XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.35K photos
1.03K videos
9 files
4.7K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” лойиҳасини амалга ошириш ҳамда чиқиндиларни бошқаришни такомиллаштириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам реализации проекта "Яшил макон" и совершенствованию управления отходами.

#Mirziyoyev #videoselektor #Yashilmakon #chiqindi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bartaraf #Xorazm_Kadastr_Agentlik

Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Yangiariq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Xorazm viloyati Yangiariq tumani «Ogoxiy» mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 20 uyda  yashovchi fuqaro Q.R tomonidan o‘zingizga qarashli yer uchastkasi bilan chegaradosh hududidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 155 kv.metr yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, hech qanday qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarsiz molxona, hojatxona, tandirxona hamda omborxona binolarini qurganligi aniqlanib, fuqaroning o‘z hisobidan noqonuniy qurilmalar bartaraf qilinib yer maydoni oldingi holatiga qaytarilishi taʼminlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram  I Instagram I Facebook I  Youtube
#Bilib_Oling

🔺Qurilishi tugallanmagan obyektlar
– qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram I Facebook I  Youtube
**********************
#Find_Out

🔺Unfinished objects - buildings and structures whose construction began in accordance with the approved project documents on a plot of land allocated in the prescribed manner, but were not completed on the specified date, or the construction of which was completed, but the construction (reconstruction) of buildings and structures was completed and was not accepted for use based on a permit for the use of buildings and structures.

Our pages on social networks:
Telegram Instagram I Facebook I  Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sun’iy yo‘ldosh orqali yer bilan bog‘liq qonunbuzarliklar nazoratga olinadi.

SIIS kompaniyasi 🇰🇷Janubiy Koreyaning 🛰kosmik suratlarni qayta ishlash va shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalar biri hisoblanadi.

Mamlakatimizdagi soha mutaxassislari Janubiy Koreya Respublikasining yer resurslari boshqaruvi va kadastr tizimi LX Office korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Mazkur davlatning sun’iy yo‘ldoshli yerni kuzatish tendensiyalari, texnologiyalari va istiqbollari va yaqin kelajakdagi rejalari o‘rganildi. Xususan, SIIS – kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqildi.

Ushbu kompaniya...
Batafsil➡️ HUDUD24 maqolasida

Sardor OMONOV,

“Geoinfokom” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Jarima

🔺Yangiariq tumani “Qarmish” mahallasida yashovchi fuqaro Y.S tomonidan Yangiariq tumani “Qarmish” mahallasidagi 600 kv.metr turar joy binosini sotib olib, qonunda belgilangan 1 oy muddat ichida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilmasdan foydalanib kelganligi sababli, Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi Yangiariq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 68 prim 1 moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Xorazm_Kadastr

📣 Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasida barcha tuman shahar filiallari ishtirokida «ZOOM» dasturi orqali "Korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabab va oqibatlari" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibiga chiqdi.

🔺Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlarida immunitetni shakllantirish;
🔺Korrupsiya holatlari alomatlari sezilganda zudlik bilan rahbar yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berish;
🔺 Ichki tartib qoidalarga rioya qilish;

Shuningdek, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi alohida misollar bilan tushuntirildi.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.


“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.

Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:

Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilib_Oling

🔺Savol: Fuqarolar o’rtasidagi yer bilan bog’liq nizolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish kimning vakolatiga kiradi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi (ko’rib chiqiladi).

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram I Facebook I   Youtube
____________________________________________

#Find_Out

🔺Question: Who is responsible for resolving land disputes between citizens in accordance with the law?

Answer: Based on Article 89 of the Land Code of the Republic of Uzbekistan, land disputes between legal entities and individuals are resolved (considered) by the court.

Our pages on social networks:
Telegram Instagram I Facebook I  Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga muvofiq 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.

➡️Bular:
40 ta - Leica Viva TS07 Elektron taxeometr;
62 ta - STEK SV1,
58 ta - I90 GPS priyomnik (baza+rover);
118 ta - KOLIDA GNSS K7 GPS priyomnik (baza+rover);
100 ta - A6001P GPS (Yerlarni o'lchash uchun);
10 ta - "Stalker" 80-24 Trassa qidirgichlar;
43 ta - GAT platformasi GAT (panarama) dasturiy ta'minotlari.

📍Mazkur texnika va dasturiy ta'minotlardan foydalanish bo'yicha Agentlikning tegishli tuzilmalari rahbar va xodimlari tomonidan o'quv seminarlari o'tkazilib, texnika va dasturiy ta'minotlardan maqsadli foydalanish tushuntirildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari"

⚡️Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ""UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari" mavzusida matbuot tadbiri bo'lib o'tdi.

🌟Unda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligidagi mutasaddilar yig'ilgan jurnalist va OAV vakillariga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari,  "UZKAD" tizimi va unga o'tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari haqida batafsil tushuntirdilar.

▶️📹Matbuot tadbiri Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali jonli efirda namoyish etildi.

#DavKadastrPalata  #matbuot_tadbiri

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

💬YOSH KADASTRCHILARGA MAHORAT DARSLARI O'TKAZILDI.

🔖Kadastrchilar uchun juda katta yangilik.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra, 2023-2026 yillarda Kadastr agentligi organlarida o‘lchash vositalari, zamonaviy dasturiy taʼminot va texnikalar bilan taʼminlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan o‘lchov vositalari xarid qilingan.
🔖Sohaning asosiy faoliyati yer o‘lchovi va hisobini aniq tahlil qilish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi hamda barcha tuman (shahar) filiallari xodimlari texnik uskunalarning eng so‘nggi rusumi bilan taʼminlanmoqda. Ushbu uskunalarning barchasi yer va bino o‘lchashga mo‘ljallangan.
🔖 Mazkur uskunalar hududning ob-havosi, tog‘ va tog‘oldi, cho‘lli hududlarning hamda internet aloqasi past yoki umuman yo‘q bo‘lgan hududlar uchun moslashgan.
Telegram Instagram I Facebook I  Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM