XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.45K photos
1.05K videos
9 files
4.76K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

🌟Kadastr maslahatchi rubrikasi ish boshladi.

➡️Mazkur rubrika aholining kadastr masalalari bo'yicha savollariga javob berish maqsadida ishga tushirildi va maxsus telegram bot yaratildi. (Sinov tarzida ishlamoqda)

⁉️ Savollaringiz bo'lsa 🌐 @kadastr_maslahatchi_bot orqali bizga yo'llang.

‼️ Agarda savol emas murojaat yo'llamoqchi bo'lsangiz 📞1097 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yilda Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga kelib tushgan (prezident xalq qabulxonasi, prezident pochtasi, veb-sayt, sayyor qabul, ishonch telefoni orqali) murojaatlar ijrosi yuzasidan ma’lumot 17.01.2023 holatiga

Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
▪️DXMdagi xizmatlarimiz▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining bir qancha xizmatlari aynan Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

♻️ Mazkur ma’lumotlar jamlanmasida siz kadastr pasportingiz yo‘qolganda uni tiklash uchun qanday yo‘l tutishingiz lozimligi tartiblari batafsil keltirilgan.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #hisobot

⚡️2022-yilda Yer maydonlarini hisobga olishda amalga oshirilgan ishlar.

📝Jahon banki bilan hamkorlikda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” (UZKAD) ishga tushirilib, 2021-yil 1-maydan boshlab ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlandi.

📝UZKAD tizimi orqali respublikaning umumiy 44,9 mln gektar yer maydonidan 41,2 mln gektari yoki 92 foizining elektron xaritasi yaratilib,39,3 mln gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📝24 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, 11,9 mln gektar o‘rmon fondi yerlari, 2,9 mln gektar tabiatni muhofaza qilish yerlari, 1,8 mln gektar davlat zaxira yerlari, 535 ming gektar suv fondi yerlari va 45 ming gektar sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlar egallagan yerlarning elektron xaritasi yaratildi.

🗣Batafsil videoda

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Xonqa tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 20-yanvar kuni soat 10:30 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i O‘razbayev Ruslan Xajibayevich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Xonqa shaharchasi Xalqlar do'stligi ko'chasi 1/54-uy ( Mo'ljal: Xonqa madaniyat va aholi dam olish markazi )

🎯Joylashuv (Location)

📲 Murojaat uchun: +998 (99) 969-49-19
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishi va bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 803-sonli qonuniga ko‘ra egalik huquqi bo‘yicha bir qancha tartiblar belgilangan.

◼️ Ushbu infografika orqali yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilinishini belgilovchi xujjatlar tartibi bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Seminar

Kadastr agentligi Shovot tumani bo'limi, tuman prokuraturasi va Shovot tumani jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudyasi ishtirokida yer xususidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

♦️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Bilasizmi

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🖥 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi
#Xorazm_Kadastr #Sayyor_qabul

📄O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2023-yil davomida sayyor qabul kunlari rejasi ijrosi yuzasidan aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari rahbariyati boshchiligida Xonqa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

🪧Sayyor qabul davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
QO‘SHKO‘PIRDA QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudi tomonidan kadastr agentligi tuman bo‘limi xodimlari uchun sudga doir qonunchilikdagi yangiliklarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi A.Aminov, tuman prokurori yordamchisi M.Boltayev va tuman adliya bulimi boshlig‘i v.b. K.Redjapovlar o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etishdi.

Muloqotlarda asosiy mavzu “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat kadastrini yuritish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2,3,4-qismlari, 601,68,681,69-moddalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘ldi.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Bugun, Xiva shahrida joylashgan "Farovon" mehmonxonasi binosida "Bir makon va bir maqsad uchun sarmoya" shiori ostida xorijiy davlatlarda tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan ishbilarmon doira vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Xorazm viloyati hokimligi, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi, Savdo sanoat palatasi, tijorat banklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi, viloyat soliq boshqarmasi, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi kabi hamkor tashkilotlar bilan bir qatorda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi xam ishtirok qilishdi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube