XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.34K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🔹Koreyadan xorij tajribasi🔹

🇰🇷 Kadastr agentliginining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bir guruh mutaxassislarimiz ayni kunlar Koreya Respublikasining Seul shahrida xizmat safarida bo'lib turishibdi.

🔵 Seul shahrida LG-LX konsorsiumi tomonidan "Kadastr va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi (UzKad axborot tizimi ) yaratish" komponenti doirasida tashkil etilgan o'quv amaliy kursida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek Geoinfokom DUKdan jami 19 nafar yetakchi kadastr mutaxassislari va mas’ullari qatnashishmoqda.

🔵 Malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida :
— UAV texnologiyasi va qo'llanilishi;
— K-manzillar tizimini joriy etish;
— Koreyaning yer siyosati va iqtisodiy o'sishi kabi mavzular tahlil etilmoqda.
Xorij tajribasi natijalari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #xorij_safari #Koreya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
21-sentabr - butun dunyoda Xalqaro tinchlik kuni!

Ushbu kunni BMT Bosh Assambleyasi barcha mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik g‘oyalarini mustahkamlash kuni deb e’lon qilgan.
1981-yilda Bosh Assambleya 36/67-sonli rezolyusiyasi bilan Tinchlik kunini nishonlash borasida qaror qabul qilgan. Bu bayram avvallari sentabr oyining uchinchi seshanbasida nishonlanar edi. Oradan 20 yil o‘tgach, ya’ni 2001-yili Bosh Assambleya bir ovozdan 55/282-sonli rezolyusiyani qabul qildi. Unga ko‘ra, Xalqaro kun 2002-yildan boshlab, har yili 21-sentabr kuni nishonlanadigan bo‘ldi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Xorazm_Kadastr #Yer_Nazorati

Xorazm viloyatida yer qonun buzilish holatlari bo‘yıcha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot 20.09.2022 holatiga.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Bilasimi?

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish mumkin!

Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish tartibini belgilangan.

📋 Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
1-avgustdagi 420-son qaroriga Ilova

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun!

📌 Bugun dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko'plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ'ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o'tkaziladi.

☑️ 1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o'tkazib kelinmoqda.

☝️ Ma'lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo'yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e'lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
#Kadastr #taqdirlash_marosimi

⚡️“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi o'tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qaroriga asosan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish, bu borada eng namunali tuman-shahar, vazirliklarni rag‘batlantirish maqsadida 2022-yil 23-sentabr kuni “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari o‘tkazildi.

📚Ushbu tanlovda Kadastr agentligi “Eng faol kitobxon vazirlik va idora” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xorazm_Kadastr #Sayyor_qabul

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuning ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil davomida sayyor qabul kunlari rejasi ijrosi yuzasidan aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari rahbariyati boshchiligida Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati

Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #video_rolik #qishloq #yerlari

📝 Qishloq xo‘jaligi yer maydoniga bo‘lgan huquqingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazing!

‼️Yerga bo‘lgan huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi va kafolatlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Xorazm_Kadastr #Sayyor_qabul

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuning ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil davomida sayyor qabul kunlari rejasi ijrosi yuzasidan aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi rahbariyati boshchiligida Xonqa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.