XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.38K photos
1.04K videos
9 files
4.72K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#huquqiy_tushuncha

🇺🇿 Davlat tomonidan yer maydonlarini ajratish tartibi

🏘 Tadbirkorlik va uy-joy qurish uchun Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaroriga asosan E-auksion.uz onlayn platformasidan yutib olinadi.

🏪 Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Vazirlar Mahkamasining 543-sonli qaroriga asosan doimiy foydalanish uchun beriladi.

👨‍🌾 Dehqon xo'jaliklarini tashkil qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20-sonli qaroriga asosan 10 yil muddatga ijara asosida beriladi.

📃 Istisno tariqasida yer ajratish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli farmoniga asosan yer maydonlari ajratilib beriladi.
“e-auksion.uz” Электрон савдо платформасида Xоразм вилоятида савдога чикарилган ер участкалари, мулклар ва мулкий ҳуқуқлар билан танишинг.
e-auksion.uz оркали шаффоф аукцион ва танловларда иштирок этинг!

🔷Давлат активлари 47 та - (кўриш)
🔷Давлат мулкини ижарага бериш 173 та -(кўриш)
🔷Кўчмас мулк 165 та -(кўриш)
🔷Автомототранспорт 132 та -(кўриш)
🔷Ер участкалари 1523 та -(кўриш)
🔷Махсус техникалар 161 та -(кўриш)
🔷Банкротлик бўйича 7 та -(кўриш)
🔷"Ўзпахтасаноат" АЖ мол-мулклари 29 та -(кўриш)
🔷Бошқа мулклар 36 та -(кўриш)
🔷Кўчма савдо жойлари 162 та -(кўриш)

Видео кўлланма

Саволларга жавоб олиш

Телеграмдаги расмий канали

☎️: 71 202 21 11
🔹Faoliyat samaradorligini baholash tartibi takomillashtirilmoqda🔹

💠 Bugun davlat boshqaruvida inson resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, davlat organlari va xizmatchilar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💠 Markaziy apparat xodimlari faoliyatini ham samarali tashkil etish bo‘yicha xozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari - KPI tizimi joriy etila boshlandi.

💠 O‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur tizimning tartiblari, ahamiyati va maqsadi keng yoritib berildi.

#DavKadastrPalata #KPI

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

📹Bu savolga javobni videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#geoinnovatsiya #seminar

⚡️Kadastr xodimlarining o'quv mashg'ulotlari o'z nihoyasiga yetib qoldi.

🔰Avval xabar berganimizdek "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi ayni vaqtda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat olib boradigan mutaxassislar uchun o'quv seminari tashkil qilingan. Bugun mazkur o'quv kursining so'nggi mashg'uloti bo'lib o'tmoqda.

🔹Ertaga ya'ni 20-may kuni Kadastr mutaxassislari Uchuvchisiz uchish apparatini boshqarish bo'yicha olgan bilimlarini nazariy va amaliy imtihonda sinovdan o'tkazadilar.

📝Bugun markazda o'tilgan barcha darslar bo'yicha takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darsi bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Korrupsiya-taraqqiyot dushmani.

Korrupsiya bu - jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalari Komplayens nazorat xizmati xodimlari tomonidan ushbu mavzuda davra suhbatlari o'tkazilmoqda.

🔹Bugungi davra suhbati viloyat boshqarmalarining Xonqa va Bog'ot tumanlari bo'lim, filiallarida o'tkazildi.

🔹Ushbu davra suhbatida filial va bo'limlarda ishlovchi muataxassislar ishtirok etdi.

Komplayens-nazorat xizmati xodimlari tomonidan yig'ilish ishtirokchilariga xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi korrupsion holatlar va ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirish berib o'tildi.

Tadbirlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan dolzarb vazifalar xususida davra suhbati ishtirokchilari bilan erkin fikr almashildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌀 Кўчмас мулкка бўлган ҳар қандай ҳуқуқ вужудга келгандан 1 ой муддатда давлат рўйхатидан ўтказилиши керак

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов соҳа бўйича келган долзарб саволларга жавоб берди.

Кўчмас мулкнинг бир қисми нотариус орқали олди-сотти қилинганда қолган қисми давлат рўйхатидан ўтказилиши шартми?

Кадастр ҳужжати рақамини билиш зарурати туғилганда қандай қилиб олиш мумкин?

Отамдан қолган ҳовлини ака-укалар бўлишмоқчимиз. Отам оламдан ўтган, уй эса отамнинг номида. Қаерга мурожаат қилиш лозим?

Кўчмас мулкка бўлган ҳар қандай ҳуқуқ вужудга келгандан сўнг қанча муддатда давлат рўйхатидан ўтказиш керак?

Кадастр ҳужжатларини расмийлаштирганлик учун тўловларда кимларга имтиёзлар мавжуд?
〰️〰️〰️

📌Бошқа яна бир қатор муҳим саволлар ва уларга жавобларни қуйидаги ҳавола орқали билиб олинг.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
​​#Kadastr #yer_nazorati

🔰Yer va kadastr nazorati yo‘nalishida 2022-yilning 17-may holatiga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

🔹2022-yilning o‘tgan davri mobaynida respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 6 516 ta yoki 2 293,2 gektar holat aniqlandi.

🔹Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 2 897 ta holatda 1 413 gektar (45 %) maydondagi qonunbuzilishlarni ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlandi.

🔹O‘zboshimchalik bilan egallangan maydonlarni qaytarish, noqonuniy qurilmalarni buzdirish haqida sudlarga 2 121 ta da’vo arizalari kiritildi.

🔹Yerga oid qonun buzilishi holatlarida jinoyat alomatlari kuzatilgan 413 ta yoki 93,9 gektar ish hujjatlari o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

🔰Joriy yilda respublika bo‘yicha yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq 409 ta (7 832,1 gektar) holat aniqlandi.

💠Maqsadsiz foydalanilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 378 ta (7 821,4 gektar) holatda taqdimnomalar kiritildi.

💠PF-6243-son Farmon bilan Kadastr agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga murojaat qilish huquqi berilganidan keyin 31 ta (10,7 gektar) holatda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilindi.

💠Yer va kadastr nazoratini avtomatlashtirish, korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar monitoringini yurituvchi “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi amaliyotga joriy etilgan. Hozirda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt