XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.48K photos
1.06K videos
9 files
4.78K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Xorazm_Kadastr #Davra_Suhbati

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasining Yangiariq tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida " 🇺🇿 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli qonunning O'RQ-937-sonli qonuni mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi jarayonida korrupsiya holatlarining oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

*️⃣ Tadbirda 🌟 Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I. Tadjibayev, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari bosh mutaxassislari B. Eshchanov va X. Matkarimovlar ishtirok etishdi.

🖥 Uchrashuv davomida xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishlari muhimligi alohida ta’kidlandi. Korrupsiya holatlarining oldini olish, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaning tizim rivojiga salbiy ta’siri misollar asosida tushuntirilib, ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Davra_Suhbati

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasining Xonqa tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida muhim davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli qonun mazmun-mohiyati va uning ijrosi jarayonida korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

*️⃣Mazkur tadbirda 🌟Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I. Tadjibayev, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari bosh mutaxassislari B. Eshchanov va X. Matkarimov ishtirok etdilar.

*️⃣Uchrashuv davomida xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishining muhimligi ta’kidlanib, korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga korrupsiyaning tizim rivojiga salbiy ta’siri real misollar asosida tushuntirildi va ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

🖥 Tadbir yakunida xodimlarga qonunbuzilish holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va jamiyat oldidagi mas'uliyat hissini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir xodimning ishtiroki muhim ekani qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Davra_Suhbati

🌟Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I. Tadjibayev, shuningdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari bosh mutaxassislari B. Eshchanov va X. Matkarimovlar tomonidan Yangiariq hamda Urganch tumanlarida tadbir o‘tkazildi.

❗️ Tadbir davomida har bir xodim bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularning xizmat vazifalarini halollik va vijdonan bajarishi, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🔴 Suhbat davomida muhokama qilingan asosiy masalalar quyidagilar bo‘ldi:

✔️O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish haqidagi O‘RQ-937-sonli qonunning O'RQ-937-sonli qonuni mazmun-mohiyati va ushbu qonunni ijro etish jarayonida korrupsiya holatlarining oldini olish choralari.

✔️Soha xodimlarida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish.

✔️ Korrupsiya alomatlari sezilgan taqdirda bu haqda darhol rahbarga, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berish tartibi.

✔️ Ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish.

🔴 Xodimlar uchun alohida ta’kidlangan jihatlar:
Xizmat vazifalarini halollik bilan bajarish, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni yuzaga keltiradigan sabab va sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari batafsil tushuntirildi. Bu jarayonda korrupsiyaning tizim xodimlariga yetkazishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari real misollar asosida yoritib berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM