XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.5K photos
1.06K videos
9 files
4.8K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Xorazm_Kadastr #Bartaraf

🔴Kadastr agentligi tomonidan noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf qilish ustidan nazorat o‘rnatilgan bo'lib

*️⃣Jumladan:

📍⭐️Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Xonqa tumani inspektorlari tomonidan Xorazm viloyati Xonqa tumani «Paxtakor» mahallasida o‘tkazilgan monitoring jarayonida fuqaro R.U umumiy 200 kv.metr yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olib ,hech qanday qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarsiz noqonuniy ravishda bino qurganligi aniqlandi hamda bartaraf qilish bo‘yicha fuqaroga yozma ko‘rsatma yuborildi. Hozirgi kunda fuqaro xulosa chiqargan holda, o‘z hisobidan noqonuniy qurilmani bartaraf qilinishini taʼminladi.

❗️Ushbu tadbirlar davom etmoqda.

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

❗️Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Davra_Suhbati

🌟Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I. Tadjibayev, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari bosh mutaxassislari B. Eshchanov va X. Matkarimovlar tomonidan Yangiariq hamda Urganch tumanlarida tadbir o‘tkazildi.

❗️ Tadbir davomida har bir xodim bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularning xizmat vazifalarini halollik va vijdonan bajarishi, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🔴 Suhbat davomida muhokama qilingan asosiy masalalar quyidagilar bo‘ldi:

✔️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish haqidagi O‘RQ-937-sonli qonunning O'RQ-937-sonli qonuni mazmun-mohiyati va ushbu qonunni ijro etish jarayonida korrupsiya holatlarining oldini olish choralari.

✔️Soha xodimlarida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish.

✔️ Korrupsiya alomatlari sezilgan taqdirda bu haqda darhol rahbarga, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berish tartibi.

✔️ Ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish.

🔴 Xodimlar uchun alohida ta’kidlangan jihatlar:
Xizmat vazifalarini halollik bilan bajarish, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni yuzaga keltiradigan sabab va sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari batafsil tushuntirildi. Bu jarayonda korrupsiyaning tizim xodimlariga yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari real misollar asosida yoritib berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #OʼRQ_937 #xatlov2024

XATLOVDAN XABARLAR

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_kadastr #Rasmiy_Munosabat

✔️ Instagram ijtimoiy tarmog'i orqali qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatni o'rganish olib borish maqsadida ishchi guruh shakllantirilganligini ma'lum qilamiz.

✔️Holat yuzasidan o'rganish o‘tkazilib, o'rganish natijalari bo‘yicha qo'shimcha ma'lumot beramiz.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

🔴Chegara chizig‘ining tavsifi — chegara chizig‘ining yo‘nalishi va ma’muriy-hududiy birlik chegaralarining kartografik chizmasida ko‘rsatilgan, chegara chizig‘ini burilish nuqtalarining koordinatalari, shuningdek joyning tegishli topografik elementlari bilan bog‘laydigan chegara nuqtalari o‘rtasidagi masofa ko‘rsatilgan holda, chegara chizig‘ining o‘tish tavsifini o‘z ichiga olgan asosiy hujjat.

Telegram Instagram I Facebook I   Youtube
**********************************
#Cadastre_Khorezm

🔴Description of the border line - the direction of the border line and the distance between the border points that connect the border line with the corresponding topographic elements of the place, as well as the coordinates of the turning points, shown on the cartographic drawing of the borders of the administrative-territorial unit. as indicated, the main document containing the description of the crossing of the boundary line.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Bartaraf

📍Xorazm viloyatida yer nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

⭐️ Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi va Xorazm viloyati prokuraturasi hamkorligida yer nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📍 Xususan, Urganch tumani "Sholikorlar" mahallasi hududida olib borilgan monitoring davomida fuqaro M.Y. tomonidan 25 000 kv.m yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olingani hamda hech qanday ruxsat hujjatlarisiz noqonuniy ravishda o‘rab olingani aniqlandi.

🔹 Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan fuqaro M.Y. ga yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi. Natijada fuqaro ushbu talabni bajargan holda, noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan bartaraf etdi.

❗️Ushbu tadbirlar davom etmoqda.

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

❗️Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Chellenji #soglom_turmush

✔️Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha 2025-yil uchun yillik kalendar rejasining 13-bandiga muvofiq Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalarida “Sog‘lom muhit – sog‘lom jamoa” mavzusida jamoaviy ruhiyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar va treninglar tashkil etilib, xodimlar o‘rtasida “Biz sog‘lom turmush tarziga amal qilamiz. Siz-chi?” chellenji o‘tkazildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #TV #Ochiq_Muloqot

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalarining mutaxassislari ishtirokida "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida O‘RQ-937-sonli Qonuni" ga bag'ishlangan Xorazm viloyat televideniyesining "Ochiq muloqot" dasturi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Bartaraf

⭐️ Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan yer nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📍 Xususan, Xonqa tumani "Yosh kuch" mahallasi hududida olib borilgan monitoring davomida fuqaro D.A tomonidan 52 kv.m yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi hamda hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarisiz noqonuniy ravishda bino qurganligi aniqlandi.

🔹 Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan fuqaro D.A ga yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi. Natijada fuqaro ushbu talabni bajargan holda, noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan bartaraf etdi.

❗️Ushbu tadbirlar davom etmoqda.

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

❗️Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

🖥 Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyatida yer qonun buzilish holatlari bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot. 01.02.2025 holatiga.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube

__________________________________

#Khorezm_Cadastre

🖥 Analytical information on the measures taken by the Khorezm Regional Administration of the Cadastre Agency in Khorezm Region in cases of land law violations. In case 01.02.2025

Our pages on social networks:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🖥Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, agarda Sizlarda soxa xodimlari tomonidan yer maydoni ajratib berish, kadastr hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezroq tayyorlatib berish hamda kadastr to‘lovlarini arzonlatib berish va boshqa shu kabi korrupsion holatlar aniqlansa, zudlik bilan Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi xodimining ☎️ +998 (95) 606 - 71 -71 raqamiga murojaat qilishlaringiz so‘raladi. Boshqarma maʼmuriyati tomonidan Sizlarni shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Unutmaylik korrupsiya illatiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

⭐️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari bo‘lim va fillarining manzillari bilan quyidagi havolalar orqali tanshishingiz mumkin:

📍Bog‘ot tumani
📍Gurlan tumani
📍Qo‘shko‘pir tumani
📍Urganch tumani
📍Hazorasp tumani
📍Xonqa tumani
📍Xiva tumani
📍Shovot tumani
📍Yangiariq tumani
📍Yangibozor tumani
📍Urganch shahri
📍Xiva shahri
📍Tuproqqalʼa tumani

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube

************************

⭐️ You can get acquainted with the addresses of the departments and branches of the Cadastre Agency and the State Cadastre Chamber of Khorezm regional administrations through the following links:

📍Bagat district
📍Gurlen district
📍Kushkupir district
📍Urgench district
📍Hazorasp district
📍Khanka district
📍Khiva district
📍Shavat district
📍Yangiaryk district
📍Yangibazar district
📍Urgench city
📍 Khiva city
📍Tuproqkala district

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Alisher_Navoiy

📣 9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

🔺Mir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

🔺Alisher Navoiyning ilmiy va ijodiy merosi bitmas-tuganmas ummondir. Buyuk ajdodlarimizning betakror ilmiy-maʼnaviy merosi biz uchun hayotiy dasturga aylanishi lozim.

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram  I Instagram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Bartaraf

Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan yer nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📍Xususan, Tuproqqalʼa tumani “Saidlar” mahallasi hududida olib borilgan monitoring davomida fuqarolar M.B, U.M, R.M, A.X, M.R, S.O hamda Y.E lar tomonidan umumiy hisobda 940 kv.m yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi hamda hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarisiz noqonuniy ravishda noqonuniy qurilmalar(bino, fundament, bostirma) qurganligi aniqlandi.

🔹Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan fuqarolarga yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi. Natijada fuqarolar ushbu talabni bajargan holda, noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan bartaraf etishdi.

❗️Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Telegram Instagram
Facebook I Youtube
#Xorazm_Kadastr

📍Xorazm viloyati yer maydonlari haqida ma'lumot. Xorazm viloyatining umumiy yer maydoni 608158 gektarni tashkil qiladi.

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Facebook I Youtube
#Xorazm_Kadastr #maqola

Kadastr sohasida islohot va mas'uliyat
Oʻzbekiston kadastr tizimi davlat boshqaruvi va rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. U yer resurslarini hisobga olish, ularni adolatli taqsimlash, mulk huquqlarini himoya qilish va davlat daromadlarini oshirish uchun asosiy vositadir. Soʻnggi yillarda kadastr sohasida olib borilgan islohotlar ushbu tizimni shaffof, zamonaviy va samarador qilishga qaratilgan.

Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Facebook I Youtube
#Xorazm_Kadastr #kadastr_pasporti

📆 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🏛 ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:
🏬ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🏠yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

🏛 ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
🔸umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🔸umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🔸umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🔸umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🔸umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🔸umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🔸ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Telegram I Instagram
Facebook I Youtube