Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi | √ RASMIY
874 subscribers
7.82K photos
2.13K videos
14 files
1.69K links
Download Telegram
⚡️ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda!

Xabaringiz bor, yurtimiz bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat hamda shashka kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

🗓 Joriy yilning 30-iyul kuni Bog‘ot tumani hamda Urganch shahrida ham ushbu olimpiada doirasida mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda tuman va shahardagi  turli tashkilot va muassasalar jamoalari ishtirok etdi.

⚽️ Mazkur sport tadbirida Bog‘ot tumani 4-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi faol qatnashib, faxrli 2-o‘rinni O'zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo'linmasi jamoasi esa faxrli 3-o'rinni  qo‘lga kiritdi!

Telegram: |Instagram |YouTube |Facebook
📍 Joriy yilning 28-iyul kuni Xiva shahridagi Nurullaboy istirohat bog‘ida “Open Call: Elektron musiqaga oid Master Klass KHIVA” tadbiri o‘tkazildi.

🎶 Ushbu master-klass elektron musiqaga qiziqqan, endigina ijod yo‘lini boshlayotgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga zamonaviy musiqiy texnologiyalar, asbob-uskunalar, va prodyuserlik ko‘nikmalari haqida chuqur ma’lumotlar berildi.

🎤 Master-klass doirasida:
– Musiqiy prodyuserlikning asoslari;
– Sintezatorlar va boshqa elektron asboblar bilan ishlash;
– DJ setapi va uning tuzilishi haqida tushuncha;
– Treklarni mikslash, ritmni his qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar;
– Musiqani topish, tanlash va sotib olish bo‘yicha foydali maslahatlar taqdim etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni elektron musiqa yo‘nalishiga jalb qilish, ularning qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va ijodiy o‘sishlariga turtki berishdan iborat bo‘ldi

Telegram: |Instagram |YouTube |Facebook
#Xizmat_safari

⚡️Xorazmdagi madaniyat markazlarining qurilish jarayonlari ko’zdan kechirildi

Shuningdek, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/74303

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bilasizmi
#Raqamlashtirish

📱 Madaniyat vazirligi tomonidan my.gov.uz orqali 4 ta davlat xizmatlarini elektron ko'rsatilishini bilasizmi?

Unga ko'ra:

✔️ Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritish;

✔️ Nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatidan chiqarish;

✔️ Nomoddiy madaniy meros obyektini nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot olish;

✔️ Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlariga o‘qishga kirish uchun hujjatni topshirish imkoniyati mavjud.

⚫️ Hurmatli fuqaro endi siz, uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirishingiz mumkin.

📎 Ma’lumot uchun, ushbu davlat xizmatlari "ERP madaniyat" yagona boshqaruv tizimi doirasida ishga tushirilgan hamda my.gov.uz tizimi bilan integratsiya qilingan.
🎼 “Musiqa nazariyasi” fanidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

🗓 2025-yil 31-iyul
📍 Tuproqqal’a tumani 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabi

🔹 Bugun ushbu maktabda “Musiqa nazariyasi” fani bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Tadbirni maktabning fortepiano yo‘nalishi o‘qituvchisi Yuliya Altunbayeva olib bordi.

👩‍🏫 Seminar davomida:
– fan bo‘yicha o‘qitish metodikasi,
– yangi pedagogik yondashuvlar,
– amaliy mashg‘ulotlar yuzasidan fikr almashildi.

🔁 Mashg‘ulotlar har kuni tuzilgan reja asosida davom ettiriladi.

Telegram: |Instagram |YouTube |Facebook
⚡️ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda!

Ma’lumki, mamlakatimiz bo‘ylab tashkilot va idoralar xodimlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat hamda shashka bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

📍 31-iyul kuni Urganch tumanida ushbu olimpiada doirasida stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda tuman va shahardagi turli tashkilot va muassasalar jamoalari faol ishtirok etdi.

🏓 Ushbu sport tadbirida Urganch tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari ham faol qatnashib, bir nafar o‘qituvchi faxrli 3-o‘rinni egalladi!

Telegram: |Instagram |YouTube |Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Koʻcha_sanʻati

⚡️ “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi haqida bilasizmi?

“Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasini amalga oshirish maqsadida, Madaniyat vazirligi tomonidan streetart.uz platformasi ishlab chiqilib, bugungi kunda yurtimizning 17 ta ko‘cha va maydonlarida mazkur loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihada professional va havaskor iste'dodlar ishtirok etishlari mumkin, yosh chegaralanmagan.

Hoziroq streetart.uz platformasi orqali ro'yxatdan o'ting hamda o‘z iste’dodingizni namoyon eting, mablag' jamg'aring, ovoz to‘plang va yulduz bo‘ling…

💥 Bu siz uchun ajoyib imkoniyatlar eshigi bo'lishi mumkin...

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM