Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
481 subscribers
6.61K photos
653 videos
1.91K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan harakat ishtirokchilariga milliy bayrog'imizni tarqatmoqdalar.

Milliy g’ururimiz hisoblangan davlat bayroqlarimizni tarqatishdan asosiy maqsad, haydovchilarda davlat bayrog’iga bo’lgan milliy g’ururni yuksaltirish va ularga yana bir bor  O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni eslatib o’tishdan iborat.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Joriy yil noyabr oyida Xorazm viloyati Transport boshqarmasining tashabbusi bilan aholiga yanada sifatli transport xizmati koʻrsatish hamda turizm salohiyatini oshirish maqsadida viloyatimizga "YANGIBOZOR 9-SON AVTOKORXONA" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2 ta “ISUZU SAZ HC 40” rusumli avtobuslar va "BIZNES TRANS SAVDO" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yumshoq oʻrindiqli 2 ta “JAC SUNRAY” rusumli mikroavtobuslar jami 4 ta yangi avtotransport vositalari xarid qilindi.

Maʼlumot uchun: Joriy yilda viloyatimizga 5 ta avtobus va 36 ta mikroavtobuslar olib kelinib, muntazam yoʻlovchi tashish yoʻnalishlariga joylashtirildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida

Bugun, Xorazm viloyati Transport boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 630-son qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan tashuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Qarorga muvofiq, norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlar 2022-yildan boshlab mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutgan holda har oy yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplanishi va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi tomonidan tijorat banklarining yangilash parametrlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar boʼyicha kredit summasining 50 foizigacha taʼminlanishi, biroq, 8 mlrd soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdorda kafillik berilishi hamda tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq boʼlmagan qismi qoplab berilishi tashuvchilarga toʼliq tushuntirildi.

Uchrashuv davomida, tashuvchilarda yuzaga kelayotgan muammolarini bartaraf etish va ularga amaliy yordam berish choralarini ko’rish yuzasidan mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Xorazm viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Ўзбекистон Франция компаниясидан 17 та самолёт сотиб олади

Бу ҳақдаги савдо келишувлари Ўзбекистон делегациясининг Парижга расмий ташрифи доирасида имзоланди.

Хусусан, келишувга мувофиқ 12 та Airbus A320neo ва A321neo ҳамда 5 та ATR 72−600 самолётларини, шунингдек, иккита Airbus H145 вертолётларини харид қилиш режалаштирилган.


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#live

Bugungi kunda transport infratuzilmasini yanada yaxshilash, sohada jahon tajribalarini keng qo'llash borasida keng salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi transport vazirligining delegatsiya a'zolari rasmiy tashrif bilan 21-25-noyabr kunlari Riga shahrida bo'ladilar.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad Latviyaning Riga shahrida faoliyat olib borayotgan shahar transport korxonalari faoliyati,  jamoat transportlariga yaratilgan imkoniyatlar va shunga o'xshash sohaning boshqa yirik tarmoqlari bilan yaqindan tanishish hamda tajriba almashishdan iborat.

Ayni damda O'zbekiston Respublikasi transport vazirligining delegatsiya a'zolari va Latviya transport vazirligi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati
#Халқаро_ҳамкорлик

Транспорт тизимини ривожлантиришда Латвия тажрибаси ўрганилмоқда

Бугун Ўзбекистон ва Латвия ўртасида транспорт соҳасидаги муносабатлар тобора чуқурлашиб, ўзаро манфаатли ҳамкорлик алоқалари ривожланиб бормоқда.

Айни дамда Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги ва ҳудудий транспорт бошқармалари масъул ходимларидан иборат ишчи гуруҳ Латвия Республикасида бўлиб турибти.

Ҳудудларда транспортни ривожлантириш бошқармаси бошлиғи Азиз Хужанов бошчилигидаги делегация ишчи сафари давомида транспорт тизимини ривожлантиришда Латвия тажрибаси билан яқиндан танишмоқда.

23 ноябрь куни ишчи гуруҳ вакиллари Латвия транспорт вазирлиги давлат котиби Ульдис Рейманис билан учрашди. Учрашувда ҳудудларда шаҳар жамоат транспорти тизимини ривожлантириш, интеллектуал транспорт тизимларини маҳаллий шароитда қўллаш билан боғлиқ масалалар муҳокама этилди.


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 25 ноябрь куни Навоий вилоятига жўнаб кетди.

Ташриф давомида халқ депутатлари вилоят кенгаши йиғилишида иштирок этиш, саноат корхоналари фаолияти билан танишиш, янги лойиҳаларни ишга тушириш ҳамда халқ билан мулоқот режалаштирилган.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 25 ноября отбыл в Навоийскую область.

В ходе поездки запланированы участие в заседании областного кенгаша народных депутатов, ознакомлениe с деятельностью промышленных предприятий, запуск новых проектов, а также диалог с народом.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Xorazm viloyati transport tizimini rivojlantirish maqsadida viloyat transport boshqarmasi boshligʼi R.Babayev xam Latviya tajribasi bilan yaqindan tanishmoqda

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi transport vazirligining delegatsiya a'zolari rasmiy tashrif bilan 21-25-noyabr kunlari Riga shahrida bo’lishmoqdalar.

Bugun, delegatsiya a’zolari jamoat transport faoliyatini yanada rivojlantirish xorij tajribasini o’rganish maqsadida, Latviya Respublikasining eng yirik yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi “Nordeka” korxonasi, Riga avtovokzali va Latviya Respublikasi avtotransport direksiyasi faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur korxonalarning tajribasini o’rgangan xolda hududlardagi jamoat transportlar faoliyatini yanada rivojlantirishdan iborat.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati