XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.33K photos
1.03K videos
9 files
4.69K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🔹Press tur boshlandi🔹

🔷 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilayotgan Press turda ishtirok etish uchun OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlardan iborat ijodiy guruh Humo arena saroyi oldida uchrashdilar.

🔷 Ularni Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohirxo‘ja Valiyevning o‘zi qarshi oldi va kun tartibidagi OAV vakillarini kutayotgan yangiliklar bo‘yicha qizg‘in muloqot olib bordi.

🔷 Ayni dam, ular Press turning kun tartibidagi birinchi manzil: Bektemir tumanidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining xatlovida ishtirok etishmoqda.

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
YER BERISH TARTIBINI BUZISH📃

Yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🟥 bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📌O‘sha harakat:

A) takroran sodir etilgan bo‘lsa;

B) sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga sabab bo‘lsa,

🟥 bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 229/4-moddasi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jahatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига жўнаб кетди.

Давлатимиз раҳбари у ерда Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоғанга ҳамроҳлик қилади. Ташриф чоғида Хива шаҳрини зиёрат қилиш кўзда тутилган.
2022-yil boshidan Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga kelib tushgan (prezident xalq qabulxonasi, prezident pochtasi, veb-sayt, sayyor qabul, ishonch telefoni orqali) murojaatlar to‘g’risida ma’lumot 30.03.2022 holatiga.

Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА E-AUKSION ОРҚАЛИ ИЖАРАГА БЕРИЛГАН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИ ЎЗ ЭГАЛАРИГА ТОПШИРИЛДИ

Урганч тумани Чоткўпир ҳудудида Қишлоқ хўжалиги вазирлигининг жойларда ўрганиш ҳамда мавжуд муаммоларни бартараф этиш бўйича ишчи гуруҳи вакиллари, вилоят Қишлоқ хўжалиги бошқармаси ҳамда "Ўздаверлойиҳа" ДИЛИ бўлинмаси мутасаддилари томонидан деҳқон хўжалиги фаолияти учун ер майдонларини ютган фуқаролари учун семинар бўлиб ўтди.

Ушбу семинарда ЎзР Президентининг 2021 йил 23 ноябрдаги ПҚ-20-сон қарори билан белгиланган захирага қайтарилган ер майдонларини ишсизлар, эҳтиёжманд оилалар ва ёшларга 0,10 гектардан 1 гектаргача бўлган ўлчамларда очиқ электрон танлов орқали ажратиш вазифасининг бажарилиши муҳокама этилди.

Семинар давомида қишлоқ хўжалиги ерларида деҳқон хўжалиги фаолиятини олиб бориш учун онлайн танлов орқали ютиб олган 36 нафар фуқароларга 12 сотихдан ер майдонлари бўлиб берилди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлат кадастрлари палатаси томонидан “Ерларни хатловдан ўтказиш ва геопорталга жойлаштириш” мавзусида пресс-тур ташкил этилди.

Унда иштирокчилар Тошкент шаҳрининг Бектемир туманига янги қўшилган тураржой ва қишлоқ хўжалиги ерларининг хатлов ишлари билан яқиндан танишдилар.

Шунингдек, Жахон банки лойихаси доирасида яратилган ва қишлоқ хўжалиги ерларини хатловдан ўтказишга мўлжалланган янги электрон тизим ва унинг ишлаш тартиби ҳақида маълумотларга эга бўлдилар.

🎥 YouTube 🌏 Telegram 🌐 Web-site
#Xorazm_Kadastr #Bartaraf

Xorazm viloyati Xonqa tumani Qoraqosh qishlog‘i Mustaqillik mahallasi 310-qism konturida fuqaro Q.Ro'zibayev tomonidan ko‘chma savdo do‘koni noqonuniy ravishda o‘rnatilganligi aniqlandi hamda fuqaroning o‘z hisobidan bartaraf qilinishi taʼminlandi.

Telegram l Instagram
Facebook l Youtube
#Kadastr #brifing

📢 31-mart, payshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Yer qonun buzulish holatlarini aniqlash, ularni oldini olish hamda ko‘rilgan choralar to‘g‘risida

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from E-AUKSION (Zohirshoh)
Хоразмдаги штабда ер танлаш материалларини ишлаб чиқиш бўйича қизғин жараён бормоқда

Республика бўйлаб Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 14.02.2022 йилдаги "Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунини амалга ошириш чора-тадбирлари ҳақида"ги 71-сонли қарор ижросини таъминлаш бўйича қизғин ишлар амалга оширилмоқда.

Мулк ва ижара ҳуқуқлари бўйича ер участкаларини "E-auksion" электрон савдо платформасига чиқариш бўйича Хоразм вилояти қурилиш бошқармаси ҳамда вилоят ЎзГАШКЛИТИ филиалида ер танлаш материалларини ишлаб чиқиш ишлари олиб борилмоқда.

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube