XORAZM ADLIYA YANGILIKLARI
1.99K subscribers
6.84K photos
971 videos
7 files
4.39K links
Qonunchilikdagi yangiliklar hamda Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faoliyati haqida ma'lumotlar haqida tanishib boring
Download Telegram
📣 Joriy yilning 8-sentabr kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mustaqillikning 31 yilligiga bag’ishlab “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy aksiyasi o`tkazildi.

🔰 Aksiya doirasida Urganch tumanidagi Munis Xorazmiy mahallasida sayyor qabul bo`lib o`tdi, unda Xususiy mulk daxlsizligi va qonun himoyasida nomli aksiya bo’yicha tushuntirishlar berildi hamda “Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida Xorazm yuridik texnikumi o’quvchilardan iborat volonterlar guruhi tomonidan mavzuga oid bo’lgan bukletlar tarqatildi.

Shu bilan birga, tadbirda davomida Madad nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan huquqiy maslahatlar berildi va fuqarolar kundalik hayotdagi oilaviy masalalari bo’yicha psixolog yordamidan ham foydalanishdi.

🚐 Tadbir tumandagi “Buyum bozori”da tezkor, shaffof va qulay sayyor davlat xizmatlari ko’rsatilishi bilan davom etdi.

📊 Shuningdek, Аksiya doirasida Xiva tuman adliya bo’limida “Ochiq eshiklar kuni” ham bo’lib o’tdi.

🧧 Tadbirda jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar hamda fuqarolar ishtirok qilib, ularga Аdliya bo’limi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi, yuridik xizmat ko’rsatish markazi hamda davlat xizmatlari markazlari bitta binoda faoliyat yuritishi hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishtirildi.

🎙 Savol-javoblarga boy tarzda bo`lib o`tgan “Ochiq muloqat”da OАV vakillari va blogerlar o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etishdi.

Xiva shahar ichan qal'a majmuasida bo`lib o`tgan targ`ibot tadbirlari doirasida:

🔹 Sport musobaqasi (stol tennis, shaxmat)
🔹 Huquqiy viktorina
🔹 Sayyor davlat xizmatlari
🔹 Huquqiy maslahatlar – Madad NNT
🔹 Volontorlar ishtirokida “Huquqiy avtobus” loyihasi
🔹 “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir”
🔹 Xususiy mulk daxlsiz va qonun himoyasida huquqiy aksiyasi
🔹Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati
🔹 PF-198-sonli Farmon mazmuni
🔹 Uyma-uy, manzilli va maqsadli targ`ibot bo`lib o`tdi.

🏆🥇 Huquqiy viktorina hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etgan fuqarolar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

📚 Shuningdek, Xorazm viloyat yuridik texnikumining Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindorlari bo’lgan 5 nafar iqtidorli o’quvchilarga guvohnomalar tantanali tarzda topshirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya
#Adliya_xalq_orasida

📽 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan "Adliya xalq orasida" aksiyasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Vebinar

📣 Joriy yilning 8-sentabr kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida zoom platformasi orqali Davlatimiz rahbarining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo’l qo’ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-198-sonli Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga qaratilgan yig’ilish o’tkazildi.

🔰 Yig`ilishda viloyat va tuman (shahar) hokimliklarining, Kadastr va qurilish tashkilotlarining o`rinbosarlari va ularning tuman (shahar) bo`limlari boshliqlari hamda ushbu tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir o`tkazilishidan maqsad, Farmon mazmun-mohiyatini ijrochilarga yetkazish, uning ijrosi bo`yicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan masalalarni muhokama qilish hamda Farmon ijrosi bilan bog`liq yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilib, bir xil amaliyotni yo`lga qo`yishdan iboratdir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Bilasizmi

12 yoshga to'lmagan ikki va undan ko'p bolasi yoki 16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo'lmagan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi.

🗓 Shuningdek, ularning xohishiga ko'ra har yili 14 kalendar kundan kam bo'lmagan ish haqi saqlanmagan ta'til beriladi.

Bunday ta'til yillik ta'tilga qo'shib berilishi yoki alohida foydalanilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan oshirilgan soliqlar natijasida hosil bo'lgan qarzlar hisobdan chiqarildi

“Ta'sirchan soliq mexanizmini qo'llash natijasida hosil bo'lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–218-son, 09.09.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo'llanilgan ta'sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo'lgan mol-mulk solig'i va yer solig'i bo'yicha:

▫️mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
▫️soliq qarzini undirish bilan bog'liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

🗓 2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo'lgan davrda ta'sirchan soliq mexanizmini qo'llash natijasida undirilgan soliq kelgusi to'lovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.

⚠️ Eslatib o'tamiz, 2022-yil 1-iyuldan bo'sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo'ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga hamda ushbu obyektlar bilan band yerga mol-mulk solig'i va yer solig'ining oshirilgan stavkalarini qo'llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to'xtatish tartibi bekor qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan “Ijodkorlarning mualliflik huquqlari” mavzusidagi seminardan lavha

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
#Seminar

📣 Joriy yilning 7-sentabr kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat hokimligida “Ijodkorlarning mualliflik huquqlari” mavzusida seminar tashkil etildi

🔰 Seminarda viloyat yozuvchilar uyushmasi, madaniyat sohasida faoliyat yuritib kelayotgan shoir, bastakor va sanatkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya