Xorazm Sardorlari | Arxiv 2019-2024
162 subscribers
3.61K photos
271 videos
16 files
933 links
🌈 Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti Xorazm viloyati Sardorlar Kengashining 2019-2024 – yillar davomida yoritilgan faoliyati kanali
Download Telegram
🏁 Maktablarda sinf Sardorlar sayloviga start berildi!

6-sentyabrdan 10-sentyabrga qadar sinf Sardorlar saylovi bo'lib o'tadi. Siz iqtidorli, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlaringizni bir maqsad yo'lida birlashtira olsangiz sizda ham Sardor bo'lish imkoniyati mavjud.

12-sentyabrdan 15-sentyabrgacha esa maktab Sardorlar sayloviga start beriladi, maktab Sardorlar saylovida sinf Sardorlari ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi.

Saylovda qatnashish uchun maktabingizdagi boshlang'ich tashkilot yetakchisi yoki MMIBD(direktor o‘rinbosari)ga murojaat qilgan holda Sardorlar Saylovida qatnashishingiz mumkin.

Barchangizga saylovda omad tilaymiz, Sizni o‘zingiz kutmagan muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda!

#sardorlarsaylovi #maktab

Bizning sahifamiz:
👉
@Xorazm_Sardorlari
👍4
👦 Hududiy Sardorlar sayloviga start berildi!

✈️ 27-sentabrdan 30-sentabrga qadar tuman (shahar)larda saylangan mahalliy sardorlar o‘rtasida hududiy Sardorlar saylovi bo‘lib o‘tadi. Siz iqtidorli, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlaringizni bir maqsad yo'lida birlashtira olsangiz sizda ham Sardor bo‘lish imkoniyati mavjud.

🇺🇿 Hududiy Sardorlar Respublika Sardorlar saylovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Barchangizga saylovda omad tilaymiz, Sizni muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda!

#sardorlarsaylovi #hududiy

🌈 Bizning sahifamiz:
TelegramInstagramFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥32🥰2🔥1
Forum doirasida Respublika Sardorlar saylovi bo'lib o'tdi

14 ta hudud Sardorlari ishtirokida 7 ta "Ittifoq", 7 ta "Kamalak" yo‘nalishi Sardorligi uchun respublika Sardorlar saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylovda har bir hududdan "Ittifoq" va "Kamalak" sardorlari respublika sardorligi uchun o’z nomzodini ilgari surib, o‘zlarining reja va loyihalari bilan saylovda ishtirok etdilar.

Saylov natijalarini qisqa fursatdan so‘ng sahifamizda e'lon qilamiz!

#SardorlarSaylovi

🦅 Xorazm viloyat Sardorlar Kengashi Matbuot xizmati
TelegramInstagramFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍4🤩21👍1👌1
🗣 Sardorlar oilasiga qo’shiling!

🇺🇿 Siz ham 6-sentabrdan 30-sentabrgacha respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etib, sardorlar oilasiga qo’shiling!

Yaqin do’stlar davrasida unutilmas xotiralarni yarating!

#SardorlarSaylovi #yoshlarittifoqi

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
61👍1🤩1
🏁 Sardorlar sayloviga start berildi!

🙋 6-sentabrdan 30-sentabrga qadar Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda Sardorlar saylovlari bo'lib o'tadi. Siz iqtidorli, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlaringizni bir maqsad yo'lida birlashtira olsangiz, sizni sardorlar saylovlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

🗒 Saylovlar 5 bosqichda quyidagi muddatlarda:
- birinchi bosqich, sinf sardorlari saylovi 6-9 sentabr kunlari;
- ikkinchi bosqich, maktab sardorlari saylovi 11-16 sentabr kunlari;
- uchinchi bosqich, tuman va shahar sardorlar saylovi 18-23 sentabr kunlari;
- to’rtinchi bosqich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sardorlar saylovlari 25-30 sentabr kunlari
o'tkaziladi.

🇺🇿 Barchangizga saylovda omad tilaymiz, Sizni o‘zingiz kutmagan muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda!

#sardorlarsaylovi

🌈 @Xorazm_Sardorlari
4👍2🤩21👏1
Forwarded from Timur Jumaniyozov
🇺🇿 554 ta “Bolalar harakati” maktab sardorlari saylandi.

👋 Sardorlik - bolalarda vatanparvarlik, liderlik, tashabbuskorlik mahoratini rivojlantirish, tengdoshlari orasida ajralib turishi, notiqlik mahoratini takomillashtirish, o‘z ustida ishlashi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, loyiha, tashabbuslarini keng ommaga ayniqsa bolalar orasida targ‘ib etishda katta yordam beradi.


📰 Yakunlanayotgan hafta davomida viloyatdagi umumta’lim maktablarida “Bolalar harakati” maktab sardorlari saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bunda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘z tashabbuslari bilan tengdoshlarini tanishtirib, ochiq ovoz berish yo‘li bilan sardorlikka saylandi.

Endigi navbat Mahalliy sardorlar sayloviga. Yangi ish haftasida, ya’ni, 18-23 noyabr kunlari tuman-shaharlardagi sardorlar saylovi jarayonlarini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring.  

#sardorlarsaylovi

@Timur_Jumaniyazov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52❤‍🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sardorlar saylovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida “O‘zbekiston yoshlari forumi 2024” doirasida O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar saylovlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da sardorlar saylovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Bolalar tashkiloti hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan jarayonlarda nomzodlar o‘zlarining “Men sardor bo‘lsam” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Taqdimot davomida nomzodlar yoshlar ishtirokida amalga oshirishni reja qilgan tashabbus va loyihalari, shu vaqtgacha erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Saylov yakuniga ko‘ra, 13 ta tuman-shahardan kelgan 91 nafar sardorlar orasidan eng iqtidorli 6 ta yo‘nalish sardori va 1 nafar bosh sardor saylandi.

#Yoshlarforumi2024 #Sardorlarsaylovi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹 Instagram 🔹YouTube
❤‍🔥21👍1😍1
Yangi avlod sardorlari

Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizda ham “O‘zbekiston yoshlari forumi 2024” doirasida O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar saylovlari tashkil etildi.

Kuni kecha “Yoshlar markazi”da sardorlar saylovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bunda nomzodlar o‘zlarining “Men sardor bo‘lsam” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etib, amalga oshirishni reja qilgan tashabbus va loyihalari, shu vaqtgacha erishgan yutuqlari to‘g‘risida taqdimotlar qilishdi. Saylov yakuniga ko‘ra, 13 ta tuman-shahardan kelgan 91 nafar sardorlar orasidan eng iqtidorli 6 ta yo‘nalish sardori va 1 nafar bosh sardor saylandi.


👋 Xorazmlik sardorlar hamisha eng faollar qatorida bo‘lishgan. Yangi tarkibda saylangan yangi avlod sardorlariga o‘zim va jamoamiz nomidan omad tilayman!

#Yoshlarforumi2024 #Sardorlarsaylovi

@Timur_Jumaniyozov
❤‍🔥7👍2🔥2💯21