Xorazm viloyati Transport boshqarmasi rasmiy kanali
536 subscribers
6.7K photos
666 videos
1.93K links
Telegram:https: //t.iss.one/xorazmtransport_uz

Facebook: https://fb.com/xorazmtrans

You tube: https://youtube.com/channel/UCbzeNa6hpJtQ6jbeXMIgblA

Murojaat uchun ishonch telefon raqam: (62) 229 3037
Download Telegram
Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Hazorasp tumanida sohada olib borilayotgan ishlar bo’yicha o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, boshqarma boshlig'i R.Babayev Hazorasp temir yo'l vokzali, Hazorasp temir yo'l bekati va "Hazorasp tuman yo’llardan foydalanish" unitar korxonasiga tashrif buyurib, ularning bugungi kundagi ish faoliyatlari, texnikalarining qayday holatdaligi va ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Oʼrganish jarayonida yo'lovchilarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, obodonlashtirish ishlari qoniqarli holatda emasligi va boshqa kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar muhokama etilib, bartaraf etish choralarini ko’rish bo’yicha mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati
Махсус иқтисодий ва кичик саноат зоналари ташкил қилиш, уларни зарур инфратузилма билан таъминлаш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Бунинг учун 1 триллион 500 миллиард сўм ёки 2021 йилга нисбатан 2 баравар кўп маблағ ажратилиши белгиланди.
Шу пайтгача саноат зоналаридаги ерлар аукционга ҳокимлик томонидан қўйилар эди. Энди инвестиция мажбуриятлари белгиланиб, мазкур зоналарнинг дирекциялари томонидан чиқарилади.

Состоялось видеоселекторное совещание по организации специальных экономических и малых промышленных зон, обеспечению их инфраструктурой.
Определено, что на эти цели в нынешнем году будет выделено 1 триллион 500 миллиардов сумов или в два раза больше средств, чем в 2021 году.
До сих пор земли в промышленных зонах выставлялись на аукцион хокимиятами. Отныне они будут выставляться дирекциями промзон с определением инвестиционных обязательств.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #infratuzilma

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
27-may kuni Urganch buyum bozori bosh bekatidan quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha avtobus qatnovlari amalga oshiriladi.

09:00 Urganch - Nukus 20 000 soʼm
09:00 Urganch - Shaxrisabz 82 000 soʼm
13:00 - Urganch - Toshkent -125 000 soʼm
14:00 - Hazorasp - Toshkent -120 000 soʼm (Hazorasp buyum bozori avtobekatidan)
15:00 Xiva-Chirchiq 132 000 soʼm (Xiva vokzali bekatidan)
16:00 - Urganch - Toshkent -125 000 soʼm
18:00 Urganch - Samarqand 85 000 soʼm

Chiptalarni Urganch buyum bozori bosh bekati kassalaridan sotib olishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun telefon:
(+998 99) 451 73 93
(+99899) 506 67 72

Xorazm viloyati Transport boshqarmasi Matbuot xizmati
YO'LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG'ULLANUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

JORIY YILNING 27-IYUN KUNI XORАZM VILOYATI HUDUDIDАGI SHАHАR, SHАHАR АTROFI VА VILOYAT ICHI SHАHАRLАRАRO YOʼNАLISHLАRNI BIRIKTIRISH BOʼYICHА ELEKTRON TАRZDА OCHIQ TENDER OʼTKАZILАDI.

XORAZM VILOYATI TRANSPORT BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI
“Uzbekistan Airports” AJ rahbariyatining qarori bilan “Urganch” xalqaro aeroporti direktori Ruslan Agabullayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Boshqaruv raisining ekspluatatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Javlonbek Umarxo‘jaev aeroport direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

"Uzbekistan Airports" AJ rasmiy xabari


Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlashga barcha mas'ul!

Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Hazorasp tumanida faoliyat olib borayotgan jamoat transport vositalarining harakat xavfsizligiga rioya etishlari, yo'lovchilar uchun yaratilgan shart shariotlar va belgilangan tartibda olib borilayotgan faoliyatlari yuzasidan o'rganish ishlarini olib bordi.

O'rganishlar davomida anqilangan kamchiliklar yuzasidan Hazorasp tumanida faoliyat olib borayotgan yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida bir nechta jamoat transportlarida yo'lovchilarni belgilangan joylarda avtransport vositalariga chiqib tushushi, belgilangan jadval asosida harakatdan kechka qolishlari, yo'l harakati qoidalariga amal qilmasliklari va avtobuslarda yo'nalishlar nomlari noto'g'ri yozilishi holatlari mavjudligi yuzasidan korxona rahbarlari ogohlantirilidi.

Bunday uchrashuvlardan ko'zlangan maqsad - yo'llarda harakat xafvsizligini ta'minlagan holda yo'lovchilarga sifatli xizmat ko'rsatishdan iborat!

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati