XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI
1.13K subscribers
8.14K photos
1.25K videos
7 files
5.19K links
Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida ma'lumotlar haqida tanishib boring
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi R.Ibragimov ishtirokidagi brifing.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi

Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022-y.) qabul qilindi

🔢 Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Xususan, oilaviy sport ragʻbatlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

2022-yildan har yili 30-iyun – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi.

▫️1-bosqichda – koʻchalararo mahalla musobaqalari;
▫️2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;
▫️3-bosqichda – sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
▫️4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
▫️5-bosqichda – viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.

Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladi.

☑️ 2023-yil 1-martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi.

📌 Yuqoridagi musobaqalar gʻoliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:

🔹tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;
🔹viloyat bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
🔹respublika (final) bosqichida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#ADLIYA_ARALASHGACH!

📣 Yangiariq tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda yashovchi fuqaro A.Rajabovning “Yangiariq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari qo‘shib yozilib qarzdorlik chiqarilganligi va bugungi kunga qadar hisob-kitoblar to‘g‘irlab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha adliya bo‘limining aralashuvi bilan “Yangiariq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining ma’lumotlar bazasida me’yor bo‘yicha hisoblangan 1.746.000 so‘m qarzdorlik 2022-yil 6-aprel kuni qayta hisoblanib ortiqcha hisoblangan qarzdorlik bartaraf qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#DIQQAT_TANLOV

📣Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar e'lon qilingan “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tibbiyot va ta'lim sohasidagi xodimlar o`rtasida tanlov o`tkaziladi.

➡️ Tanlovda tibbiyot va ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar ishtirok etishi mumkin.

🎁 G'oliblar viloyat adliya boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN TUMAN (SHAHAR) ADLIYA BO`LIMLARIGA MUROJAAT QILISHINGIZ MUMKIN.

TELEFON:
- Bog`ot - 62-31-51-411
- Gurlan - 62-36-51-675
- Qo`shko`pir - 62-32-95-362
- Urganch tuman- 62-229-30-97
- Hazorasp - 62-33-25-536
- Xonqa - 62-39-93-650
- Xiva shahar - 62-37-52-150
- Xiva tuman - 62-37-52-152
- Shovot - 62-34-53-430
- Yangiariq - 62-38-55-220
- Yangibozor - 62-41-94-125
- Urganch shahar - 62-228-43-57
- Tuproqqal'a - 62-305-30-30

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
👍1
#Bilasizmi

🔘 O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

Mahalla raisi saylovini o'tkazish tartibi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Kun_tarixi

12-aprel
- Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

Meva-sabzavot bilan savdo qiluvchi korxonalar va tashkilotlar qoʻshimcha ravishda qadoqlangan boshqa oziq-ovqat tovarlari: ziravor, ketchuplar, dorivorlar, asal, oʻsimlik moyi, tuz, oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshiladigan 10 foizdan ortiq boʻlmagan konsentratsiyali sirka kislotasi, meva-sabzavot sharbatlari va chanqovbosdi ichimliklar ham sotishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

☑️ 2024-yil 1-yanvargacha QQS toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda goʻshtining har bir kilogrami uchun 2 500 soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.

➡️ Subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# So`ragan edingiz... 6-son.

📣 Xodimning ish haqidan qanday hollarda ushlab qolinishi mumkin

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar.

Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

☑️ Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–762-son, 11.04.2022-y.) bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.

➡️ Unga koʻra, mazkur harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

📌 Shuningdek, yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatishda, xalqaro yoʻlovchi tashish va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik borligini tekshirmaslik ham maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

❗️Qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Unga koʻra, soddalashtirilgan tartibda undiruv qarzdorning mol-mulkiga (pul mustasno) qaratilmaydi va qarzdorga javobgarlik choralari qoʻllanilmadi.

Soddalashtirilgan tartibda undiruv bankdagi pulga, MHTEKMdan (822 ming soʻmdan) koʻp boʻlmagan summani undirish uchun esa ish haqiga, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlarga qaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Kun_tarixi

13-aprel
- Xalqaro o`simliklarni qadrlash kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar.

