XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.72K subscribers
8.34K photos
1.16K videos
9 files
5.26K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Намунали кадастр ходими-ёшларга устоз.

🙎🏻‍♂️ Юсупов Ойбек Жумабоевич-Давлат кадастрлари палатасининг Хоразм вилоят бошқармаси Хазорасп туман филиали бош мухандиси.

🙎🏻‍♂️ У 1971 йил Хазорасп туманида зиёлилар оиласида туғилган. Маълумоти олий.

💼 Иш фоаолиятини 1993-йил Хазорасп туман 286-сон кўчма механизациялашган шўъба корхонаси механиги лавозимида бошлаган. 2003 йилдан буён кадастр сохасининг турли хил лавозимларида ишлаб келмоқда
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik

👍 Kadastr agentligi hamda 🇷🇺 Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (МИИГАиК) birgalikda “Hududlarni rivojlantirish uchun geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjumanning to'liq tafsilotlari quyidagi lavhada.

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ONATILIMFAXRIM #XORAZM_KADASTR
🏫Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalarining binosida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil to‘lganligi munosabati bilan "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida davra suhbati tashkillashtirildi.

Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Begimov O‘ktam Xaytbayevich hamda Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Matnazarov Javlanbek Kabulovichlar taklif qilindi.

📄Shuningdek Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining bir guruh xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
👍2
#Korrupsiya_taraqqiyot_dushmani

🏢Kadastr agentligi  hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalarining komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassislari B.Eshchonov va X.Matkarimovlar tomonidan  Kadastr agentligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan  rejaga asosan  2022-yilning 17-oktyabridan – 17-noyabrigacha “Korrupsiyaga qarshi  kurash oyligi” doirasida boshqarmalarining Urganch tumani bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida “Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kuchmas mulkka bo‘lgan huquqnidavlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohalaridagi  huquqbuzarliklar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram  l Instagram l Facebook l Youtube
#kadastr_sohasida_atamalar
#atama

Kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi;

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Tug'ilgan kun!

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi bosh hisobchisi Rajabova Natalya Shonazarovna 54 yoshni qarshi olmoqdalar.

🔹U 1968 yilda Turkmaniston Respublikasida tug'ilgan. 1987 yildan buyon kadastr soxasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

🔹Shu munosabat bilan boshqarma hodimlari nomidan Natalya Shonazarovnaga uzoq umr, sog'liq-salomatlik, oilaviy hotirjamlik, kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.
📧SAVOL: Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk(lar) haqida ma’lumot berish so‘ralgan advokatlik so‘roviga javob berish uchun to‘lov bormi? Bor bo‘lsa, u qaysi normativ-huquqiy hujjatda belgilab qo‘yilgan?

🧾JAVOB: Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasi “Davlat kadastrlariga oid axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi «Davlat kadastrlari sohasida davlat xizmatlarini narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibning 4.14-bandi ko‘chmas mulkka oid kadastr ma’lumotlarni taqdim etish bazaviy hissoblash miqdorining 5 foizi (davlat organlari uchun bepul) qilib belgilangan bo‘lib, Siz tomoningizdan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilinadi.
Fuqarolar nomlarida ko‘chmas mulk obyektlari bor yoki (yo‘qligi) haqidagi ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Vazirlar Mahkamasining” «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirish to‘g‘risida» gi 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 535-son qaroriga muvofiq 2020 yil 2-sentabrdan boshlab fuqarolarni mulkida turar-joy borligi (yo‘qligi) haqida axborot berish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi qilib belgilandi.
Fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari portali yoki joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Давлат кадастрлари палатасининг Хоразм вилоят бошқармасига жисмоний шахслардан келиб тушган мурожаатлар инфографикаси.
👍1
#Xorazm_Kadastr #Sayyor_qabul

📄O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil davomida sayyor qabul kunlari rejasi ijrosi yuzasidan aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari rahbariyati boshchiligida Gurlan tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

🪧Sayyor qabul davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube