Xorazm.uz
10.9K subscribers
11.8K photos
690 videos
12 files
4.07K links
Xorazm viloyati hokimligining rasmiy sahifasi

Sayt: www.xorazm.uz
fb.com/xorazmviloyatihokimligi
instagram.com/xorazmviloyatihokimligi

Yagona ishonch raqami: (62) 223-00-54

Elektron pochta: [email protected]

Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi
Download Telegram
“Hududgaz Xorazm” GTF tomonidan har qanday ob-havo sharoitida tabiiy gaz uzluksizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugungi qirovli kunlarda isteʼmolchilarni bir maromda gaz bilan taʼminlash doimgidan ham muhim.

Biz siz uchun har qanday sharoitda kechayu-kunduz xizmat koʻrsatishga shaymiz! Siz esa tabiiy gazdan tejamkorlik bilan oqilona foydalansangiz bas!

“Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

01:09
❄️-17

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatli navbatchilik asosida ish faoliyati olib borilmoqda.

Navbatchilik davomida hududlardagi podstansiyalar navbatdan tashqari ko'rikdan o'tkazilmoqda.
Rasmiy bayonot

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
Viloyatimizga kirib kelgan sovuq ob-havo natijasida bugungi kunda elektr energiyasiga bo‘lgan talab yanada oshmoqda. Bunday holatda iste’molchilar tomonidan ko‘plab murojaatlar yo‘llanmoqda.

Iste’molchilarga yanada qulaylik yaratish, yo‘llanayotgan murojatlarni tezkor qabul qilish va tez fursatda bartaraf qilish maqsadida 📞 1154 raqamli "Ishonch telefoni" va qo‘shimcha ravishda viloyat elektr energiyasi iste’molchilari uchun 📞 1051 qisqa raqamli telefonlari ish faoliyati 24/7 rejimida yo`lga qo`yilganini ma`lum qilamiz.
Эртадан ҳаво ҳарорати кўтарила бошлайди

"Ўзгидромет" 14 декабрь, пайшанба куни учун об-ҳаво прогнозини эълон қилди.
Унга кўра Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик кутилмайди. Баъзи жойларга туман тушади. Айрим жойларда йўлларда яхмалак юзага келади. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 17-22 м/с гача кучайиши мумкин.Ҳарорат кечаси -12...-17..., кундузи -2...-7... даража совуқ бўлади.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

“Нududgaz Хоrazm” gaz ta'minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Ollabergan Otajonov ishtirokidagi brifing

Havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj oshgan, aholi xonadonlarini va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida filialning tuman va shahar bo‘limlarida malakali xodimlardan iborat bo‘lgan, maxsus texnika va aparatlar bilan jihozlangan avariya tiklash birigadalari tashkil qilindi.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

“Xorazm issiqlik manbai” DUK bosh muhandisi Dilshod Masharipov ishtirokidagi brifing

Havo haroratining keskin pasayishi natijasida ko'p kvartirali uylarda joylashgan aholi xonadonlarini va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida korxonaning tuman va shahar bo‘limlarida malakali xodimlardan iborat bo‘lgan, maxsus texnika va aparatlar bilan jihozlangan avariya tiklash birigadalari tashkil qilindi. Aholimiz issiqlik manbai bilan bog'liq yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf qilish uchun tashkil qilingan (62) 228-73-64 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkun.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
Халқимизнинг Янги йил байрам дастурхонига арзон ва сифатли озиқ-овқат маҳсулотларини етказиб бериш мақсадида вилоятимизнинг барча шаҳар ва туманлари марказларида анъанавий савдо ярмаркалари ташқил қилинди. Бугун вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов Урганч шаҳар марказий деҳқон бозори қошида ташкил этилган байрам ярмаркасини бориб кўрди. Бу йил қишлоқ хўжалик маҳсулотлари савдо ярмаркаси фаолиятини йўлга қўйишга пухта тараддуд кўрилди. Сотувчи ва харидорларга қулайлик яратиш мақсадида усти ёпиқ савдо павильонлари қурилди. Вилоятимиз фермер хўжаликлари ва аграр тармоқ корхоналарида етиштирилган гўшт, балиқ, тухум, гуруч, картошка ва бошқа турдаги озиқ-овқат маҳсулотлари арзон нархларда аҳолига таклиф этилмоқда. Бу эса аҳолининг харид қобилиятини ошириш, байрам кайфиятини янада кўтаришга хизмат қилади.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
Сайёр қабул

Бугун Хонқа туманидаги 7-сонли мусиқа ва санъат мактаби биносида вилоят ҳокими Жўрабек Рахимовнинг навбатдаги сайёр қабули ўтказилди.

Қабулда давомида фуқароларнинг ижтимоий-маиший масалалар юзасидан талаб ва таклифлари, ариза ва шикоятлари ўрганилди. Мавжуд муаммоларнинг аксарияти дахлдор идоралар, туман ва шаҳар ҳокимликлари вакиллари иштирокида ҳал этилди. Шунингдек, мулоқот давомида кўплаб фуқароларга уларни қизиқтираётган масалалар бўйича ҳуқуқий тушунтириш ва маслаҳатлар берилди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram