Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rejalar_2025
Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.
Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:
➖Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;
➖Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;
➖Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;
➖Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;
➖Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;
➖2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;
➖Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;
➖6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;
➖“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;
➖“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;
➖Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;
➖Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;
➖Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;
➖Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
➖Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;
➖Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;
➖Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;
➖6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.
Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.
@hilola_umarova

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI DIREKTORI
SALAYEV JASURBEK KOMILOVICH
SALAYEV JASURBEK KOMILOVICH
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!
Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.
Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.
Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.
Hurmatli ustozlar!
Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.
Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.
Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!
Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

🎄Yangi yilda omad va yaxshi kayfiyat sizning doimiy hamrohlaringiz bo'lsin, amalga oshirilgan umid va istaklarning quvonchi Sizni hech qachon tark etmasin. Xonadoningizda farovonlik, oilada tinchlik va muhabbat bo'lsin.
🏛 Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va farovonlik, ishlaringizda muvaffaqiyat tilaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Туркистон жадидлик ҳаракатининг асосчиси, атоқли адиб ва жамоат арбоби, ношир ва педагог Маҳмудхўжа Беҳбудий таваллудининг 150 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 150-летия со дня рождения основателя джадидского движения в Туркестане, выдающегося писателя, общественного деятеля, издателя и педагога Махмудходжи Бехбуди"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forwarded from АОКА Xorazm || Rasmiy kanali
“Men G‘olib” musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Joriy yilning 3-yanvaridan Yugur.uz platformasida “Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
🌐 aokaxorazm.uz | 💬 Facebook | ✅ Telegram |🌐 Instagram