UMIDINGNI SO'NDIRMA
122 subscribers
1.75K photos
3.79K videos
13 files
6.35K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_kun

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli va samarli bo'lsin.

https://t.iss.one/xayotvaorzu
🔹O‘tkir Psixologik Xiylalar

🔻Odam bilan gaplashayotganda vaqti-vaqti bilan uning peshonasiga qarang. Bu unga noqulaylik tug‘diradi va suhbatni tezroq tugatishga majbur qiladi.

🔻Agar biror kishi bilan yaxshi aloqalar o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, undan yordam so‘rang yoki biror narsani tushuntirishini iltimos qiling, hatto javobini bilsangiz ham. Bu uning sizga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi.

🔻Kimgadir biror narsa u uchun "amalga oshmaydigan ish" ekanini aytsangiz, u bunday emasligini isbotlash uchun bor kuchini sarflaydi va aynan siz xohlagan narsani bajaradi.

Odamlar bilan aloqa o'rnatishda qiynalasizmi?

❤️ — KO'PINCHA QIYNALAMAN
🔥 — O'RGANIB QOLDIM ANCHA


https://t.iss.one/xayotvaorzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tarixga_nazar_

1996 yil o'zbegim to'ylari...

Eh qanday paytlar edi... Beg'ubor, sodda, samimiy, mehmondost, ortiqcha makiyajsiz ayollar. Hech qanday hasad, ortiqcha hashamlarsiz eng asosiysi isrofgarchiliksiz to'ylar bo'lgan.

Hozirchi...hozir esa qayerga qarama zebu ziynatga burkangan qimmat kiyngan oshiqcha makiyajlar qilgan ayollar ortiqcha isrofgarchilik kor korona bir biridan o'zaman deb qilngan sarf xarajatli to'y xonayu kartejlar, qimmat dasturxonu san'atkorlar.

Nahot 30 yilda shuncha o'garish

https://t.iss.one/xayotvaorzu
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hulosa_

Begona bahor

Esiladingizmi bu filmni ?

Mana kino mana rejesyor yondashuvi. Birgina shu filmda oilaviy muammolar juda tasrli ochib berilgan.

Hozirchi hozirgi filmlarimiz qayerga qarab ketayabdi degan savol hali hanuz so'roq ostida.

Hozirgi kinolar, telenavellalar, seriallarimiz borgan sari xalqimiz tubanlashib ketayotkandek tuyuladi. Sizga ham shunday tuyuladimi ?

Muammolar oldin ham bo'lgan keyin ham bo'laveradi. Ayniqsa hozirgi kinolar bo'lsa bu ketishda bundan besh battar bo'ladi.


Hulosa o'zingizdan

https://t.iss.one/xayotvaorzu
1👍1🔥1
#Hulosa_

Qaynona...

✒️Qarindoshlar hayrlashgan, birov ketgan, birov kuzatgan "hay-hay" bo‘lib turgan hovlida birov-birovni tanimaydigan darajada gavjumlik xukmron...

Mahalla boshida do‘kon ochib o‘tiradigan Bahri hola to‘y boshi- kuyovning onasi Ra’noxonni odamlar ichidan qidirib topdi.
-Aylanay, charchameygina, tugatvoooldiz, o‘rgiley sizdan, Ra’noposhsha, birinchi o‘g‘il uylashiz, "bilmasez kere" dib o‘ylab yonizga keldim.
O‘g‘lizam kuyovmisan-kuyov bo‘ptida o‘ziyam, o‘rgilib ketey, hali kelin-qizimni oldilariga kirib ketmadilarmi?!