Tibbiyot xodimlarining malaka toifasini olish muddati qisqartirildi

“Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–11.04.2022-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra:

🔸 yuqori malakali va malakali mutaxassislar toifasiga kirmaydigan chet el fuqarosi boʻlgan shifokorlar uchun Oʻzbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma berganlik uchun yigʻim miqdori 6 baravarga kamaytirilib, BHMning 5 baravari miqdorida undiriladi (Ilgari BHMning 30 baravari miqdorida edi);

🔸 Oʻzbekistonga qisqa muddatga (bir oygacha) kelayotgan chet el mutaxassislariga Oʻzbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnoma olish talab etilmaydi;

🔸 Oʻzbekistonda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan davolash muassasalari tomonidan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim bekor qilinadi;

🔸 davolash muassasalari (bundan sanatoriy va pansionatlar mustasno) uchun turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishga boʻlgan talab bekor qilinadi. Bunda, tashrif buyuruvchilarni hisobga olish elektron amalga oshiriladi.

🔄 Yuridik shaxslar tomonidan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025-yil 1-yanvargacha uzaytirildi (ilgari 2024-yil 1-yanvargacha edi).

❗️Farmonga koʻra, tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlari hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallarini 2025-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga olib kirishda QQSdan ozod qilinadi.

Shuningdek, farmonga muvofiq:

▫️nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot OTMning klinik bazalari tashkil etilib, ularda shifokor va hamshiralar malakasi oshiriladi hamda qayta tayyorlanadi;

▫️malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirilgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa uchun – 5 yil, oliy toifa uchun – 7 yil etib belgilandi (Ilgari birinchi malaka toifasi uchun 7 yil, oliy malaka toifasi uchun 10 yil edi).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
👍1
HAR BIR MUROJAAT E'TIBORDA!

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro U.Romanovning muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashni so‘rab Urganch tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilganligi, biroq markaz yoshga doir pensiya tayinlanlash masalasi o‘z vaqtida hal qilinmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

🔰 Murojaatni o‘rganish natijasida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish to‘g‘risida Xorazm viloyat bandlik bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma natijasida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazining bildirgisi va Budjetdan tashqari pensiya jamg`armasining Urganch tuman bo‘limining 2022-yilning 30-martdagi tayinlangan pensiyani qayta hisoblash to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilinib, fuqaro U.Romanovga to‘lanmasdan qolgan 8.287.618 so‘m miqdorida pensiya to‘lovlari to‘lab berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

☑️ Qonunchilikka koʻra, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan shaxsni gʻayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash taqiqlanadi.

❗️Shuningdek, ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protses ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va soʻroq qilish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Ijtimoiy_aksiya

Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zoʻriqish, asab tangligi bilan bogʻliq, yaʼni alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi.

Hukumat qarori (172-son, 12.04.2022-y.) bilan Yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi

Qarorga koʻra, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bogʻchalar atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bunda Prezidentning tegishli qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi respublika komissiyasi qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin.

☑️ Yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

❗️Yuk avtomobillari, Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yoʻlning faqat oʻng qatnov qismidan harakatlanishi shart.

🚫Transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki oʻtib toʻxtash taqiqlanadi.

🚴‍♂️Sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda velosiped yoʻlkasi boʻlmagan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur kaytaruvchi elementlar boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart.

Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.

📌 Shuningdek, aholi hamda haydovchilar oʻrtasida 7 yoshgacha bolalarni maxsus bolalar oʻrindigʻida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transportning orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishlari boʻyicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

🗓 Yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan amalga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o'tkazilmoqda...

🔰 Huquqiy aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

🎤 sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlari bo'yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

🎧 audio-video podkastlar
tashkil qilish;

▶️ soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn so'rovlar o'tkazish;

📊soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi bo'yicha so'rov yo'li bilan monitoring o'tkazish;

sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;

📋 murojaatlarni o'rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo'yicha amaliy choralar ko'rish;

📂 qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar.

YPX xodimi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan barcha huquqbuzarlik boʻyicha chora koʻradi

Hukumat qarori (173-son, 12.04.2022-y.) bilan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

❗️Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun toʻxtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar boʻyicha chora koʻradi.

Ilgari faqat hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘rilgan.

Haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi koʻchirmasi bilan oʻsha joyning oʻzida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi.

➡️ Bunda dislokatsiya bilan tanishish uchun saf boʻlimiga murojaat etish orqali yozma maʼlumot olishni talab qilish mumkin.

🔢 Shuningdek, nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.

☑️ Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).

📋Tekshiruvda etanol bugʻ 0,135 milligramm va undan koʻp boʻlganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.

📌Transportlarning tusi oʻzgartirilgan (tonirovka) oynalari meʼyorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar .

❗️Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022-y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorga o'zgartirishlar kiritildi

🔰Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

2010-yilgacha bo'lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

📌 Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
👍1