Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
464 subscribers
6.58K photos
652 videos
1.9K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Joriy yilning 7 yanvar kuni soat 09:30 da “Urganch – Xiva – Urganch” trolleybuslar harakati davomida Urganch tumanidan kesib o‘tuvchi 4 R 158 yoʼlning 7-8 kmdagi elektr tarmog‘ida texnik nosozliklar yuzaga kelganligi sababli barcha trolleybuslar harakati vaqtincha toʼxtatildi.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida “Xorazm trolleybus boshqarmasi” DK tomonidan barcha zaruriy koʼrilib elektr tarmogʼidagi nosozliklar toʼliq bartaraf etilib, soat 13:30 da trolleybuslar harakati qayta tiklandi.

Kelib chiqqan noqulayliklar uchun yoʼlovchilardan uzr soʼraymiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
50% CHEGIRMALI CHIPTALAR BO‘YICHA STATISTIK MA'LUMOT

Qishki ta’til kunlari uzaytirilgani munosabati bilan talabalar tomonidan chiptalar qaytarilib, boshqa sanalarga rasmiylashtirilmoqda.

2023 yil 7-yanvar kuni holatiga 50% chegirma asosida xarid qilingan chiptalar 10 979 nafar talabalar tomonidan qaytarilgan bo'lib, shundan 5 944tasi chiptaxonalar orqali va 5 035tasi elektron tarzda amalga oshirilgan.

Bundan tashqari 18-yanvar sanasiga qadar talabalarning so‘roviga asosan 10 869 ta chipta qayta rasmiylashtirilib berilgan hamda 4 544 ta chipta qo‘shimcha rasmiylashtirilgan.
Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
Photo
Joriy yilning 10-18-yanvar kunlari O'zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi munosabati bilan, viloyatdagi yo'lovchi tashish faoliyati shug'ullanuvchi tashkilotlar xodimlari va haydovchilarga Xorazm viloyati transport boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan quyidagi masalalarda tushuntirish ishlari olib borildi:

— yo'l kira narxlarini sun'iy ravishda oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik;
— jamoat transporti vositalari harakati muntazamligi ta'minlash uchun mavsumiy (qishki) yoqilg'i moylash materiallari zaxirasini yaratish va e'tiborli bo'lish.

Bundan tashqari, viloyatdagi mavjud avtovokzal, avtostansiyalar va ularda faoliyat olib boruvchi shaharlararo avtobus yo'nalishlarida faoliyat ko'rsatuvchi korxona rahbarlari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

❗️❗️❗️ Hurmatli haydovchilar
Sovuq va nam ob-havo sharoitida yo'l harakati qoidalariga qat'iyan rioya qilishingiz hamda avtotransport vositalaring texnik soz holatlarini mukammal saqlashga harakat qilishingizni so'rab qolamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati
Hurmatli chipta.railway.uz veb-sayti foydalanuvchilari!

Saytimizda qo'shimcha imkoniyatlar yaratish hamda takomillashtirish maqsadida 2023-yil 9-yanvar kuni soat 00:00 dan 2023-yil 9-yanvar tonggi soat 6:00 gacha dasturchilarimiz tomonidan modernizatsiya ishlari olib boriladi.

Foydalanuvchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ uzr so'raydi deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati.
Hurmatli yo`lovchilar, 9-18 yanvar kunlarida Respublikamizda havo haroratining keskin pasayishi natijasida anomal sovuq ob-havo bo`lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, yo`llarda yuzaga keladigan tirbandliklarni inobatga olgan holda, temir yo`l vokzallariga kechikib kelish holatini oldini olishingizni so`rab qolamiz!

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
​​Joriy yilning 9-15 yanvar kunlarida kutilayotgan anomal sovuq massasi kirib kelishi munosabati bilan aholini jamoat transporti bilan toʼliq taʼminlash hamda yoʼlovchi tashishdagi noqulayliklarni oldini olish boʼyicha yoʼnalishlar harakat jadvallariga qoʼshimcha oʼzgartirishlar kiritiladi.

  Xususan, bugungi kunda tumanlar markazlaridan viloyat markaziga xamda tumanlararo harakatlanuvchi 14 ta avtobus yoʼnalishlarda 84 ta avtobuslar aholiga xizmat qilib kelmoqda edi. Аholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida hamda kutilayotgan anomal sovuq massasi kirib kelishi munosabati bilan mazkur yoʼnalishdagi avtobuslar soni 130 tagacha oshiriladi.

Bundan tashqari, tumanlar markazlaridan viloyat markaziga hamda tumanlararo harakatlanuvchi 14 ta yoʼnalishlardagi 220 ta yoʼnalishli taksilar soni 370 tagacha oshiriladi.
Yuqorida koʼrsatilgan yoʼnalishlardagi avtotransport vositalarining oraliq vaqtlari qisqartirildi. Аvtobus va yoʼnalishli taksilarning ish vaqtlari 07:00 dan 19:00 gacha ish faoliyatlarini olib borilishi Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olinishi taʼminlanishini maʼlum qilamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Xorazm viloyatida qor yog'ganligi sababli temir yo’llarda yuzaga keladigan tirbandliklarni oldini olish va poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Urganch temir yo’l masofasi ishchilari tomonidan temir yo’l linyalarini qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati transort boshqarmasi Matbuot izmati
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида саноатни ривожлантириш ҳамда қўшимча захираларни аниқлаш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития промышленности и выявления дополнительных резервов.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #zaxiralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter