Xikmat Ziyamutdinov 🇺🇿
586 subscribers
109 photos
43 videos
3 files
84 links
Zangiota tumani Yoshlar ishlar bo’limi rahbari

Начальник отдела по делам молодежи Зангиотинского района
Download Telegram
Uygʻonamiz uxlash boʻlmasin!
🤝1
📈 O‘zaro o‘yinlar tarixi:

• PSJ - 4 ta g‘alaba
• 3 ta durang
• Real - 5 ta g‘alaba

👉@Xikmat_Turaxodjayevich
🔥1
Hotirchamlik bilan PSG hisobni ochdi.
Lekin barchasi oldinda.
Kuzatamizzzz

@Xikmat_Turaxodjayevich
🔥3
Real himoyasiga O'zbekitondan Xusanov kabi yosh jalb etish kerakmikin?
3:0 real kayfiyatni tushurmang!


@Xikmat_Turaxodjayevich
😁5
Prezident va yoshlar uchrashuvidan 20 ENG MUHIM YANGILIK VA TASHABBUS

1. O‘zbekiston yoshlari top-500 oliygohlarga kirishda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

2. 30 nafar yosh dunyoning top-10, 500 nafar top-100, 1 500 nafar top-300 universitetlarda o‘qiyapti.

3. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

4. 261 ta yoshlar tashkil qilgan korxonaning yillik aylanmasi 100 mlrd so‘mdan oshdi.

5. Surxondaryo yoshlar oliygohga kirish ko‘rsatkichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa chiqdi.

6. 2024-yil 6 oyida xalqaro fan olimpiadalarida 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

7. "Bir million dasturchi" loyihasida 325 ming yosh IT sohasiga o‘qitildi.

8. 150 mingdan ortiq yoshlar xalqaro til sertifikatlarini oldi (ikki barobar o‘sish).

9. "Garvardchilar" maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida ish boshladi.

10. Har yili 3 000 salohiyatli o‘quvchi dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlanadi.

11. STEM sohalari uchun "El-yurt umidi" kvotalari bir necha barobar oshiriladi.

12. Top-300 oliygohga kirgan yoshlarga banklar tomonidan 20 000 dollar imtiyozli kredit beriladi.

13. "Bir million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi joriy etildi (AI study – 100 000 yosh).

14. 5-yilda barcha maktab bitiruvchilari sun’iy intellekt sohasida bilimli bo‘ladi.

15. "Raqamli avlod qizlari" dasturi orqali 50 000 qiz qamrab olinadi.

16. Yoshlar startaplariga 145 mln dollar venchur sarmoya ajratildi (1 mlrd dollargacha yetadi).

17. "Mening kasbim" tanlovi va "mohirlik va biznes soati" orqali kasb tanlashga ko‘mak.

18. "Kelajak liderlari" dasturiga har yili 100 nafar yosh jalb etiladi va xorijiy stajirovkadan o‘tadi.

19. 300 million dollarlik "Yoshlar biznesi" va "Kelajakka qadam" dasturlari orqali 240 ming yosh band etiladi.

20. O‘zbekiston BMTning "Yoshlar – 2030" strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

@Xikmat_Turaxodjayevich
👍2
Orzu qilgan hamma narsamizga ega boʻlish qoʻlimizdan kelmaydi. Ammo ega boʻlgan hamma narsamizdan huzurlanishga imkon bor.
@Xikmat_Turaxodjayevich
👍4🔥1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан:

Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг таълимни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимидан озод этилди;

Тамила Анваровна Алиева Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг тиббиётни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

Тимур Нурйигитович Бутунбаев Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг сув таъминоти тизимини ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси сув хўжалиги вазирининг биринчи ўринбосари лавозимидан озод этилди;

Нодира Жалаловна Хакимова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг суд тизимини ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

Шерзод Фарход ўғли Озодзода Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг тадбиркорлик лойиҳалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси иқтисодиёт ва тадбиркорлик соҳасида муҳим ташаббусларни ишлаб чиқиш бошқармаси бошлиғи лавозимидан озод этилди;

Дилноза Мурадовна Зиямухамедова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбари котибияти мудири лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёрдамчиси котибияти мудири лавозимидан озод этилди.

Facebook|Instagram|X
⚡️ Iqtidorli qizlar uchun tog‘ bag‘rida maqsadli 5 kun!

Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar ovozi klubi” tomonidan joriy yilning 21–26-iyul kunlari Bo‘stonliq tumanida o‘quv oromgohi tashkil etiladi. Unda ishtirokchilar IT, media, tadbirkorlik va xalqaro grantlarga ariza topshirish yo‘nalishlarida katta bilim va tajribalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Batafsil ushbu havolada:

➡️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ro‘yxatdan o‘tish 18-iyul, 23:59 ga qadar davom etadi.

@Xikmat_Turaxodjayevich
Ёшлар тадбиркорлиги.pdf
3.8 MB
#diqqat
#tarqating

YOSHLARGA IMTIYOZLI SHARTLARDA KREDIT VA QARZ AJRATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (10.07.2025y) VM-426-sonli qarori qabul qilindi.

@Xikmat_Turaxodjayevich
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e‘lon #Chorlov

💫AZIZ ZANGIOTALIKLAR!