Ra’noxon hayron bo‘lib "yo‘o‘o‘q" deb bosh silkidi.
-Ha vaqtida kepman unda. Shu bolezchi- endi kelinni oldiga kirib ketayotganida uch marta chaqiring, ismini aytib xo‘pmi?!
-Nimaga tinchlikmi?!
-Hay soddasizda aylaney, irim-dirimi shu, ko‘ngli- sizdan bo‘linmasin diyman. Shu uch marta "Masrurjo‘o‘o‘n, Masrurjo‘o‘o‘n, Masrurjo‘o‘o‘o‘n" diysiz bo‘ldi, o‘rgilib "onam" dib bir-ikki qarasin, xo‘pmi?!
-Voy man o‘g‘limni xijolat qilib, bunaqa qilolmiyman, qo‘ying, bolamni qandoq chaqiraman, uyalaman-yey...
-Hay, hay qayoqqa ketdiz endi, obbo, yaxshilik qilaman desam...
Eshik oldida o‘g‘li ko‘ringani sabab Ra’noxon qizarib, ichkari uyga zing‘illab kirib ketgan edi...
O‘rtog‘i bilan kuyov liboslari yarashib turgan Masrurjon ko‘zi bilan kimnidir qidirib hovli o‘rtasigacha keldi.
Hizmatda idish tashib yurganlardan birini to‘xtatib, onasini so‘radi.
-Voy bo‘ylaringdan holeng aylansin, azamatdek kuyov bo‘psan-a?! Onang o‘sha- iiiichkari uyga kirib ketdilar, boraqol- uning oldiga pishillab yetib borgan Bahri hola kuyovning yelkasiga qoqib, ichkari uyni ko‘rsatib yubordi.
-Oyi, kiraveraymi?!- eshik oldidan ovoz berdi Masrurjon.
Ichkari uyda Ra’noxon o‘zicha nimanidir qidirib turgan bo‘ldi.
O‘g‘li kirib kelib, engashib oyoqlarini quchdi.
-Qo‘y, o‘g‘lim, tur o‘rningdan- beihtiyor Ra’noxonning yuzlaridan yosh dumaladi.
-Yig‘layapsizmi?! Oyi?!
-Yo‘q, hursandchilikdan bu, qara, mana katta bo‘lib uylanadigan payting ham kelibdi. Kechasi ukang bilan yonimda yotishni talashardinglar. "Manga qarab yoting, yo‘q manga" deb... Ahiyri "hich qaysininggamas, osmonga qarab yotaman" dirdim. O‘g‘lim shunaqa vaqt tez o‘tarkan-da"...
Masrurjon o‘rnidan turib, jilmayib onasini quchoqladi.
-Boraqol o‘g‘lim, kelin kutib qolmasin, baxtli bo‘linglar, hamisha ikki qo‘lim haqqilaringizga duoda bo‘ladi!
-Ho‘p oyi, faqat sizga mana bu narsani berishim kerak.
-Nimani?!
Masrurjon qo‘ynidan bir juft bilak uzuk chiqardi.
-O‘g‘lim bu nima qilganing?!
-Sizga, mani ko‘tarib katta qilgan qo‘llaringizga- arzimas sovg‘a! Bu hali boshlanishi, Alloh nasib etsa Hajlarga yuboraman, inshaalloh...
Masrurjon ikki yuzidan o‘pib, chiqib ketdi.
Ra’noxon yig‘i aralash jilmayib, o‘g‘lining to‘ydan oldin ko‘p chiqimlarini hohlamay kamaytirganini sababini endi tushungandek bo‘ldi...

https://t.iss.one/xayotvaorzu
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_kun

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli va samarli bo'lsin.

https://t.iss.one/xayotvaorzu
#hikoya_

Buzilgan traktor

Bir dehqonning traktori ishlamay qoldi. Dehqon va uning qo‘shnilari qancha urinishmasin, uni tuzata olishmadi. Nihoyat u mutaxassisni chaqirdi.

Usta traktorni ko‘rib chiqdi, uni yoqib ko‘rdi, kapotini ochdi va hammasini sinchkovlik bilan tekshirib chiqdi. So‘ng bolg‘a olib, nishonga oldi-da, motorga bir urdi va uni ishga turirib yubordi. Motor taqir-tuqur qilib, xuddi buzilmagandek ishlab ketdi.

Usta dehqonga hisobni berganida, dehqon uni ko‘rib g‘azablandi:

— bolg‘a bilan bir urganing uchun 100 tanga so‘rayapsanmi?

— Do‘stim, – dedi usta, – men bolg‘a bilan bir urganim uchun bir tanga so‘radim, qolgan to‘qson to‘qqiz tangani esa – kerakli joyga birgina zarb bilan buzuqlikni tuzatishga imkon bergan bilimlarim uchun olaman.



https://t.iss.one/xayotvaorzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_kun

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli va samarli bo'lsin.

https://t.iss.one/xayotvaorzu
Taslim bo‘lish hammaning ham qo‘lidan keladi – bu eng osoni. Ammo atrofingdagilar mag‘lubiyatingni qabul qilganida va kechirganida ham o‘z yo‘lingda davom etish – mana bu haqiqiy matonat.

— Kris Bredford

https://t.iss.one/xayotvaorzu
#Bilarmidingiz_

ASLING – NASLING

TADQIQOT: SAYYIDLAR KIM? XOʻJA, XON, TOʻRA, ESHON KIMLAR?

1-qism

SAYYIDLAR KIM?

Haqiqatan ham ular Paygʻambar avlodlarimi? Shunday boʻlsa, ular qanday qilib Markaziy Osiyoga kelib qolishgan? Bu kabi savollar koʻpchilikda qiziqish uygʻotishi tabiiy. “Sayyid” arabcha soʻz boʻlib, janob, qabila boshligʻi, oʻzining shaxsiy sifatlari, mulki yoki kelib chiqishiga koʻra taniqli shaxs maʼnolarini anglatadi. U islom dini tarqalgan mamlakatlarda keng yoyilgan diniy unvon belgisi. Ilk oʻrta asrlar Arabistonda yirik zodagonlar, aslzoda qabila boshliqlariga shu nom bilan murojaat qilganlar.
Sharqshunos olim Y.Belyayev fikricha, har bir qabilaning boshida (arab qabilasining – K.K) keyinchalik uning yoʻlboshchisi – sayyid (janob maʼnosini beradi) turadi; keyinchalik ularni shayx deb ataydigan boʻldilar. Koʻchmanchilarning alohida sulolalari va katta guruhlari ham oʻzlarining sayidlariga ega edilar.
Tinchlik vaqtlari sayyid koʻchish ishlarini tashkillashtirar, qochish uchun manzilgoh tanlar, oʻz qabilasining vakili sifatida boshqa qabilalar bilan muzokaralar olib borar, oʻz qabiladoshlari orasidagi bahs va tortishuvlarni hal etar (agar qabila ichida hakamlar boʻlmasa), baʼzan, ammo juda ham kam holatda, ruhoniy xizmatkor vazifalarini bajarardi.
Bosqin va urushlar vaqtida sayyid oʻz qabiladoshlaridan tuzilgan harbiy boʻlinmani boshqarardi; bu vaqtda u rais (boshliq) deb atalgan.
Oʻrta asrlardagi Oʻrta Sharq mamlakatlarida baʼzan ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, mahalliy zodagon va ayonlarning vakillariga ham “sayyid”lar deb murojaat qilingan. Diniy nuqtayi nazardan talqin etilganda sayyid – bu Muhammad Paygʻambar (s.a.v.) avlodlarining faxriy unvoni.
Paygʻambarimiz (s.a.v.) avlodlariga “ahli bayt” deb murojaat qilingan. “Rasuli akram (s.a.v.), Xadicha binti Huvaylid, Ali ibn Abu Tolib, Bibi Fotimai Zahro, imomi Hasan va imomi Husayn (raziyallohu taolo anhum ajmaʼni) musulmonlar qavmi uchun “ahli bayt” qutlugʻ xonadon boʻlib, ulardan tarqalgan avlodlar sayyidlar (sayyid – arabcha "janob") sifatida ulugʻlanadilar.
Hozirgi kunda koʻpgina arab davlatlarida martabali, masʼuliyatli darajadagi shaxslar, davlat va jamoat arboblariga ham “sayyidiy”, yaʼni “janob” deb murojaat qilinadi.
Sayyidlar islom dunyosi, xususan, Markaziy Osiyoda nihoyatda katta mavqe va hurmatga ega boʻlgan tabaqa hisoblangan. Shu bois, sayyidlar murid (shogird) tushish, balki ular avlodiga yaqinlashish uchun turli davrlarda oʻziga xos saʼy-harakatlar ham boʻlib turgan.


https://t.iss.one/xayotvaorzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_kun

Assalomu alaykum qadri baland qadirdonlar. Boshlangan yangi kun barchaga omadli va samarli bo'lsin.

https://t.iss.one/xayotvaorzu
🔹Qanday qilib qiziqarli suhbatdosh bo‘lish mumkin?

🔻1. Ko‘proq tingla, kamroq gapir.
Odamlar ularni diqqat bilan tinglashlarini yoqtiradi. Savollar ber, qiziqayotganingni ko‘rsat, suhbatdoshning gaplariga munosabat bildir. Bu suhbatni samimiy va qulay qiladi.

🔻2. Faktlar yoki qisqa voqealar bilan bo‘lish.
O‘zingdan kichik, lekin qiziqarli hayotiy voqealarni aytib ber yoki eshitgan, o‘rgangan narsalaring bilan bo‘lish. Muhimi — suhbatni monologga aylantirma. Yumor yoki kutilmagan burilishlar suhbatni esda qolarli qiladi.

🔻3. Suhbatdoshing ohangiga moslash.
Gaplashuv ohangi va kayfiyatini sez. Agar odam jiddiy bo‘lsa, darrov kulgiga o‘tish to‘g‘ri emas. Agar u ochiq va quvnoq bo‘lsa — shu havoni ushlab turgan ma’qul. Boshqalar kayfiyatini his qilish — muvaffaqiyatning yarmi.

🔥–Unutmang

https://t.iss.one/xayotvaorzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hayrli_kech

Yana bir bor Assalamu alaykum qadri baland qadirdonlar. Yoz faslining oxirgi oyi Avgust ham keldi.

Bugun 1-avgust. Esingizdami ?

1-avgust erta tong. Hamma formada, qo'lida daftar va ruchka shaxar esa tirbandlik. Telefon aloqlari esa juda yomon... Esladingizaaa......

Ushbu kun juda kopchilik yoshlarni taqdirini o'zgartirgan kun edi.

https://t.iss.one/xayotvaorzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilarmidingiz_

Barchaga mashxur KORZINKA haqida qiziqarli ma'lumot.

To'g'ri bu kabi malumotlarni siz You Tube dan Google dan yo bo'lmasa suniy intelektdan qidirib bilib olishingiz mumkin, ammo vaqtingiz ketadi. Bizda esa sizga yaxshiroq taklif bor.

Keling siz vaqtingizni shunchaki bizni kuzatib borishga ketkazing. Siz uchun biz izlanamiz siz esa shunchaki ushbu kanalga obuna bo'lishingiz kifoya.


https://t.iss.one/xayotvaorzu