XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 05.08.2024 yildagi 937- Qonunga muvofiq huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun ⭐️ Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

◾️Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

◼️10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

◼️tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TSUE-TDIU
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Mohir Valiyev, Davlat kadastrlari palatasi raisi
:

- Hozirgi kunda "O'zbekiston-2030" strategiyasi tasdiqlanganiga bir yildan oshgan bo'lsa, Respublika miqyosida iqtisodiyotning barcha jabhalari bu strategiyani qamrab olgan. Shu jihatdan kadastr tizimi ham ushbu strategiyaga ko'ra yurtboshimiz tomonidan berilgan bir qancha vazifalarni maqsad qilib qo'ygan. Xususan, dunyo miqyosida ko'chmas mulkni o'rni juda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublika miqyosida 8.5 million obyektimiz bo'lsa , ularni kadastr qiymatini iqtisodiyotga bog'laydigan bo'lsak, qariyb 50 mlrd dollarga bormaydi. Bu juda ham kam baho va bozor bahosi bilan juda katta farqi ham bo'ladi. Bu bo'yicha biz Iqtisodiyot Universiteti bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalarni yo'lga qo'yganmiz.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Onat_tilim_faxrim

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Ona tilim-faxrim" shiori ostida Urganch shaharidagi 20-son maktab-internatida kitob berish marafoni o‘tkazildi.

🔹Mazkur marafondan ko‘zlangan asosiy maqsad, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan yosh avlodlar uchun kitoblar sovg‘a qilinib, bolalarda kitobga mehr uyg‘otishdir

Telegram Instagram
Facebook I  Youtube
#Xorazm_Kadastr #Kadastr_Tarixi

🔴 Kadastr tarixi hamda ko‘pgina mamlakatlarda huquqiy tizimlar dastlabki maʼmuriy tizimlar atrofida rivojlanishi.

🖥 Dastlabki Kadastr yuritish ishlari Rim imperatorlarining buyrug‘i asosida hamda xususiy shaxslar tomonidan o‘zlashtirilib olingan davlat mulklarini qaytarib olish shuningdek olingan daromadlarni undirish maqsadida yuritilgan.

Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Facebook I  Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📌 Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilasizmi?

📹 Batafsil videoda.

#Kadastr_agentligi #Ijtimoiy_rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr r #ona_tilim_faxrim

ONA TILIM – MILLATIM G'URURI!

🔹 Til -millat g'ururi bilan chambarchas bog'liq. Til nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki madaniyat va tarixning ham bir qismi. Har bir xalqning tili uning kimligini, an'ana va qadriyatlarini ifodalaydi. Tilda o'ziga xos so'zlar, iboralar va urf-odatlar mavjud bo'lib, bu esa millatning o'ziga xosligini ko'rsatadi..

🇺🇿 Ona tili insonning ilk tilidir va shaxsiyati, madaniyati hamda millati bilan chuqur bog'liq. U tilni o'rganish, sevish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari xodimlari ona tilimizni yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shilishida barcha yurtdoshlarimizni faollikka chorlaydi.

Telegram Instagram
Facebook I  Youtube
#Bilib_Oling

💬 Savol: Men tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun auksiondan yer maydoni yutib oldim. Mazkur yer uchastkasiga kadastr hujjatini shakllantirsam bo‘ladimi? 

Javob: Bo‘ladi. Bunda kadastr pasportini shakllantirish uchun arizani my.gov.uz yoki DXM orqali berishingiz mumkin.

🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖🔖

#Find_Out

💬Question: I won a plot of land at an auction to do business. Can I create a cadastral document for this plot of land?

Answer: Yes. In this case, you can submit an application for the formation of a cadastral passport through my.gov.uz or DXM.

TelegramInstagram
Facebook I  Youtube
#Xorazm_Kadastr #Seminar

YER HISOBIGA MAS'UL XODIMLAR UCHUN O‘QUV-SEMINAR

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan hududiy tuman va shahar filiallaridagi yer hisobotini yuritish mutaxassislari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

⭕️ Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2024 yildagi 614-sonli qarorining mazmuni va mohiyati tahlil qilindi. Qarorda yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari hamda kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish bo‘yicha belgilangan ishlar muhokama qilindi.

⭕️ Shuningdek, "Yer hisoboti ATT" va yer balansining 2025-yil 1-yanvar holatiga tayyorgarligi, hududlarda yer hisobi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama qilinib, mutaxassislarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram Instagram
Facebook I  Youtube