Zangiota tumani hokimligi tashabbusi bilan "Ma’rifat va saxovat karvoni” shiori ostida 2025 yilning 26-iyul kuni, soat 19:30 da Nazarbek hududida joylashgan 8-maktab stadionida boʻlib oʻtadigan jonli konsert dasturiga taklif etamiz.

🎤 Konsertda mashhur xonanda Otabek Muhammadzohid va soʻz ustasi Avaz Oxun ishtirok etadi.


🔈Sizlarni ajoyib kayfiyat, unutilmas lahzalarning ishtirokchisi boʻlishga chorlab qolamiz.

⛳️Lokatsiya👈
@Xikmat_Turaxodjayevich
👍1
#Yaxshi_bir_kitob_xaqida

🔰Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida:

📘 “Chol va dengiz”
Muallif: Ernest Heminguey
Yil: 1952, Janr: Qissa (povest), realism

🧩Asar haqida qisqacha:
Bu – keksa Kubalik baliqchi Santyago haqidagi qissa. U 84 kundirki, birorta ham baliq tuta olmaydi. Hamma uni omadsiz deb hisoblaydi. Lekin u taslim bo‘lmaydi. 85-kuni u dengizga chiqadi va naxang baliq bilan 3 kunlik epik jangga kirishadi.

🎯Bu asar - baliq haqida emas. U inson matonati va mag‘lubiyatni qabul qilishi haqida. Santyagoning kurashi – har bir odamning hayotidagi kurashi.

💬 "Odam yengilishi mumkin, lekin mag‘lub bo‘lishi shart emas." - Heminguey

@Xikmat_Turaxodjayevich
2🤝1
Bir donishmanddan so‘radilar: “Nima uchun Havvo Odamning boshqa joyidan emas, aynan, qovurg‘asidan yaratilgan?”

Donishmand javob berdi: “Rahbar bo‘lib olmasligi uchun Odamning boshidan yaratilmadi. Cho‘ri bo‘lib qolmasligi uchun Odamning oyog‘idan yaratilmadi. Balki, qalbiga yaqin bo‘lsin, mahbubasi bo‘lsin, Odamning himoyasi ostida bo‘lsin deb uning qovurg‘asidan yaratildi”.


P.s Ona, qiz farzandlar, opa-singil, yor ehtiyot qiling!
Ozor bermang!
Himoya qiling!
Begonasi yoʻq ularni.


@Xikmat_Turaxodjayevich
👍7💯1
“Yoshlarni eshitamiz” – ochiq muloqotlar boshlanmoqda!

🇺🇿O‘zbekistonda 20 milliondan ortiq yosh bor. Bu mamlakat kelajagini belgilovchi ulkan kuch demakdir.

Joriy yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar turli xil yo‘nalishlarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muloqotlarda har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul rahbarlar yoshlar bilan bevosita uchrashib, ularning takliflari, g‘oya va muammolarini o‘rganadi.

Ilk uchrashuv 24-iyul kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida yosh tadbirkorlar va xodimlarining asosiy qismini yoshlar tashkil etuvchi tashkilotlarning mas’ul rahbarlari bilan bo‘lib o‘tadi.

🔹Murojaat va takliflaringizni “Yoshlar murojaati” boti orqali jo‘natishingiz ham mumkin!

Aziz yoshlar! Taklif va tashabbuslaringiz bormi? Unda muloqotlarda qatnashing — bu siz uchun haqiqiy imkoniyatlar maydoni!

#YoshlarbilanMuloqot

@Xikmat_Turaxodjayevich
👍2
Orzu-maqsadlaringizga erishishda umidsizlik...
havotirni...
Ustingizdan hukmronlik qilishiga yoʻl qoʻymang!
Aksincha, davomiy uzluksiz jiddu-jahdingiz bilan gʻolib chiqishga xarakat qiling! Izlaning bilim oling rivojlaning
Va koʻzlagan marrangizni qozoning!
Muxumi tuxtab qolmang!
Sizni xayotda yutqazgan kuningiz to'xtagan joyingizdan boshlanadi☝️
Gʻayrat-shijoat hamrohingiz boʻlsin!

@ikmat_Turaxodjayevich
👍6💯2
🇺🇿Mening Prezidentim, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

@Xikmat_Turaxodjayevich
👍7
— Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. YOshlik. Sog'liq. Tinchlik.
— Do'stni xo'rlash – gunoh. Umr yo'ldoshini xo'rlash – yuz hissa gunoh. Ota-onani xo'rlash – ming hissa gunoh. Go'dakni xo'rlash – cheksiz gunoh...
— Ish ko'pligi-yu, vaqt yo'qligidan nolimang. Vaqt ko'pligi-yu, ish yo'qligidan qo'rqing. Odamni abgor qiladigan narsa – bekorchilik.
— Hatto, bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.
— Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qaering og'rimasa shuning o'zi baxt!
— Aql bilan mansabga erishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo'lmaydi.
— Dunyoda mukammal narsa yo'q. Hatto Muhabbat deb atalmish oliy tuyg'uda ham adolatsizlik bor. Kim qattiqroq sevsa, o'sha ko'proq iztirob chekadi.
— Insonning bahosi bu dunyoda o'zi olgani bilan emas, o'zidan qolgani bilan belgilanadi.
©️ O'tkir Hoshimov
@Xikmat_Turaxodjayevich
👍5🔥2