XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.69K subscribers
7.63K photos
1.08K videos
9 files
4.87K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Xorazm_Kadastr #xatlov #Qonun_937

XORAZM VILOYATIDA XATLOV ISHLARI AKTIV DAVOM ETMOQDA

📍 Xorazm viloyatida mulk huquqlarini aniqlash va tartibga solish bo‘yicha xatlov jarayonlari jadallik bilan davom etmoqda. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, kadastr xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-937-son Qonuni asosida belgilangan hududlarda xatlov ishlarini olib bormoqda.

Jarayon davomida to‘plangan barcha ma’lumotlar "E’tirof" axborot tizimiga kiritilib, 10 dan ortiq vakolatli tashkilotlardan iborat Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosa beriladi.

*️⃣ Fuqarolar uchun muhim ma’lumot!
Mahallalardagi xatlov sanasini Kadastr.uz saytidan bilib olish mumkin. Xatlov natijalari bo‘yicha o‘zlariga tegishli obyekt haqidagi ma’lumotlar esa "E’tirof" axborot tizimida joylashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

VAKANT O'RINLARI UCHUN QABUL E'LON QILINADI!

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi - roʻyxatdan oʻtkazuvchisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Talablar: oliy yuridik maʼlumotga hamda yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga yohud geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va Davlat kadastrlari palatasi tizimida mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbasiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil:Urganch shahar, Istiqlol ko'chasi 14-uy

📞 Murojaat uchun telefon raqamlari: +998622246702

❗️ Eslatma! Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025 yilning 1 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

◼️ Tanlov yuzasidan eʼtirozlar boʻlgan taqdirda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining yagona aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 207 00 03

#DavKadastrPalata #vakansiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorazm viloyatida yer hisobi bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun o‘quv seminar o‘tkazildi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi yer kadastrni yuritish boshqarmasi mutaxassisi tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi tuman va shahar filiallarining yer hisobotini yuritish bo‘yicha mutaxassislari uchun "Yer fondi toifalari va qonunchilik talablari" mavzusida navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi.

*️⃣ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi 937-sonli qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori asosida yer fondi toifalari va kichik toifalarini belgilash tartibi haqida tushunchalar berildi.

*️⃣ Shuningdek, yer toifalarini aniq va to‘g‘ri belgilash, huquqiy hujjatlarga asoslangan holda sifatli yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi hamda mutaxassislar rasman ogohlantirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 Farmon bilan,

😎Ommaviy baholash tizimini dasturiy jihatdan ta’minlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan:
😎ko‘chmas mulk bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha – “Ko‘chmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini;
😎ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash bo‘yicha “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishi va amaliyotga joriy etishi belgilandi.

#Kadastr_agentligi #Farmon_PF43

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

XATLOV VAQTI UYINGIZDA BO'LISHINGIZNI SO'RARDIK
!

🇺🇿 🗓 Manzilli ro‘yxat bo‘yicha xatlovga tushgan mahallalardagi xonadonlarda uy egalarining xonadonida bo‘lmasliklari, ishchi-guruhga yer hujjatlarini taqdim etmaslik yoki keyinroq kelishlarini aytish kabi ayrim holatlar kadastrchilarimiz tomonidan xatlov ishlarini amalga oshirilishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Aslida mazkur xatlov Sizning foydangizga tashkil etilganini anglashingiz biz uchun muhim.

Sizdan faqat mahallangiz xatlovga tushgan vaqtni bilish va o'sha kuni xonadoningizda bo‘lish so'raladi xolos!

👉 Xatlovdan bexabar qo'shningizga ham mazkur videoni ulashib qo'ying.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

🖥 Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyatida yer qonun buzilish holatlari bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot. 01.03.2025 holatiga.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube

__________________________________

#Khorezm_Cadastre

🖥 Analytical information on the measures taken by the Khorezm Regional Administration of the Cadastre Agency in Khorezm Region in cases of land law violations. In case 01.03.2025

Our pages on social networks:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Bartaraf

⭐️ Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi va Xorazm viloyati prokuraturasi hamkorligida yer nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📍 Xususan, Urganch tumani "Shoxidonlar" mahallasi hududida olib borilgan monitoring davomida fuqaro S.B tomonidan umumiy 30 kv.m yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi hamda hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarisiz noqonuniy ravishda qurilma o'rnatganligi aniqlandi.

🔹 Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan fuqaro fuqaro S.B yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi. Natijada fuqaro ushbu talabni bajargan holda, noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan bartaraf etdi.

❗️Ushbu tadbirlar davom etmoqda.

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

❗️Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 HAR QANDAY OB-HAVODA HAM XATLOV ISHLARI TO‘XTAGANI YO‘Q

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2024-yil 8-noyabrda boshlangan xatlov ishlari har qanday vaziyat, qishning izg‘irin va qirovli kunlari hamda yog‘ingarchilik va qorli ob-havoga qaramay to‘xtovsiz davom etmoqda.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌸8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo'lsin!🌸

Yurtimizda yasharish, yangilanish fasli bo'lgan bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami
8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kunidir.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmalarida 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami ko'tarinki ruhda qarshi olinmoqda.

🌺 Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM