Xonqa.uz |Rasmiy|
5.99K subscribers
16.8K photos
1.7K videos
21 files
3.22K links
Web sayt👉👉👉 https://xonqahokimiyat.uz/
Download Telegram
#Qabul_2022

❗️Ota-onalar va o'quvchilar diqqatiga!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul boshlandi!

Agentlik tizimidagi:

- Prezident maktablariga 5-sinfga,

- Ijod maktablariga 7-sinfga,

-Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinf, tabiiy fanlar yo'nalishiga esa 7-11-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Shoshiling, hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

☎️Call-markaz: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• anketa (ma’lumotnoma) shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

❗️Shuningdek, agar mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgorlar xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat (uchinchi) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsalar, bu haqda o'z arizalarida ko'rsatishlari lozim.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

☎️Call-markaz raqami: 1206
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz