"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
4.44K subscribers
13.5K photos
1.36K videos
8 files
2.83K links
"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filialining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali

""Ishonch" telefon: 1154
Murojaatlar uchun: @xorazmhetmuloqot
Download Telegram
Forwarded from Xorazm.uz
Сайёр қабул

Бугун Ҳазорасп туманидаги Боғдор маҳалласида вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Жўрабек Рахимовнинг навбатдаги сайёр қабули ўтказилди.

Қабулда вилоятимизнинг турли ҳудудларидан келган 126 нафар фуқаронинг мурожаатлари тингланди. Қабулга келганларнинг кўпчилиги Ҳазорасп, Тупроққалъа, Урганч туманлари ва Урганч шаҳридан бўлиб, мурожаатлар асосан уй жой, ер муносабатлари ва ноқонуний қурилишлар билан боғлиқ муаммолар, даволаниш учун моддий ёрдам ажратиш, ишга жойлашиш каби масалалар хусусида бўлди. Ҳар бир мурожаат тегишли соҳа мутахассислари иштирокида ўрганилиб, айрим масалаларга шу ернинг ўзида ечим топилди, баъзи фуқароларга ҳуқуқий маслаҳат берилди, ечими қўшимча ўрганиш ва вақт талаб қиладиган мурожаатлар ижроси назоратга олинди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
Xiva, Urganch tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar bо‘lishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari
О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning

Xiva tumanining Panamaxsum, Chanashik mahallalarida

Urganch tumanining Xajiboylar, Oyoq bog‘, Adolat, Oq maktab, M. Xorazmiy, Yuqori ovul, Arablar mahallalarida

Joriy yilning 13 fevral kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun sizdan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmdagi elektr tarmoqlari jamiyati xalqni svet oʻchrishi boʻyicha shaxmat taxtasi kabi oʻynamoqdami? ” sarlavhali murojaatga

RASMIY MUNOSABAT

Yil boshida Respublikamiz hududida havo haroratining anomal pasayishi davrida yoqilgʻi-energetika sohasidagi ishlarni toʻgʻri va tizimli tashkil qilish, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida reja dasturlar ishlab chiqildi.
Bunda, Respublika dispetcherlik xizmati tomonidan katta avariyalarni oldini olish maqsadida vaqtinchalik qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda. Ushbu cheklovlar davrida viloyatimizning barcha hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar sodir boʻlmoqda.
Shu oʻrinda isteʼmolchilarga quyosh panellarini oʻrnatishni tavsiya qilamiz. Bugungi kunda yashil energetikani rivojlatirish uchun keng koʻlamli ishlar amalga oshiliayotganligini, quyosh panellari, suv isitish kallektorlarini oʻrnatishda bir qator imtiyozlar berilayotganligini eslatib oʻtamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga bergani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on» — energetika vaziri

—————

«Информация о том, что Узбекистан передал России эксклюзивные права на все месторождения нефти и газа, является ложью» — министр энергетики

▶️
@minenergy_uz
Forwarded from MINENERGY.UZ
Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov Energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

A.Jumanazarov elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha Energetika vazirining o‘rinbosari hisoblanadi.

Mazkur tayinlovga qadar A.Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
#Tezkor
#Urganch_tumani
#Murojaatlar

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filialiga Urganch tumani Shermatlar mahallasi iste'molchisidan kelib tushgan murojaatga asosan hududga tezkor chiqish birigadalari jalb qilindi

Urganch tumani Shermatlar mahallasidagi 5917-sonli transformatoridan chiquvchi elektr tarmog'ida elektr energiyasi iste'moli oshishi natijasida nosozlik yuzaga kelganligi aniqlanib tezkor chiqish brigadalari tomonidan bartaraf qilindi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati