XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.33K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya
bo‘limi tomonidan 2024-yil boshidan 1-sentabr kuniga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi.

47 720 kv.km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi;
55 800 kv.km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi;
3 696,9 ming kv.km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi;
46 900 kv.km maydonda topografik xaritalar yangilandi;
4 520 ta suratlarni planli va balandli bog‘lash;
1 249,5 km nivelirlash ishlari;
888 ta geodezik o‘lchov ishlari bajarildi;
69 100 kv.km. maydonda ochiq turdagi xaritalar yaratildi;
69 100 kv.km. maydonda topografik xaritalar nashrga tayyorlandi;
36 600 kv.km. maydonda topografik xaritalar chop etili;
14 800 kv.km. maydonda Samarqand viloyatining Interaktiv raqamli xaritasi yaratildi;

➡️Shuningdek, Kadastr agentligiga hududiy komissiyalar hamda vazirlik va idoralar tomonidan 45 847 ta geografik obyektlarga nom berish bo‘yicha takliflar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Qonun

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun 🔸3-bob (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish) 🔸15-moddasi (Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni va hujjatlarni kiritishning (biriktirishning) birinchi bosqichi).

🖥 Ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

💬Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- avgust oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 634 351 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍⚖️e-auksion.uz yer uchastkalarini taklif etadi

*️⃣ Dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣Erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
*️⃣ Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Turistik-rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Turistik rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube

*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣

👨‍⚖️e-auksion.uz offers plots of land

*️⃣ Plots of land for agricultural holdings (search)
*️⃣ Plots of land for business (search)
*️⃣ Lands in small industrial zones (search)
*️⃣ Plots of land in youth industrial zones (search)
*️⃣ Plots of land for housing construction (search)
*️⃣ Lands in free economic zones (search)
*️⃣ Agricultural lands (search)
*️⃣ Lands along international roads (search)
*️⃣ Land for high-rise residential buildings (search)
*️⃣ Lands for micro-centers (search)
*️⃣ Land for tourist and recreational zones (search)
*️⃣ Lands for New Uzbekistan massifs (search)
*️⃣ Lands for non-governmental educational institutions (search)
*️⃣ Lands for tourist recreation zones (search)

Our pages on social networks:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Qonun

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun 🔸3-bob (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish) 🔸16-moddasi (Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ma’lumotlarni va hujjatlarni kiritishning (biriktirishning) ikkinchi bosqichi).

🖥 Ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

💬Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣ТАЙИНЛОВ

👍Кадастр агентлиги директорининг тегишли буйруғи билан 👍Кадастр агентлиги Хоразм вилояти бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи лавозимига Жумабаев Бехзод Мадаминович тайинланди.

🔠Бехзод  Жумабаев шу кунга қадар💫Давлат кадастрлари палатаси Хоразм вилоят бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият юритган.

👍Кадастр агентлиги жамоаси Б.Жумабаевни келгуси ишларида муваффақиятлар тилайди.

#кадастр #тайинлов #табрик

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi


⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺Abdushukur Abdullayev Kadastr sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliygoh mas'ullari bilan fikr almashdi🔺

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev va Urganch Davlat Universiteti rektori Baxrom Abdullayev ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️Mazkur uchrashuvda shuningdek 🌟Kadastr agentligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shovkat Olimov, 🌟Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig'i v.b Bexzod Jumabayevlar qatnashdi hamda sohada kadrlar tayyorlash bo'yicha fikrlar almashildi.

➡️Muloqot davomida ish beruvchilar bilan kadastr yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini yanada takomillashtirish, zamon talablariga mos chuqur bilim, malaka va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi


❗️ Farmonga ko‘ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🔼 Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig‘ida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

📁 Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi.

🔍 Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Qonun

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonun 🔸3-bob (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish) 🔸17-moddasi (Ma’lumotlarni jamoatchilikka e’lon qilish).

🖥 Ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

💬Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Xiva shahar bo‘lim va filiali xodimlari bilan "🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O'RQ-937-sonli qonuni mazmun mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

💬Yig‘ilishda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari B.Eshchanov va X.Matkarimovlar ishtirok qilishdi.

🖥Tadbirda, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi alohida misollar bilan tushuntirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qarori qabul qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555-son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Konferensiya

🇺🇿Respublika aerogeodeziya markazi Xorazm hududlararo bo‘linmasida Kadastr agentligining 2024 yilda amalga oshiriladigan 7 ta asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “YO‘L XARITASI” ning 47-bandi “Geodeziya kartografiya davlat kadastrlari sohasini rivojlantirishdagi dolzarb muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

💬Konferensiyaga Kadastr sohasi vakillari, Urganch davlat universiteti professor -o‘qituvchilari hamda taʼlim olayotgan o‘quvchilar taklif qilindi.

✔️Tadbir doirasida “Geodeziya kartografiya davlat kadastrlari sohasini rivojlantirishdagi dolzarb muammo va yechimlar” bo‘yicha savol, taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

*️⃣O‘zaro fikr almashishda taklif va savollar bo‘yicha Urganch davlat universiteti katta o‘qituvchisi – Xamrayev Ergash so‘zga chiqib Kadastr tizimida Geodeziya sohasining o‘rni haqida gapirib o‘z fikr mulohazalarini konferensiya qatnashchilariga yetkazdi.

🖥So‘ngra Xorazm hududlararo bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan konferensiya qatnashchilariga dolzarb muammo va yechimlar, milliy koordinatalar GNSS stansiyalari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM