XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.63K subscribers
7.47K photos
1.06K videos
9 files
4.77K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
#Xorazm_Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🖥Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, agarda Sizlarda soxa xodimlari tomonidan yer maydoni ajratib berish, kadastr hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezroq tayyorlatib berish hamda kadastr to‘lovlarini arzonlatib berish va boshqa shu kabi korrupsion holatlar aniqlansa, zudlik bilan Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi xodimining ☎️ +998 (95) 606 - 71 -71 raqamiga murojaat qilishlaringiz so‘raladi. Boshqarma maʼmuriyati tomonidan Sizlarni shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Unutmaylik korrupsiya illatiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-YIL, YANVARDAN
XATLOV O'TKAZILAYOTGAN MAHALLALAR

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 2024-2028-yillarda respublika miqyosida bosqichma-bosqich xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur videoinfografika orqali hududlarda 2025-yil yanvar oyida xatlovlar boshlanadigan mahallalar haqida ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣Joriy yilning 10-yanvar (juma) soat 18:00 dan 12-yanvar 00:00 gacha 🌟Kadastr agentligining rasmiy kadastr.uz veb-saytida rejali grafik asosida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan veb-saytdan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma‘lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi? #Savol_Javob

Savol: Yer nazorati yo‘nalishida kadastr idoralarining vakolatlari haqida maʼlumot bersangiz?

✔️ Javob:

Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra Kadastr agentligiga Yer nazorati sohasida quyidagi vazifa va funsiyalar belgilab berilgan bulib, bunda yer toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlash, yer uchastkasi chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, yer uchastkasidan maqsadli foydalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifalari belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Bartaraf

🔴Kadastr agentligi tomonidan noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf qilish ustidan nazorat o‘rnatilgan bo'lib

*️⃣Jumladan:

📍⭐️Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Xiva tumani inspektorlari tomonidan Xorazm viloyati Xiva tumani «Panamaksim» mahallasida o‘tkazilgan monitoring jarayonida fuqaro A.F umumiy 80 kv.metr yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olib ,hech qanday qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarsiz noqonuniy ravishda noqonuniy binoqurganligi aniqlandi hamda bartaraf qilish bo‘yicha fuqaroga yozma ko‘rsatma yuborildi. Hozirgi kunda fuqaro xulosa chiqargan holda, o‘z hisobidan noqonuniy qurilmani bartaraf qilinishini taʼminladi.

❗️Ushbu tadbirlar davom etmoqda.

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

❗️Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍⚖️e-auksion.uz yer uchastkalarini taklif etadi

*️⃣ Dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣Erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
*️⃣ Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
*️⃣ Ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Turistik-rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)
*️⃣ Turistik rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube

*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣

👨‍⚖️e-auksion.uz offers plots of land

*️⃣ Plots of land for agricultural holdings (search)
*️⃣ Plots of land for business (search)
*️⃣ Lands in small industrial zones (search)
*️⃣ Plots of land in youth industrial zones (search)
*️⃣ Plots of land for housing construction (search)
*️⃣ Lands in free economic zones (search)
*️⃣ Agricultural lands (search)
*️⃣ Lands along international roads (search)
*️⃣ Land for high-rise residential buildings (search)
*️⃣ Lands for micro-centers (search)
*️⃣ Land for tourist and recreational zones (search)
*️⃣ Lands for New Uzbekistan massifs (search)
*️⃣ Lands for non-governmental educational institutions (search)
*️⃣ Lands for tourist recreation zones (search)

Our pages on social networks:
📱 Telegram 📱 Instagram I 📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #14_Yanvar

🇺🇿 14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI

*️⃣ Tinch va osuda hayotimizni bezab turgan bayramlar har birimizga iliq hissiyotlar va mazmun bag‘ishlaydi. Yurtimizda keng nishonlanayotgan har bir bayram – kelajagimizning tinch va farovon bo‘lishiga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasidir.

*️⃣ Yangi yil shukuhi hali yuraklardan chiqmasdan, mamlakatimizga navbatdagi ulug‘ ayyom – "14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni" kirib kelmoqda.

*️⃣ Joriy yilda Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganiga 3️⃣3️⃣ yil to‘lishi munosabati bilan ushbu kunni yuksak darajada nishonlash rejalashtirilgan. Shuningdek, har yilgi an'anaga sodiq qolgan holda, bu yilgi bayram “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с 33-летием Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xorazm_Kadastr #14_Yanvar

🎉Sizlarni 14-yanvar – 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun va Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

*️⃣Bu kun mardlik, fidoyilik va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbatning ramzidir. Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz tufayli yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda. Siz – Vatanimizning chinakam tayanchi va mustahkam qalqasiz!

*️⃣Jasoratingiz, qat’iyatingiz va fidoyiligingiz barcha uchun yuksak hurmatga loyiqdir. Yurtimizning har bir fuqarosi sizlarning jasoratlaringizni qadrlaydi va ulardan ilhom oladi. O’zbekistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va xalqimizning farovonligini himoya qilish yo‘lidagi xizmatingiz har doim e’tirofga sazovordir.

*️⃣Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida olib borayotgan sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! Sizlarga va oilalaringizga mustahkam sog‘lik, baxt, omad va doimiy tinchlik tilaymiz. Yashasin O’zbekiston va uning mard himoyachilari!

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bayramingiz muborak bo'lsin vatanimiz
o'g'lonlari

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan xotin-qizlar tomonidan palata posbonlariga kutilmagan sovg'alar taqdim etildi!

💐Palata ayollari erta tongdan kadastr yigitlarini tantanali ravishda kutib olib, ularga samimiy tabriklarini bildirib, bayram sovg'alarini ulashdilar.

🅰 Bugungi tinch hayotimiz mehnatkash xalqimizning cheksiz kuch-qudrati, ona Vataniga sadoqati, oilasiga g‘amxo‘rligi, mehr-muhabbati yuksak ekanligining samarasidir.

#DavKadastrPalata #vatan_himoyachilari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Maqola

*️⃣Yer sohasidagi islohotlar bugungi kun hayotimizning barcha sohalari bilan aloqadorligi hamda yerlarni hisobini yuritish va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi har bir fuqarolar oʻrtasida boʻlayotgan bahs va munozaralardagi asosiy mavzulardan biriga aylangan.

*️⃣Barchamizga maʼlumki, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

*️⃣Yer uchastkalari xususiy sektorga yaʼni yuridik va jismoniy shaxslarga mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi yoʻlga qoʻyilgan.

*️⃣Shunindek, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishda ham qator islohotlar olib borilyapti.

*️⃣Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga kelishi belgilangan.

*️⃣Ayrim fuqarolar tomonidan “Yer uchastkasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastrga murojaat qildim ammo ishimni hal qilmadi”, degan eʼtirozlarini xam eshitib turamiz gohida. Shuni alohida taʼkidlab oʻtishimiz zarurki, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquq egasining murojaati bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquq vujudga kelganidan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

*️⃣Yaʼni koʻrib turibmizki, kadastr organlari yer uchastkasini davlat roʻyxatidan oʻtkazmaydi, balki yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. Bunda, Yer uchastkasi, unga boʻlgan huquqni va ushbu huquq egasini bogʻlovchi tashkilot sifatida koʻrishimiz mumkin. Ushbu jarayonni amalga oshirishimiz uchun yuqoridagi 3 ta maʼlumot boʻlishi zarur.

*️⃣Bundan tashqari yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganib, milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda joriy etish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib borish, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirish borasidagi takliflarni muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗓 2024-yil davomida Davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun tuzilgan hujjatlar va ular yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida infografika.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 📣📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 15-yanvar kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 2025-yildagi dolzarb vazifalar.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr

⭐️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmalari bo‘lim va fillarining manzillari bilan quyidagi havolalar orqali tanshishingiz mumkin:

📍Bog‘ot tumani
📍Gurlan tumani
📍Qo‘shko‘pir tumani
📍Urganch tumani
📍Hazorasp tumani
📍Xonqa tumani
📍Xiva tumani
📍Shovot tumani
📍Yangiariq tumani
📍Yangibozor tumani
📍Urganch shahri
📍Xiva shahri
📍Tuproqqalʼa tumani

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube

************************

⭐️ You can get acquainted with the addresses of the departments and branches of the Cadastre Agency and the State Cadastre Chamber of Khorezm regional administrations through the following links:

📍Bagat district
📍Gurlen district
📍Kushkupir district
📍Urgench district
📍Hazorasp district
📍Khanka district
📍Khiva district
📍Shavat district
📍Yangiaryk district
📍Yangibazar district
📍Urgench city
📍 Khiva city
📍Tuproqkala district

📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #Davra_Suhbati

🖥 Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis X.Matkarimovlar boshchiligida "Korrupsiya taraqqiyot dushmani" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

💬Yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi Urganch shahar filiali xodimlari ishtirok qilishdi.

🔴Davra suhbati davomida quyidagi masalalar kun tartibiga chiqdi.

*️⃣O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi O'RQ-937-sonli qonuni mazmun mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

*️⃣Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlarida immunitetni shakllantirish;

*️⃣Korrupsiya holatlari alomatlari sezilganda zudlik bilan rahbar yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berish;

*️⃣ Ichki tartib qoidalarga rioya qilish;

🔴Shuningdek, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishiga alohida to‘xtalib, huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqaradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari tizim xodimlariga salbiy taʼsir yetkazishi alohida misollar bilan tushuntirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱Facebook I  📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM