XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
🌐Bugun, O’zbekiston va Gruziyada yer islohotlarini amalga oshirish tajrabasini taqqoslash orqali mintaqaviy bilim- tajriba almashunuvining ikkinchi kuni bo’lib o’tmoqda.

🔷Mehmonlar kadastr tizimining Respublikamizda yo'lga qo'yilgan qator yangiliklari va sohadagi muhim jihatlarni o'rganish va tajriba almashishda davom etmoqdalar.

🔷Bugun ham delegatsiya a'zolari Davlat kadastrlari palatasida bo'lib, tashrif doirasida “Innovatsiyalarning ahamiyati, kadastr va ro'yxatga olish ma'lumotlari misolida – yig'ish, boshqarish, standarlashtirish, sifat nazorati, tegishli xizmatlarni taqdim etish, oshkor qilish, saqlash, maxfiylik” mavzusi bo'yicha o'zaro fikr almashmoqdalar.
#Live #manaviyat_soati #Xorazm_viloyati

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom qiling :
Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #intervyu

O'zbekistor Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ne’mat Atamuratov Zo'r TV kanalining "Ertalabdan salom" ko'rsatuvida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Корея Ер, инфраструктура ва транспорт вазирлиги томонидан молиялаштирилаётган “Ўзбекистон миллий географик ахборот тизими учун фазовий маълумотларни стандартлаштириш ва улардан фойдаланиш” грант лойиҳаси доирасида ўқув семинар ўз ишини бошлади.

Семинар 3 кун давом этади ва унда тингловчилар,

1. Корея Республикасининг Миллий геоахборот тизими (МГАТ) ва Миллий фазовий маълумотлар инфраструктураси (ФММИ) сиёсати;
2. Фазовий маълумотни стандартлаштириш;
3. INSPIRE стандартлар тизими;
4. UML ва Data моделлаштириш;
5. Стандартлар портали
билан яқиндан танишади.

Семинарда Кадастр агентлиги ҳамда вазирлик идораларнинг давлат кадастрларини юритиш ва фазовий маълумотлар йўналишига масъул 40 дан ортиқ мутахассисларига Кореянинг LX корпорацияси мутахассислари томонидан дарслар ўтилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
SAVOL: Servitut-nima?

❗️JAVOB: Servitut - o'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi - qoshni bolgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Ushbu holat O'zbekitston Repulikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan tartibga solinadi. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

o'zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o'tishda;
o'zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o'tkazish va ulardan foydalanishda;
o'zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o'tkazishda;
o'zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugorish uchun suv olishda;
mollarni o'zganing yer uchastkasi orqali haydab o'tishda;
o'zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishda;
o'zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etishda.
Forwarded from Kadastr - Live
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Бугун Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ва Кадастр агентлиги раҳбар ҳамда ходимлари иштирокида ZOOM орқали видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Йиғилишда “Коррупцияга қарши курашиш ва уни олдини олиш борасида олиб борилаётган ишлар ҳамда келажакдаги режалар” мавзуси юзасидан бугунги кунда коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги давлат дастурлари, жамиятда коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантиришга доир чора-тадбирларни ишлаб чиқиш, коррупцияга оид ҳуқуқбузарликларни аниқлаш, уларга чек қўйиш ва олдини олиш, уларнинг оқибатлари, шунингдек имкон берувчи сабаблари муҳокама қилинди.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #LX #seminar_trening

Joriy yilning 22-24 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Yer, infrastruktura va transport vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda milliy geografik axborot tizimi uchun fazoviy maʼlumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish” grant loyihasi doirasida Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish korporatsiyasi tomonidan “O‘zbekistonda geoaxborot tizimlari maʼlumotlarini standartlashtirish” bo‘yicha Kadastr agentligi hamda davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik-idoralar mutaxassislari uchun seminar trening tashkillashtirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Yer kadastri - yer uchastkasini miqdor va sifat jihatdan baholash hisoblanadi.

Yer kadastri, davlat yer kadastriyagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari oʻrni, oʻlchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar majmui.
«Бирорта ҳудуд раҳбарининг бу масалада ‘ўйин қилишга’ ҳаққи йўқ» — Шавкат Мирзиёев

Президент барча қишлоқ хўжалиги ерларини 1 мартгача кадастр рўйхатидан ўтказиш топшириғини берди

Батафсил — bugun.uz/91431

Расмий | LIVE | Дайжест