XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.71K subscribers
8.34K photos
1.16K videos
9 files
5.26K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak Ramazon oyi bilan samimiy qutlaymiz!

Fazilatli kechgan ulug‘ oyni g‘animat bilib, amalga oshirgan ibodatlaringiz maqbul va ilmingiz ziyoda bo’lsin!

Oilangizga tinchlik-totuvlik, ishlaringizga baraka, o’zingizga sihat-salomatlik tilaymiz!

Kelgusi Ramazon oylariga ham har birimizni omonlikda yetkazsin!

#Kadastr #Ramazon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
👍2
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar — aholisining soni, qoida tariqasida, kamida yetti ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan aholi punktlari.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
👍4
Viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish

Viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni, viloyatlar tumanlarini, Toshkent shahar tumanlarini va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar tumanlarini tuzish hamda tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli viloyatlar hokimlarining, Toshkent shahri tumanlariga nisbatan esa — Toshkent shahar hokimining iltimosnomalari asosida amalga oshiriladi.

Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

🔰Huquqiy asos: “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–635-son Qonunining 18-moddasi

#Bilasizmi #Kadastr #Ma'muriy_hududiy_tuzilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
👍2
Tumanlar — viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy hududiy birliklar.

#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Xorazm_Kadastr #Sayyor_qabul

📄O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2023-yil davomida sayyor qabul kunlari rejasi ijrosi yuzasidan aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari rahbariyati boshchiligida Urganch tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

🪧Sayyor qabul davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
👍4
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🟢Ayni damda 🇺🇿🌟Kadastr agentligi va 🇯🇵Yaponiyaning Aero Asaxiy kompaniyasi vakillari o'rtasida aerogeodeziya va kartografiya yo'nalishida hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning auksion orqali yer uchastkasi sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hukumat qarori (122–son, 23.03.2023 y.) bilan Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Batafsil

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🔹 KORRUPSIYA TARAQQIYOT DUSHMANI 🔹

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari Yangiariq tumani bo‘limi va filiali xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari B.Eshchanov va X.Matkarimovlar ishtirok qilishdi.

Davra suhbatida, xodimlarni o'z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to'xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy ta'sir yetkazishi alohida tushuntirildi.

#korrupsiyaga_qarshi_kurash #kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube