Xorazm IIB | Rasmiy kanal
20.5K subscribers
13.5K photos
5.45K videos
12 files
5.25K links
Xorazm viloyati ichki ishlar organlaridagi tezkor xabarlar
Download Telegram
#Amal_qiling

🔖Qonunchilikka ko'ra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab ko'p bo'lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish, shuningdek ularni ko'p bo'lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda o'tkazish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

⚠️ Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo'natish BHMning 50 baravarigacha miqdordagi jarimadan tortib 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo'lgan jazo bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
#Amal_qiling

⚠️ Qonunchilikka ko'ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg'on axborotni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (37 mln 500 ming so'mgacha) jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdek, yolg'on axborot tarqatganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo'l qo'ysa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishi mumkin:

BHMning 200 baravarigacha (75 mln so'mgacha) miqdorda jarima;

300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2 yilgacha ozodlikni cheklash.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi
...
👍3
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko'ra, bosqinchilik, ya'ni o'zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🔍 Agar bosqinchilik qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan boshqa narsalarni ishlatib sodir etilgan bo'lsa 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
👍3