XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Xorazm_Kadastr #Seminar

📍Hazorasp tuman hokimligining katta majlislar zalida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💬Yig‘ilishda ⭐️Kadastr agentligi Registratsiya boshqarmasi boshlig‘i Yuldashev Jaxongir 🌟Davlat kadastrlari palatasi Ro‘yxatdan o‘tkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi Abdurazzaqov Sanjar Adliya vazirligi bo‘limi boshlig‘i Abdurashid Quchqarov hamda Hazorasp tuman hokimi o‘rinbosari Furqat Sobirov, shuningdek Hazorasp, Tuproqqalʼa, Bog‘ot tumanlarida faoliyat yuritayotgan  idora-tashkilot rahbarlari, tegishli masʼullar ishtirok qildilar.

🖥Seminarda Qonunning mazmun-mohiyati  tushuntirilib, ishtirokchilar savollariga atroflicha javoblar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

🇺🇿Prezident Farmoniga ko'ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🫥Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig'ida joylashgan ko'p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar "Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi" asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo'sh turgan yer uchastkalari o'rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.

◼️Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Qonun

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun 🔸4-bob (Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov) 🔸23-moddasi Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov miqdorlari)

🖥Ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

💬Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 Yer, kadastr va geodeziya nazorati yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar.

💠 Amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 38 898 ta holatda 5 8437,6 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlanib, berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 21 939 ta holatda 2 527,3 gektar yoki 56 foiz yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

➡️Yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni buzdirish bo‘yicha sudlarga 2 794,2 gektar yer maydonida 12 812 ta holatda da’vo arizalar kiritildi.

➡️Shundan, 2 059 ta (430,3 gektar) da’vo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilib, majburiy ijroga qaratildi.

➡️Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 1 445 ta materiallar o‘rnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga kiritildi.

➡️Yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan 26 164 ta shaxslarga ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

➡️Yer va kadastr nazoratini avtomatlashtirish maqsadida “E-yer nazorat” AAT amaliyotga joriy etilib, 103 577 ta aniqlangan huquqbuzarliklar axborot tizimiga kiritildi.

💠 Geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 283,5 mlrd. so‘mlik ishlar ekspertizadan o‘tkazildi.

➡️Geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 131 ta texnik loyiha (ishlar dasturlari), 114 ta geodeziya va kartografiya ishlarining yakuniy texnik hisobotlari hamda 27 ta kartografiya mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi.

➡️Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish bo‘yicha 2 810 ta materiallar foydalanuvchilarga taqdim etildi.

➡️Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanish uchun “Litsenziya” AT orqali yuborilgan 142 ta xabarnomalar tahlil qilingan holda reyestrda hisobga olindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi bo'lib o'tadi.

➡️Tanlovdan ko'zlangan maqsad sohada korrupsion holatlarni oldini olish, sohada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarning kreativ g'oyalarini o'rganishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan video roliklar Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limiga taqdim etiladi. 🌟Kadastr agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan barcha video roliklar mavzu dolzarbligi, go‘yaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Komissiya aʼzolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra finalga munosib deb topilgan videoroliklar saralab olinadi.

#Kadastr_agentligi #video_roliklar_tanlovi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV

👍Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'i bilan Rozmetov Hamra Marimovich 💫Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajruvchisi lavozimiga tayinlandi.

🔠Hamra Rozmetov shu kunga qadar 💫Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi Urganch tumani filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍⚖️e-auksion.uz yer uchastkalarini taklif etadi

*️⃣ Dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣Erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
*️⃣ Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Turistik-rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Turistik rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube

*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣

👨‍⚖️e-auksion.uz offers plots of land

*️⃣ Plots of land for agricultural holdings (search)
*️⃣ Plots of land for business (search)
*️⃣ Lands in small industrial zones (search)
*️⃣ Plots of land in youth industrial zones (search)
*️⃣ Plots of land for housing construction (search)
*️⃣ Lands in free economic zones (search)
*️⃣ Agricultural lands (search)
*️⃣ Lands along international roads (search)
*️⃣ Land for high-rise residential buildings (search)
*️⃣ Lands for micro-centers (search)
*️⃣ Land for tourist and recreational zones (search)
*️⃣ Lands for New Uzbekistan massifs (search)
*️⃣ Lands for non-governmental educational institutions (search)
*️⃣ Lands for tourist recreation zones (search)

Our pages on social networks:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Qonun

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun 🔸4-bob (Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov) 🔸24-moddasi (Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov summasini taqsimlash)

🖥Ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

💬Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қурилиш индустрияси ва қурилиш материаллари тармоғини ривожлантириш чора-тадбирлари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное обсуждению мер по развитию строительной индустрии и отрасли строительных материалов.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #materiallar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X