UMIDINGNI SO'NDIRMA
120 subscribers
1.65K photos
3.46K videos
13 files
5.8K links
Download Telegram
#shkuh_
#Piskent_tuman
📌Assalamu alekum aziz kanalimiz a'zolari. Mana bugun tuman Anfi Teatrida tumanimiz aholisi gavjum. Hamma shod hurram ayniqsa yoshlarimiz. Bugungi shov konsert o'ylaymanki barchaga pozitiv kayfiyat ulasha oldi. Konsert davomida taniqli bloger vaynerchilar, Zor tv ijodkorlari, va elimiz suygan honanda Toshpolat Matkarimov hamda Milliy Akademik teatri aktiraslari konsertga o'zgacha shkuh bag'lishladi.
📝 Eslatma:
Endilikda tuman hokimligi tomonidan haftaning har juma kunlari mana shunday konsert dasturlari tashkil etib boriladi.
Bu esa hammasi biz va sizdak qadri balad qadirdon tumandoshlar uchun
#jarayon_
#Piskent_tuman
#Hayot_go'zal

📌 Ijodiy madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchotchilarimizda ajoyib yondashuv.
Tumandagi 20-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'quvchi yoshlarning hayot borasida fikirlari va kelajakdagi rejalar haqida davra suhbat o'tkazildi. Suhbat so'ngida "Yashash uchun ming sabab" shiori ostida ajoyib aktsiya tashkil etildi.
Aktsiya davomida ta'lim muassasasidagi barcha o'qituvchilaru, o'quvchilar hodimlar zo'r qiziqish bilan ishtirok etishdi.

✍️ Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi Piskent tuman boʻlinmasi
Forwarded from A.S. Baxtiyorovich
#Hosil_bayrami
#Piskent_tuman

📌 Joriy yilning
28-oktyabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan 2-sonli maktabda 5-6-7 sinflar o'rtasida "Hosil bayrami" o'tkazildi.
Tadbirda sinf rahbarlarlari hamda o'quvchilar o'zlarining tayyorlab kelgan turli qishloq xo'jaligi ekinlari, sherlar va samimiy kuy-qoshiqlar bilan ishtirok etdilar.
O'quvchilarning juda qiziquvchan, tasirchan va beg'uborligini ko'rib beihtiyor mening ham bolaligim ko'z oldimda namoyon bo'ldi. Ularning ko'zlaridagi bayram shukuhi o'zgacha, - deydi muassasa rahbari Sh.Azamatov. Tadbir o'tkaziladigan joy esa turli xil meva va sabzavotlar va poliz ekinlarining suratlari, ko'rgazmalar va shiorlar bilan alohida bezatilgan. Barcha sinf o'quvchilari poliz ekinlari va mevalarning foydali xususiyatlari haqida ma'lumot berdilar. Tadbir ko'tarinki ruhda judayam mazmunli bo'lib o'tdi.

✍️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Piskent tuman bo'linmasi
#Kitob_bilim keliti
#Piskent_tuman

📌 Joriy yilning 29-oktyabr kuni tumandagi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabida Ijodiy madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchotchi Utalova Jazira tashabbusi bilan "Men sevgan asar" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o'quvchi yoshlar sevmili ijodkor adiblar asarlaridan parchalar havola etishdi.

✍️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Piskent tuman bo'linmasi
Forwarded from A.S. Baxtiyorovich
#Oltin_kuz
#Piskent_tuman

📌 Hosil bayrami-kech kuzda qishloq xo'jaligi ekinlari hosili yig'im-terim tamomlanishiga qarab nishonlanadi.2-noyabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumaniga qarashli 13-UO'T maktabida 8-9-11 sinflar ishtirokida "Hosil bayrami" o'tkazildi.Tadbirda sinf raxbarlari hamda o'quvchilar o'zlarining tayyorlab kelgan turli qishloq xo'jaligi ekinlari,she'rlar va qo'shiqlar bilan ishtirok etdilar.Tadbir o'tkaziladigan joy esa turli xil meva va sabzavotlar va poliz ekinlarining suratlari, ko'rgazmalar va shiorlar bilan alohida bezatilgan.Barcha sinf o'quvchilari poliz ekinlari va mevalarning foydali xususiyatlari haqida ma'lumot berdilar.
Forwarded from A.S. Baxtiyorovich
#jarayon_
#Piskent_tuman

📌 Joriy yilning 3-noyabr kuni Piskent tuman Xalq ta'lim bo'limi tassarufidagi 39-umumiy o'rta ta'lim maktabida Ijodiy madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchi M.Ataboeva tashabbusi bilan maktabdagi iqtidorli ijodkor yoshlarni saralab olish maqsadida seminar trening tashkil etildi.
#buyuklarni_eslab
#Piskent_tuman

📌 Joriy yilning 4-noyabr kuni tuman Xalq ta'lim bo'limi tassarufidagi 35-umumiy o'rta ta'lim maktabida Ijodiy madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchi N.Xolmatova tashabbusi bilan buyuk shoirlar Muhammad Yusuf va Abdulla Orioiv xotirasiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.
#iqtidor_egalari
#Toshkent_viloyati
#Piskent_tumani

📌 Toshkent viloyati Piskent tuman Xalq ta'lim bo'limi tassarufidagi 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi Ijodiy madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchotchi Z.Murotova tashabbusi bilan maktabdagi ijodkor yoshlar ishtirokida Iqtidor egalari shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o'quvchi yoshlar tominidan milliy estrada va maqom yonalishlarida hamda musiqiy cholgular yordamida diltortar taronalarni kuylab bellashdilar