XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.64K subscribers
7.52K photos
1.06K videos
9 files
4.81K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Xorazm_Kadastr #Davra_Suhbati

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasining Xonqa tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida muhim davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli qonun mazmun-mohiyati va uning ijrosi jarayonida korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

*️⃣Mazkur tadbirda 🌟Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I. Tadjibayev, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari bosh mutaxassislari B. Eshchanov va X. Matkarimov ishtirok etdilar.

*️⃣Uchrashuv davomida xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishining muhimligi ta’kidlanib, korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga korrupsiyaning tizim rivojiga salbiy ta’siri real misollar asosida tushuntirildi va ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

🖥 Tadbir yakunida xodimlarga qonunbuzilish holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va jamiyat oldidagi mas'uliyat hissini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir xodimning ishtiroki muhim ekani qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM