XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.38K photos
1.04K videos
9 files
4.72K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Telegram ijtimoiy tarmog`ining “ACHIQ HAQIQAT” kanali orqali e’lon qilingan post yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining RASMIY MUNOSABATI

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида янги уй-жой қурилиши ва 2023 йилги ипотека дастури бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам строительства нового жилья и приоритетам ипотечной программы на 2023 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) — fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, milliy va boshqa fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasiga kiritilgan bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlardan foydalangan holda umumdavlat va tarmoqqa oid ahamiyatga ega vazifalarni hal qilishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizimr.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Xorazm_Kadastr

Xorazm viloyati yer maydonlari haqida ma'lumot.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr #unece #xalqaro_anjuman

🇺🇳 BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (UNECE) Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhi (WPLA) byurosi kotibiyati taklifiga binoan, joriy yilning 4–6-aprel sanasida 👍Kadastr agentligi direktori F. Pulatov boshchiligidagi delegatsiya Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhning 13-sessiyasida ishtirok etdi.

➡️Sessiya – UNECEga aʼzo davlatlarda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar, yer boshqaruvi va kadastr idoralari strategiyalari, UNECE mintaqasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar himoyalanishi, yer boshqaruvida xavfsizlik va geofazoviy maʼlumotlar yo‘nalishidagi tajribalar bilan tanishish, yer va ko‘chmas mulk boshqaruvi siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

🗣 Sessiyaning xalqaro tajriba almashish blokida:

Bolqon davlatlari va O‘zbekistonda huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan bino va inshootlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba almashildi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yer va ko‘chmas mulk munosabatlari borasidagi islohotlar, qonuniy asoslar bilan tanishtirildi.

yer boshqaruvida raqamli transformatsiya va maʼlumotlar xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi.

‼️Maʼlumot uchun: UNECE WPLA tadqiqotlariga ko‘ra rivojlanayotgan dunyoda shahar aholisining qariyb 33 foizi noqonuniy qurilishga mansub aholi punktlarida istiqomat qiladi va UNECEga aʼzo 20 ta mamlakatda ushbu ko‘rsatkich 50 million aholi soniga teng.

Shuningdek, tashrif doirasida BMTning Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruh, O‘rmonlar, yer va uy-joy bo‘limi, Xalqaro geodezistlar federatsiyasi vakillari, Yevropa va MDH davlatlarining yer, geodeziya, kadastr va qurilish sohalari bo‘yicha masʼul idora rahbarlari, akademik davra vakillari bilan o‘zaro muloqot va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr #xizmatlar

💻 Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirishingiz mumkin

📆 Onlayn ariza topshirishga 4 daqiqa, javobni olishga esa 5 kun kifoya qiladi

o‘zingizga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz portali orqali onlayn xususiylashtirishingiz mumkin. (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi)

Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi

🧑‍💻Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirib:

🅰️ tegishli xizmatni tanlanadi
🅰️ bo‘sh katakka kadastr raqamini yoziladi
🅰️ o‘ziningiz haqingizdagi ma’lumotlarni tekshirasiz va to‘ldirasiz
🅰️ yakunida to‘lovni amalga oshiriladi

⭕️Bunda:

🪙Arizani ko‘rib chiqish uchun – 27 000 so‘m (0.09 БҲМ)
💰Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi

➡️ Xizmatdan foydalanish

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Korrupsiya - millat dushmani 🔹

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan Bog‘ot tumanining "Hurriyat" mahallasi aholsi ishtirokida “Aholi o‘rtasida kadastr yo‘nalishida huquqiy savodxonlikni oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsiyaning jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari B.Eshchanov va X.Matkarimovlar ishtirok qilishdi.

Davra suhbatida, soha xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya illatidan asrash, korrupsiyaning xar qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, unga yo‘l qo‘ymaslik va uning salbiy oqibatlaridan asrashga alohida urg‘u berildi.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Interoperabellik (o‘zaro birgalikda amal qilish qobiliyati) — fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi fazoviy ma’lumotlarining, metama’lumotlarining, texnik va dasturiy vositalarining axborot va funksional jihatdan o‘zaro birgalikda amal qilish qobiliyati.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube