XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.71K subscribers
8.29K photos
1.15K videos
9 files
5.22K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Olimov Shovkat Komil o'g'li– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi.

◼️Shovkat Komil o'g'li – 1990 -yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tavallud topgan. 2013 - yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini hamda 2024 - yilda - O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi Sh.Olimovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tayinlov

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Hazorasp tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan "🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O'RQ-937-sonli qonuni mazmun mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

💬Yig‘ilishda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari B.Eshchanov va X.Matkarimovlar ishtirok qilishdi.

Tadbirda, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi alohida misollar bilan tushuntirildi.
Telegram Instagram
Facebook I Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢 MDH davlatlarining XLVI sessiyasi bo'lib o'tdi.

🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari T.Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya 🇰🇿Qozog‘iston Respublikasi Geodeziya va kartografiya qo‘mitasining taklifiga binoan MDH davlatlarining Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo kengashining XLVI sessiyasida ishtirok etmoqda.

🟢Joriy yilning 8-11-oktabr kunlari 🇰🇿Qozog'iston Respublikasining Olma-ota shahrida bo'lib o'tadigan MDH davlatlarining Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo kengashining XLVI(46) sessiyasi doirasida Agentlik delegatsiyasi hamkor davlatlar idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

➡️Yig'ilish kun tartibidan:

🔘ishchi guruhning hisobot va taqdimotlari bilan tanishish;
🔘geodeziya va kartografiya faoliyatidagi so'nggi tendensiyalar bilan tanishish;
🔘sohada geofazoviy texnologiyalardan foydalanishda tajriba almashish;
🔘mazkur yo'nalishda O'zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirish kabi masalalar o'rin oldi.


#Kadastr_agentligi #Xalqaro_uchrashuv

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🖥so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🏢 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
🔖 vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
❗️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

TelegramInstagram
Facebook I  Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun qachon kuchga kiradi?

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-937-son, 05.08.2024-y.).

📃 Batafsil: https://www.lex.uz/uz/pdfs/7049383

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun kuchga kirishiga oz fursat qoldi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda sugʻoriladigan yerlar boʻyicha ham maʼlumotlar keltirilganmi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilib_Oling

🔖Savol: Fuqarolar o’rtasidagi yer bilan bog’liq nizolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish kimning vakolatiga kiradi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi (ko’rib chiqiladi).

#Find_Out

🔖Question: Who is responsible for resolving land disputes between citizens in accordance with the law?

Answer: Based on Article 89 of the Land Code of the Republic of Uzbekistan, land disputes between legal entities and individuals are resolved (considered) by the court.

Telegram Instagram
Facebook I  Youtube
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 05.08.2024 yildagi 937- Qonunga muvofiq huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun ⭐️ Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

◾️Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

◼️10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

◼️tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TSUE-TDIU
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Mohir Valiyev, Davlat kadastrlari palatasi raisi
:

- Hozirgi kunda "O'zbekiston-2030" strategiyasi tasdiqlanganiga bir yildan oshgan bo'lsa, Respublika miqyosida iqtisodiyotning barcha jabhalari bu strategiyani qamrab olgan. Shu jihatdan kadastr tizimi ham ushbu strategiyaga ko'ra yurtboshimiz tomonidan berilgan bir qancha vazifalarni maqsad qilib qo'ygan. Xususan, dunyo miqyosida ko'chmas mulkni o'rni juda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublika miqyosida 8.5 million obyektimiz bo'lsa , ularni kadastr qiymatini iqtisodiyotga bog'laydigan bo'lsak, qariyb 50 mlrd dollarga bormaydi. Bu juda ham kam baho va bozor bahosi bilan juda katta farqi ham bo'ladi. Bu bo'yicha biz Iqtisodiyot Universiteti bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalarni yo'lga qo'yganmiz.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Onat_tilim_faxrim

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Ona tilim-faxrim" shiori ostida Urganch shaharidagi 20-son maktab-internatida kitob berish marafoni o‘tkazildi.

🔹Mazkur marafondan ko‘zlangan asosiy maqsad, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan yosh avlodlar uchun kitoblar sovg‘a qilinib, bolalarda kitobga mehr uyg‘otishdir

Telegram Instagram
Facebook I  Youtube