XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
▪️Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid▪️

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga qarshi murosasizlikni shakllantirish bo'yicha profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Mazkur haftada ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Xorazm viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Samarqand viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yilda Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga kelib tushgan (prezident xalq qabulxonasi, prezident pochtasi, veb-sayt, sayyor qabul, ishonch telefoni orqali) murojaatlar ijrosi yuzasidan ma’lumot 21.06.2023 holatiga.

Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
Savol: Fuqarolar o’rtasidagi yer bilan bog’liq nizolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish kimning vakolatiga kiradi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi (ko’rib chiqiladi).

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr #jahon_bank #hamkorlik

🟢«O’rta shaharlarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirishga ko’maklashish maqsadida 🌟Kadastr agentligi hamda Jahon bankining missiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida 🌟Kadastr agentligini yanada qo’llab-quvvatlash va shahar yerlarida pilot loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilindi

Uchrashuv konstruktiv tarzda bo‘lib o‘tdi, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, agarda Sizlarda soha xodimlari tomonidan yer maydoni ajratib berish, kadastr hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezroq tayyorlatib berish hamda kadastr to‘lovlarini arzonlatib berish va boshqa shu kabi korrupsion holatlar aniqlansa, zudlik bilan Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisining +998 (95) 606 - 71 -71 raqamiga murojaat qilishlaringiz so‘raladi. Boshqarma maʼmuriyati tomonidan Sizlarni shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Unutmaylik korrupsiya illatiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir.


Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirish, xususan, kadastr sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.

🏛Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi mavjud muammolar, aholining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar hamda kadastr sohasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini sifatini yana-da takomillashtirish orqali aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar bo'yicha Urganch shahridagi IT park binosida xalq deputatlari viloyat kengashidagi O‘zLiDep deputatlik guruhi bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi.

🗒Tadbirda kadastr sohasidagi o‘zgarishlar haqida huquqiy tushunchalar berildi. Shundan so‘ng yig‘ilish qatnashchilarining savollariga tegishlicha javoblar va davlat xizmatini ko‘rsatish uchun belgilangan tartib bo‘yicha yo‘nalishlar berib o‘tildi.

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr #xalqaro_aloqalar

🇺🇿O‘zbekiston va 🇦🇿Ozarbayjon kadastr idoralari o‘rtasida yer hisobi, geoaxborot tizimlari, kadastr tizimlarining modernizatsiyasi yo‘nalishida idoralararo ishchi guruhlarning onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🟢Joriy yilning 8-iyun hamda 22-iyun sanalarida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi hamda 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati o‘rtasida idoralararo ishchi guruhlarning tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan:

😎Yer maʼmurchiligi hamda yer hisobini yuritish;
😎Yer va kadastr nazorati;
😎Raqamlashtirish va Yer boshqaruviga oid axborot tizimlari;
😎Ozarbayjonning «Nesas» hamda O‘zbekistonning «Uzkad» axborot tizimi imkoniyatlari;
😎geoaxborot tizimlari va manzillar reyestri;
😎Fazoviy maʼlumotlar infrastrukturasini yaratish yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish o‘rin oldi.

Maʼlumot uchun: Davlatlararo sohaviy hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya o‘rtasida belgilangan harakatlar rejasiga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomonlarning hamkorlik ko‘lami – yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida tajriba almashish, shuningdek mazkur yo‘nalishlarda elektron xizmatlar ko‘rsatish masalalarini qamrab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM