"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
4.43K subscribers
13.6K photos
1.37K videos
8 files
2.83K links
"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filialining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali

""Ishonch" telefon: 1154
Murojaatlar uchun: @xorazmhetmuloqot
Download Telegram
🌞Quyosh panellarini o'rnatish uchun banklar tomonidan muddatli kreditlar bilan tanishing

🏛Xalq banki
▪️Fuqarolar uchun «Yashil makon» iste’mol krediti
Muddati 5 yilgacha
Foizi 15%
Miqdori 60 mln. sо‘mgacha
👉 Batafsil


🏛Mikrokreditbank
▪️ Fuqarolar uchun "Saving energy" iste’mol krediti
Muddati 60 oygacha
Foizi 15%
Miqdori 500 BHMgacha
👉 Batafsil


🏛Ipoteka-bank
▪️Fuqarolar uchun
Muddati 5 yilgacha
Foizi 15%
Boshlang‘ich tо‘lov mavjud emas
Miqdori 90 mln. sо‘mgacha
👉 Batafsil


🏛Qishloqqurilishbank
▪️Fuqarolar uchun «Yashil» iste’mol krediti
Muddati 5 yilgacha
Foizi 15%
Miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha
👉 Batafsil


🏛 О‘zsanoatqurilishbank
▪️Quyosh panellari olib kelib о‘rnatuvchi ta’minotchi korxonalar uchun:
"SME Green Loan" mahsuloti
👉 Batafsil


"Corporate green loan" mahsuloti
👉 Batafsil


Fuqarolar uchun
"Green product"
Muddati 60 oygacha
Foizi 15%
Miqdori 50 mln. sо‘mgacha
👉 Batafsil


Green product online
Muddati 60 oygacha
Foizi 15%
Miqdori 50 mln. sо‘mgacha
👉 Batafsil

Ma'lumotlar banklarning rasmiy veb sayt sahifalarindan olingan

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Forwarded from Yangibozor.uz | Rasmiy|
Янгибозорда қуёш панеллари ўрнатилмоқда

Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг “Энергия тежовчи технологияларни жорий қилиш ва кичик қувватли қайта тикланувчи энергия манбаларини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги фармони ижроси доирасида туманда изчил ишлар амалга оширилмоқда.

Хусусан, туманда 227 та объектга қуёш панеллари ўрнатиш режалаштирилган. Айни кунларда аҳоли хонадонларида ҳам бу жараён бошланган.
(Суратда Очақалъа маҳалласи, хонадон)

Янгибозор тумани ҳокимлиги матбуот хизмати

@yangibozor_hokimligi
Янгибозорда қуёш панеллари ўрнатилмоқда

Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг “Энергия тежовчи технологияларни жорий қилиш ва кичик қувватли қайта тикланувчи энергия манбаларини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги фармони ижроси доирасида туманда изчил ишлар амалга оширилмоқда.

Хусусан, Шоирлар маҳалласидаги тиббиёт пункитига 3 кВтли қуёш панели ўрнатилди.

Хоразмбугун хабарлар👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gulirayxon mahallasiga yangidan temir beton tayanchlar o'rnatilmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 avgustdagi 435-sonli “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Xiva shahrining Gulirayxon mahallasiga yangi temir beton tayanchlari olib kelinib elektr tarmoqlarini qurish va rivojlantirish xizmati xodimlari tomonidan temir beton tayanchlarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

Dastur doirasida mahalla hududiga yangidan 250 kValik transformator va 4,1 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini yangidan qurish rejalashtirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Urganch, Qо‘shkо‘pir tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar bо‘lishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari
О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning

Urganch tumanining Zarg’ar, Ravot, Qо‘ng‘irot, Oq yop, Baxshilar, Xilol, Orzu, Gulobod, Xidoyat, Qumravot, Shermatlar mahallalarida

Qо‘shkо‘pir tumanining Yangilik, Ayronkо‘l, Mast mahallalarida

Joriy yilning 15 fevral kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun sizdan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan meyordan oshgan taqdirda, ularga yangi iste’molchilarni ulash qat’iyan taqiqlanmoqda.

Prezident qarori

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Forwarded from MINENERGY.UZ
Quyosh energiyasi xonadonning elektr energiyasiga sarflanadigan xarajatini 4 barobarga qisqartirdi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaro o‘z xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatib, uning bir qator foydalari haqida so‘zlab berdi.

Bu haqda batafsil ushbu lavhada tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
Forwarded from Xorazm.uz
Халқ депутатлари Янгибозор туман Кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида

Бугун халқ депутатлари Янгибозор туман Кенгашининг навбатдан ташқари 82-сессияси бўлиб ўтди. Сессияда ташкилий масала кўрилди. Янгибозор тумани ҳокими лавозимида ишлаб келган Ўктам Кучкарович Курбонов бошқа ишга ўтиши муносабати билан эгаллаб турган вазифасидан озод қилинди. Сессияда вилоят ҳокими вазифасини бажарувчи Жўрабек Рахимов сўзга чиқиб туманни ижтимоий- иқтисодий ривожлантириш борасидаги муҳим вазифалар хусусида тўхталди.

Вилоят раҳбари Янгибозор тумани ҳокими лавозимига Урганч тумани прокурори вазифасида ишлаб келган Р.Жуманиязов номзодини тавсия этди. Депутатлар, нуронийлар сўзга чиқиб номзодни якдиллик билан қўллаб қувватладилар. Овоз бериш натижаларига кўра Жуманиязов Руслан Рустамович Янгибозор тумани ҳокими этиб тасдиқланди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram