XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.44K photos
1.05K videos
9 files
4.76K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Bilasizmi? #Savol_Javob

Savol: Qaysi hujjatlar binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi?

Javob:
Binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;
Binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

Binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.
Oldingi tahrirga qarang.

Tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;
Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.


Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#Kadastr #Aerogeodeziya #Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi PQ-405-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida doimiy ishlab turuvchi 🌐GNSS stansiyalar sonini 50 ta dan 130 ta ga yetkazish belgilangan.

🌟Kadastr agentligi ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.Omonov hamda "Leica Geosystems" AG Yevropa, O'rta sharq va Afrika mintaqasidagi menejeri Nikolas De Maugin boshchiligida 80 ta GNSS stansiyalarini o'rnatish va ishga tushirish muhokama qilindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Geoinnovatsiya #xalqaro_uchrashuv

🟢Avval xabar berganimizdek 🇰🇷 Koreya Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi  Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida “Drone Show” ilmiy-amaliy seminari bo'lib o'tmoqda.

🗣Ayni damda poytaxtimizning "Hilton" mehmonxonasida 🇰🇷 Koreya Respublikasining Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi huzuridagi Koreya Aviatsiya xavfsizligi texnologiyalari instituti hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" DUK o'rtasida o'zaro tomonlarga manfaatdor bo'lgan sohalarda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida 🖋AHDLASHUV BAYONNOMASI imzolanmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️RASMIY MUNOSABAT▪️

Qaynota kelin mojarosida ham kadastr aybdormi?!

⚡️ Bugun "O‘zbekiston24" telekanali va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan Xorazm viloyatining Xiva shahrida kadastr xodimining shaxsiy hayotiga oid masala bo‘lishiga qaramay, “Tashkilot xodimi pora bilan ushlandi” mavzusida talqin etilishi tashkilotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralashdan boshqa narsa emas.

ANIQLIK KIRITAMIZ !

◼️ Joriy yilning 2-may kuni fuqaro K.X. IIV Xorazm viloyati Boshqarmasiga murojaat qilib, fuqaro Sh.X. undan muqaddam sotib olgan yer maydoni uchun pul mablag‘i (60 ming AQSh dollari) talab qilayotganini bildirgan. Murojaatga asosan IIB hamda DXX xodimlari tomonidan faol tadbir o‘tkazilib, so‘ralgan pul mablag‘ini arizachi tomonidan olib borilganda, Sh.X. ushbu mablag‘ni tanishi R. T. ga berib qo‘yishlarini telefon orqali aytgan. Shundan keyin tadbir davom ettirilib, Sh.X. aytgan shaxs tomonidan pul mablag‘ini qabul qilgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

◼️Sh.X. bilan suxbat o‘tkazilganda, ushbu qurilishi tugallanmagan turar joy binosi ularning oilaviy mulki bo‘lsada, turmush o‘rtog‘ining akasi A.J. tomonidan ularni xabardor etmasdan fuqaro K. X. ga sotib yuborganligidan norozi bo‘lib kelganligini bildirgan. Shuningdek, yuqoridagi turar joy hujjatlarini bekor qilish yuzasidan kadastr hamda hokimiyat idoralariga murojaat qilganini, lekin hech qanday natija bo‘lmaganligini aytib o‘tgan.

❗️ Shu yerda alohida qayd etamiz, gumonlanib ushlangan fuqaro - Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Xiva tumani filiali kadastr yig‘majildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi vazifasida haqiqatdan faoliyat yuritadi, ammo u talab qilgan pul mablag‘lari o‘zining shaxsiy mojarosidagi masala ekanligini yana bir bor ta’kidlaymiz.

👔 Korupsiyaviy holatlarni yoritishdan avval, ma’lumotlarni aniq qilib surishtirish va uni yoritishda to'g'ri talqin qilish - juda muhim. Zero, ko‘ngilsiz holatlarda nafaqat inson sha’ni- qadr qimmati, balki tashkilot nomi – unda esa minglab fuqarolarning ham qadri toptalishi mumkinligini unutmaslik juda muhim.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha

Agar auksion g‘olibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga ko‘chirmani olgan kundan boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.

⚖️ Bunda, auksion g‘olibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan so‘ng to‘lash rad etilsa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma, mulk huquqi uchun rasmiylashtirilgan davlat orderi o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi hamda bu haqida buyurtmachi o‘zining “YERELEKTRON” AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani bekor qilishi to‘g‘risida hamda operatorni yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha xabardor qiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹 KORRUPSIYA TARAQQIYOT DUSHMANI 🔹

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari Xonqa tumani bo'lim va filiali xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari B.Eshchanov va X.Matkarimovlar ishtirok qilishdi.

Davra suhbatida, xodimlarni o'z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to'xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy ta'sir yetkazishi alohida tushuntirildi.

#korrupsiyaga_qarshi_kurash #kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #dron_show #xalqaro_aloqalar

🇰🇷Koreya Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan 👌“Drone Show” ilmiy-amaliy seminarining ikkinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
e-auksion.uz elektron savdo platformasi Xorazm viloyatida 4037 ga yaqin yer uchastkalarini taklif etadi.

⭕️ 3535 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko‘rish)

⭕️ 70 ta Yakka tartibda uy-joy kurish uchun yerlar (ko‘rish)

⭕️ 20 ta ko‘p qavatli turar joy uchun yerlar (ko‘rish)

⭕️ 10 ta Dehqon xo‘jaligi yerlar ijarasi (ko‘rish)

⭕️ 52 ta Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari (ko‘rish)

⭕️ 213 ta Yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko‘rish)

⭕️ 67 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko‘rish)

⭕️ 48 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko‘rish)

⭕️ 20 ta Yangi O‘zbekiston (ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun  (ko‘rish)

⭕️ 1 ta Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun (ko‘rish)

⭕️ 7 ta Mikromarkazlar uchun yer uchastkasi (ko‘rish)

⭕️ 4 ta Nodavlat umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari uchun (ko‘rish)

Xorazm_Kadastr_Axborot_Xizmati:

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube