Xonobod shahar yoshlari
154 subscribers
520 photos
190 videos
1 file
443 links
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xonobod Shahar boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
⭐️ENG FAOL YOSHLAR YETAKCHISI!

#Ijtimoiy so‘rovnoma: Xonobod shahrida 2024-yil davomida yoshlar uchun eng katta o‘zgarishlarni yaratgan va 2025-yilda yangi tashabbuslarni ilgari surgan mahalla yoshlar yetakchilari orasidan eng yaxshisini aniqlang!

🏆Eng yaxshi natijaga erishgan yoshlar yetakchisi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan rag‘batlantiriladi va TOP-100 yoshlar yetakchilari reytingiga kiritish uchun tavsiya etiladi.

Sizning fikringiz muhim! Ovoz bering va eng munosib yoshlar yetakchisini tanlang!

📆 Ovoz berish muddati: 1-aprel soat 20:00 gacha davom etadi!
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
🌻Navro‘z – yangilanish va bahor bayrami

🌸 Navro‘z – bu tabiat uyg‘onib, yangi hayot boshlanadigan, mehr-oqibat va ezgulik ulug‘lanadigan qadimiy bayramdir. Ushbu ayyom qadimdan yangi yilning boshlanishi, farovonlik va tinchlik timsoli sifatida nishonlanib keladi. Navro‘zda insonlar dilidagi g‘uborlarni unutib, bir-birini yo‘qlaydi, yaxshilik va totuvlik tilab, tabiatning uyg‘onishini bayram qiladilar.

🌸 Barchangizni ushbu go‘zal bayram bilan samimiy muborakbod etamiz! Navro‘z sizga quvonch, baxt va omad olib kelsin! Har bir xonadonda fayz-baraka, yuraklarda esa tinchlik va shodlik hukm sursin!

Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Navro‘z – yoshlar e’zozlagan qadriyat

🌸 Navro‘z - bu shunchaki bayram emas, balki ezgulik, birdamlik va yangi intilishlar ramzidir. Ushbu ayyom yoshlarga ajdodlar merosini anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va yangilanish sari intilish imkoniyatini yaratadi.

🌻 Andijon yoshlari ham Navro‘zni katta jo‘shqinlik bilan nishonlab, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar. Ular xalq o‘yinlari, milliy laparlar-u yor-yorlar va turli urf-odatlar orqali bayram shukuhini yanada oshirib, Navro‘zni chinakam quvonch va birdamlik bayramiga aylantirdilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Navroʻz sayli - yoshlar bayrami

🌻Milliy qadriyatlarimizni ulug’lash, ularni bardavom qilish bugungi yoshlarga bog’liq. Andijon shahridagi Ekoparkda yoshlar ishtirokida Navroʻz bayramiga bagʻishlangan sayl ham yoshlarimizning asriy an’analarimizga yuksak hurmatda ekanini yana bir bor iabotladi.

🌸 Tadbirda milliy kuy-qoʻshiqlar yangradi va xalq oʻyinlari namoyish etildi, shuningdek, milliy sport musobaqalari va ijodiy chiqishlar ham tashkil qilindi. Tabiat qoʻynida oʻtgan ushbu bayramona sayl barcha ishtirokchilarga unutilmas xotiralar ulashdi.

#navruz #andijon

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar mamlakatimizning oltin fondi!

“Yuzma-yuz+” mehmoni — Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev.

Ko‘rsatuvning ushbu sonida yoshlar siyosati, imkoniyatlar, yechim kutayotgan muammolar va amalga oshayotgan islohotlar haqida so‘z boradi.

📹 To‘liq suhbat YouTube’da

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gandbolchi yoshlar, shoshiling!

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Gandbol musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

Hoziroq 5tashabbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting va mahallalangiz sharafini himoya qiling.

Musobaqaning mahallalararo sektor bosqichi joriy yilning 24-26-mart kunlari bo‘lib o‘tadi!

#Beshtashabbusolimpiadasi #Gandbol

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖌Rang-tasvirda yosh ijodkorlar bellashuvi

🖐Xonobod shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Yosh musavvir” tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda ishtirokchilar o’z ijodiy ishlari bilan qatnashib, musavvirlik mahoratlarini namoyish etdilar.

G’oliblar tanlovning viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

https://t.iss.one/Xonobodpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊 Har bir hikoyada yangi bir olam yashirin…

— Siz qaysi hikoyalarni oʻqigansiz?

Telegram | Instagram | Ilova
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’quv-seminar davom etmoqda.

🇺🇿 Ayni kunlarda Bo’stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun II respublika o’quv-seminari bo’lib o’tmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidova tomonidan o’tilgan seminar foydali va unutilmas lahzalarga boy o’tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bilimdon yoshlarimiz uchun navbatdagi yangilikni e’lon qilmoqchiman!

Esingizda bo’lsa, “ZUKKOTEST” loyihasiga start bergan edik. Ko’plab takliflarga binoan loyihaning 2-bosqichini o’tkazmoqchimiz.

Test sinovlari 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ungacha @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, quyidagi darsliklarni o‘rganishni boshlang! Eslatib o‘tamiz, test savollari aynan ushbu darsliklar asosida tuziladi!

1. “Mutolaa” ilovasidan Jadidlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasidan zamonaviy kasblar;
4. “Uzchess” loyihasining Debyut darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari

Shartlar o’sha-o’sha!

• 45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt va 1 ball.

⚡️Mukofotlar:

TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;

TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;

70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50 foiz chegirma;

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting @kitobxontestbot
Forwarded from Alisher Sadullaev
🇺🇿Prezidentimizning PF-61-sonli farmoni asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati:

1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!

2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha).

3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi).

4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga).

5. “Yorqin iste’dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi).

6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi.

8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi.

9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.

10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi.

11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi.

12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).

14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).

15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida farmoni (PF-61, 26.03.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini joriy etiladi:

kreativ park rezidentlariga ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;

rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.

🔸 xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

🔸2025-yildan boshlab mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xorijning nufuzli top-100 talik ro‘yxatiga kirgan oliygohlarda o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi;

🔸“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi;

🔸2025-yil 1-iyundan:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan:
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.

o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi va g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

🔹Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘stonliq tumanida yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

⚡️Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning istak va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda asosiy kuch — bu yoshlar yetakchilaridir.

Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da yoshlar yetakchilari uchun 3 kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Agentlik mas’ullari va eng ommabop loyihalar koordinatorlari yoshlar yetakchilari bilan tajriba almashib, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Seminarda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
Aziz yurtdoshlar!

🌙Barchangizni ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Ramazon Hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz!

🌙Ramazon Hayiti inson qalbini poklovchi, sabr-qanoat va shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlovchi muqaddas ayyomlardan biridir. Ushbu qutlug‘ kunlarda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-baraka, ishlaringizga muvaffaqiyat tilaymiz. Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo, taraqqiyotimiz bardavom bo’lsin!

🌙Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM