to‘lov tizimining soz yoki nosoz holatlari va yong'in o'chirish moslamalarining holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O’rganish ishlari davomida SHIY-19 - sonli “Urganch shahar temir yo’l vokzali – Urganch tuman markazi” yo’nalishidagi 1 ta avtobusda elektron to‘lov tizimi texnik sabablarga ko‘ra nosoz ekanligi, yong‘in o‘chirish moslamalarining nosoz holatlari aniqlanib, yuzaga kelgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish zarurligi bo‘yicha mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shu bilan birga, haydovchilarga jamoat transportlarini belgilangan jadval asosida harakatlanishini ta’minlash va yo’lovchilarni belgilangan bekatlarda chiqarib-tushurishlari lozimligi tushuntirildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари "Ата-Бейит" тарихий-ёдгорлик мажмуасида гул қўйди

Глава нашего государства возложил цветы в историко-мемориальном комплексе "Ата-Бейит"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Бишкекдаги “Ала-Арча” қароргоҳида давлат ташрифи билан Қирғизистонда бўлиб турган Ўзбекистон Республикаси Президентини расман кутиб олиш маросими бўлди.

В резиденции «Ала-Арча» в Бишкеке состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан, пребывающего в Кыргызстане с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Бишкекдаги “Ала-Арча” давлат қароргоҳида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаров тор доирада учрашув ўтказдилар.

В государственной резиденции «Ала-Арча» в Бишкеке Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Кыргызстана Садыр Жапаров провели встречу в узком составе.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_yana_bir_qulaylik

📣Eski namunadagi haydovchilik guvohnomani almashtirish uchun online buyurtma bering!

📥Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

💻Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomanisini uydan turib YIDXP (my.gov.uz) olish mumkin. Avalgidek, DXM va ichki ishlar organlariga bormaysiz, rasmga tushib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

📤Buning uchun (my.gov.uz) oqali buyurtma berasiz.

📝Buyurtmada:

🟢bo'sh qatorlar o'zingizga tegishli shaxsiy ma'lumotlar bilan to'ldiriladi;
🟢tegishli bandlar tanlanadi;
🟢yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;
🟢mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo'yladi;

💸Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 70 foizi (210 000 soʻm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

👨‍💻Markaz xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

🚗Pochta xizmati tomonidan ikki ish kunida manzil bo'yicha yetkaziladi va Sizdan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonni olib, yangisini taqdim etadi.

🏛Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonini DXMga topshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Jamoat transportida xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanadi

Yoʻlovchilarga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash maqsadida viloyatimizga 100 ta zamonaviy avtobuslar keltirilmoqda. Natijada Urganch shahrida avtobus parkini yangilash orqali xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, shuningdek shahar atrofida va tumanlarda yangi yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish imkoniyati yaratiladi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʻrabek Raximov  va Prezident Administratsiyasi hamda Transport vazirligi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan taqdimotda viloyatda jamoat transportini rivojlantirish loyihalari muhokama qilindi. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijasida jamoat transportining qamrovi va xizmat koʻrsatish sifati sezilarli darajada yaxshilanadi, bekatlarda yoʻlovchilar uchun zarur sharoitlar yaratiladi, xususan Urganch davlat universiteti talabalariga qulaylik yaratish maqsadida yangi bosh bekat barpo etiladi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati