Xorazmstat
1.06K subscribers
17.2K photos
459 videos
5 files
10.7K links
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati

Manzil:
220100, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko'chasi, 93-uy

Veb sayt:
https://xorazmstat.uz/uz/

Facebook:
https://www.facebook.com/groups/820769195027714
Download Telegram
Asosiy kapitalga eng koʻp investitsiya sanoatda oʻzlashtirilgan

📊 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda 9 628,9 mlrd soʻmlik asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra quyidagi sohalarda koʻp investitsiya oʻzlashtirilgan:

ishlab chiqarish sanoatida – 2 949,4 mlrd soʻm (umumiy hajmning 30,6 % ulushi)
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 1 767,2 mlrd soʻm (18,3 %)
qurilishda – 954,8 mlrd soʻm (9,9 %)
tashish va saqlash sohasida – 622,2 mlrd soʻm (6,5 %)
suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yigʻish va qayta ishlashda – 564,2 mlrd soʻm (5,9 %)
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 521,3 mlrd soʻm (5,4 %)

Rasmiy sahifalar:
| Sayt | Telegram | Facebook |
Gurlan tumanida qaysi sohalarda kichik tadbirkorlik yuqori ulushga ega boʻlgan?


📊 2025- yilning 1-iyul holatiga Gurlan tumanida 1 380 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan.
2025-yilning 6 oyidagi dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu sektor quyidagi sohalarda yuqori ulushga ega boʻlgan:

sanoat ishlab chiqarishda - 58,6 %
bajarilgan qurilish ishlari - 97,8 %
asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmida - 94,9 %
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida - 100,0 %
chakana savdoda - 99,5 %
bozor xizmatlarida - 81,1 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Meva va sabzavot eksporti oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatidan xorijga 94,1 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi.
Bu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 22,4 % ga koʻpaydi va jami eksportdagi ulushi 50,5 % ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Import tarkibida qaysi tovarlarning ulushi yuqori boʻlgan?

📊 2025-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizning import hajmi 201,6 mln AQSH dollariga yetdi va 2024- yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 96,6 % ni tashkil qildi.

Import tarkibida eng katta ulushga ega mahsulotlar:

mashinalar va transport asbob-uskunalari - 32,2 %
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar - 32,1%
nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari - 17,4%
sanoat tovarlari - 6,3 %
kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar - 5,4 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyat boʻyicha eng koʻp qishloq xoʻjalik mahsulotlari dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan

📊 2025- yilning 6 oyida viloyatimizda 12,4 trln soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgan boʻlib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning yanvar-iyun oylarida 103,8 % ni tashkil qilgan.

Yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining xoʻjalik toifalari kesimidagi tarkibi (ulushi):

dehqon va tomorqa xoʻjaliklari – 79,6 %
fermer xoʻjaliklari – 16,0 %
qishloq xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 4,4 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Kichik tadbirkorlik subyektlarining viloyat eksportidagi ulushi oshdi

📊 2025- yilning yanvar-iyunida viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 142,8 mln AQSH dollarini tashkil qildi.

Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining 76,6 % ini tashkil etdi.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan kichik tadbirkorlikning eksport hajmi 42,5 mln dollarga koʻpaydi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#интервью

Ҳисобот топширишда тадбиркорлар учун яратилаётган имкониятлар

Ҳозирда тадбиркорлар учун статистик ҳисоботларни топшириш жараёнларини соддалаштириш учун бир қатор енгилликлар яратилмоқда. Жумладан, Президентимизнинг 2025 йил 24 февралдаги 27-сонли фармонига асосан, ходимлари 5 нафардан кам ва айланмаси БҲМнинг 2 000 бараваригача бўлган кичик тадбиркорлик субъектлари ҳисоботларни эндиликда ҳар йили эмас, 3 йилда бир маротаба тақдим этиши белгиланди. Миллий статистика қўмитаси томонидан ҳам бу борада бир қанча қулайликлар йўлга қўйилган. Масалан, ҳисобот даврида респондентларга амалий ёрдам кўрсатиш мақсадида онлайн мулоқотлар тизимли равишда ташкил этиб келинади. Қолаверса, уларни қийнаган саволларга жавоб бериш мақсадида call-марказ фаолияти йўлга қўйилган. Бундан ташқари, барча жараёнларни ўзида акс эттирган видеоқўлланмалар ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларга жойлаштирилган. Бу каби имкониятлар ҳисобот юкини камайтириш, маълумотларни аниқ ва ўз вақтида тақдим этишга хизмат қилмоқда.


Маъмуржон Сатимов
Миллий статистика қўмитаси Тадбиркорлик субъектларини кузатув бошқармаси бошлиғи
#Kun_hikmati

Tarix bizni berganvaʼdalarimiz uchun emas, balki bajargan vaʼdalarimiz uchun eslab qoladi.


Djerald Ford
⚡️⚡️⚡️Vakant lavozimlarga ochiq tanlov

📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi quyidagi boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʼlon qiladi:

🔹 Хonqa tumani statistika boʻlimi boshligʻi

Malakaviy talablar: Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish lozim.

🔹 Gurlan tumani statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi

Malakaviy talablar: Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot talab qilinadi.

Batafsil maʻlumot: https://xorazmstat.uz/uz/haqida/bo-sh-ish-o-rinlari.

🗓 Nomzodlar rezyumelarini (mutaxassislik diplomi nusxasi bilan) [email protected] elektron manziliga yoki viloyat statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish bo'limiga 2025-yilning 10-avgustigacha joʻnatishlari lozim.

Axborot xizmati
Xorazmstat pinned a photo
Xorazm viloyatining yalpi hududiy mahsuloti qanchaga oʻsdi?

📊 2025- yilningyanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, Xorazm viloyatining yalpi hududiy mahsuloti hajmi 7,4 % ga oʻsdi va 26 774,5 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eng koʻp dehqonchilik mahsuloti Bogʻot tumanida yetishtirildi

📊 2025- yilning 6 oyida viloyatimizda hajmi 3 084,2 mlrd soʻmlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirildi.

2024-yilning tegishli davriga nisbatan umumiy hajmning oʻsish surʼati 107,1 % ni tashkil qildi.


Dehqonchilik mahsulotlarining eng yuqori hajmi yetishtirilgan hududlar:

Bogʻot tumani - 379,8 mlrd soʻm
Urganch tumani - 344,3 mlrd soʻm
Shovot tumani - 326,1 mlrd soʻm
Xonqa tumani - 342,1 mlrd soʻm.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyat sanoat ishlab chiqarishida Tuproqqalʼa tumani yetakchilik qilmoqda

📊 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati sanoatida umumiy hajmi 15 743,7 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarishning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha boʻlgan:

Tuproqqalʼa tumani – 6 994,5 mlrd soʻm
Urganch shahri – 2 326,5 mlrd soʻm
Urganch tumani – 815,8 mlrd soʻm
Xonqa tumani – 742,7 mlrd soʻm
Shovot tumani – 536,3 mlrd soʻm
Yangibozor tumani – 474,6 mlrd soʻm
Qoʻshkoʻpir tumani – 437,8 mlrd soʻm
Yangiariq tumani – 426,6 mlrd soʻm
Hazorasp tumani – 348,3 mlrd soʻm
Bogʻot tumani – 329,7 mlrd soʻm
Xiva tumani – 321,7 mlrd soʻm
Xiva shahri – 225,0 mlrd soʻm
Gurlan tumani – 222,4 mlrd soʻm.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizda nechtatugʻilish holati qayd etilgan?

📊 Viloyatimizda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan tirik tugʻilish holatlari soni 18,6 mingtani tashkil qildi.

Har ming aholiga nisbatan tugʻilishkoeffitsiyenti 18,4 promille darajasida qayd etildi.

Tugʻilish holatlarining gender
tarkibi:


oʻgʻil bolalar – 9,6 ming nafar
qiz bolalar – 9,0 ming nafar.

Viloyatda tugʻilishlar soni 2024-yilning mos davriganisbatan 0,1 mingtaga kamaygan.


Rasmiy sahifalar:


| Sayt | Telegram | Facebook |
Aholi mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi qariyb 13 foizga oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda aholi mablagʻlari hisobidan asosiy kapitalga 1,6 trln soʻmlik investitsiya kiritilgan.

Bu koʻrsatkich markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining 16,3 % ulushini tashkil qiladi.


2024-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda, shu turdagi investitsiyalar hajmi 12,9 % ga oʻsgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eng koʻp sanoat korxonasi qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?


📊 2025- yilning 1-iyul holatiga viloyatimizda 3 577 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan.

Jami sanoat korxonalarining
634 tasi (17,7 %) Urganch shahrida faoliyat koʻrsatgan.
Sanoat korxonalari soni
salmoqli boʻlgan hududlar:

Urganch tumani – 460 ta (11,4 %)
Xonqa tumani – 385 ta (10,8 %)
Qoʻshkoʻpir tumani – 327 ta (9,1 %)
Shovot tumani – 276 ta (7,7 %).

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Viloyatimizda aholi zichligi oʻsdi

📊 Xorazm viloyati boʻyicha 2025-yil 1-iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga aholi zichligi oʻrtacha 338,1 kishiga toʻgʻri kelgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,0 kishiga ortgan (2024-yil 1-iyul holatiga 1 kv.km.ga 332,1 kishi).

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibi


📊 2025-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9 305,6 mlrd soʻmni tashkil qildi.

2024-yilning shu davriga
nisbatan bu koʻrsatkich 2,6 % ga oshdi.


Koʻrilayotgan davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar
tomonidan ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi:
goʻsht (tirik vaznda) - 101,1 ming tonna
sut - 584,3 ming tonna
tuxum - 253,3 mln dona
qirqib olingan jun - 682 tonna
qorakoʻl teri - 6,2 ming dona
ovlangan baliq- 9,4 ming tonna.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |