🔔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi
2.06K subscribers
6.14K photos
337 videos
18 files
1.56K links
🏬Xorazm viloyati PMM axborot kanal
📠Tel: 62-2238965
📲Murojaat: uchun @azik3940
📭Manzil:Xiva sh. A.Temur ko‘chasi, 31-uy
📝Matbuot kotib: @azik3940
Download Telegram
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Xorazmda

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjapov Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹Tashrif doirasida Pedagogik mahorat markazining zamonaviy o‘quv auditoriyalari, texnik vositalar bilan jihozlangan dars xonalari hamda tinglovchilar uchun yaratilgan qulay yotoqxona sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi. U yerdagi pedagoglar uchun yaratilgan didaktik materiallar, multimedia uskunalari va samarali o‘quv muhiti alohida e’tirof etildi.

📸Markaz axborot xizmati
📱Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱 Web sayt 📱Telegram
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshlandi!

✅️Joriy yil qabul davomida Prezident maktablariga jami 49 924 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, bir oʻringa 148 nafar talabgor toʻgʻri keladi.

📍Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida pedagoglar malakasi oshirilmoqda

👉Xorazm viloyatining Urganch, Hozarasp, Xiva va Tuproqqal’a tumanlarida “Dolzarb 90 kun” qisqa muddatli o‘quv kurslari davom etmoqda. Mazkur bosqich yoshlar va pedagoglar salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi ta’lim loyihasi sifatida tashkil etilmoqda.

Mavzu: Bolalarga kashf qilish, tajriba o‘tkazish va muammolarni ijobiy hal qilishni o‘yinlar orqali o‘rgatish.

⚡️Seminar-treninglarda Singapur ta’lim tizimi asosida ishlab chiqilgan ilg‘or metodik yondashuvlar keng yoritildi. Tajribalarni amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqur o‘zlashtirib,mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.


O‘quv kursi doirasida pedagoglar quyidagi:
🔹zamonaviy interaktiv metodlarni qo‘llash;
🔹tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish;

Mazkur tashabbus bolalar tafakkurini kengaytirish,ularning ilm-fanga qiziqishini kuchaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.


Ushbu jarayonlar 23-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.


📸 Xorazm viloyati PMM axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM