Milliy va xalqaro sertifikat
4.8K subscribers
56 photos
25 videos
11 files
76 links
Xalqaro va milliy sertifikatlarni verifikatsiya qilish va sertifikatlar to`g`risida ma'lumot berib boruvchi kanal
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda ishga kirish va ustama olishni istagan xorijiy til fani o`qituvchilariga eslatma!!!

Barcha xorijiy til sertifikatlarini haqiqiyligini tekshirish imkoniyati mavjud va hozirda mavjud sertifikatlarini qalbakilashtirish imkonsiz.


Shunday bo`lsada qo`shtirnoq ichidagi vatanparvar (aslida teskari inson) insonlar pedagoglarni ishonchiga kirib, ma'lum mablag` evaziga ularga B2 yoni undan yuqori darajadagi sertifikat olib berishni vada qilishmoqda.

Ma'lum vaqtdan keyin esa sotib olingan sertifikat vakolatli tashkilot tomonidan bekor qilinmoqda.


Bir vaqtda sertifikatsiz va qalbakilashtirishga aralashgan insonga aylanib qolmoqda.

Ishonamizki bu ma'lumotni o`qiyotgan har bir pedagog bu xatoni qilmaslik kerakligini tushuna oladi.
5🔥1
⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

👉Sertifikatlar ro‘yxati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
IELTS Paper based imtihoni O'zbekistonda to'xtatiladi.

2025-yil 11-iyul sanasidan IELTS imtihonining paper based shakli, O'zbekistonning barcha rasmiy test markazlarida (IDP, British Council, Cambridge University and Press) to'xtatiladi.


Qandaydir qattiq talab qo`yilganda ko`pchilik e'tiroz bildirgan, lekin shu talablarni qo`yilishiga ba'zi test topshiruvchilar sababchi bo`lishmoqda
👍92
Milliy_sertifikatlarni_tizimga_yuklash_bo'yicha_yo'riqnoma.pdf
416.1 KB
Milliy Sertifikatlarni Tez Tasdiqlash – Yangi Imkoniyat!

📢 YANGILIK: Endi pedagoglar milliy sertifikatlarini tasdiqlash uchun 15 kun kutish shart emas! Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi barcha pedagoglar uchun 5 daqiqada avtomatik tasdiqlash tizimi joriy etildi.

Qanday Amalga Oshiriladi?
• Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi "Bilim va malakalarni baholash" agentligi tomonidan berilgan milliy sertifikatingizni oling.
• Maktabingizdagi EduERP mas’uli shaxsiga murojaat qiling.
• Sertifikatingizni tizimga yuklab, 5 daqiqada tasdiqlating.

Ahamiyati:
Vaqtni tejash – 15 kun kutish shart emas!
Qulaylik – Mas’ul shaxs orqali tez tasdiqlash.
Avtomatlashtirilgan tartib – Xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi.

E’tibor bering: Bu imkoniyat faqat "Bilim va malakalarni baholash" agentligi tomonidan berilgan milliy sertifikatlar uchun amal qiladi. Xalqaro sertifikatlar alohida tartibda ko‘rib chiqiladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan milliy sertifikatlarni EduERP tizimiga sinxronlash (yuklab olish) boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishing.
8
Xorijiy til pedagoglari uchun muhim eslatma!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga muvofiq, 2024-yil 29-mayda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qarori (roʻyxat raqami 3515) tasdiqlandi.
Asosiy qoidalar:
1. 2024-yil 29-iyulgacha olingan TKT (3 ta modul bo`yicha kamida band 3), TESOL (pass), TEFL (pass), TESL (pass) kabi xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar, sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar ish joylarini saqlab qolishlari mumkin.
2. 2024-yil 29-iyuldan keyin olingan ushbu sertifikatlar ish joyini saqlashda imtiyoz bermaydi.


Bunda, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari olingan vaqtda amalda bo`lgan qaror talablarini bajargan bo`lishi lozim.

Shuning uchun, milliy yoki xalqaro tan olingan yangi sertifikatlarni o`z vaqtida olishingiz tavsiya etiladi.
11👍3👎1
Rasmiy munosabat

O‘zgidrometeorologiya xizmati tomonidan 2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.

Shu sababli bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sirlarning oldini olish maqsadida SanQvaM talablariga rioya qilgan holda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh, Xo‘jayli va Qorao‘zak tumanlari hokimliklari qaroriga ko‘ra, 2025-yil 16-17-18-iyul kunlari ushbu hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatganligini ma’lum qilamiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
📚 iTEP imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!
✍️iTEP imtihonida Writing (yozma) qismi ham muhim rol o‘ynaydi. Quyida sizlar uchun Writing Task 2 bo‘yicha mavzu qoldirdik.

💬 Nima qilish kerak?
🟢 Shu post ostiga yozgan ishingizni qoldiring
🟢 Biz uni iTEP standarti asosida tekshiramiz
🟢 Sizga taxminiy ball va tahlilni shaxsiy xabaringizga yuboramiz

🎯Bu sizga yozish bo‘yicha zaif va kuchli tomonlaringizni bilib, imtihonga puxta tayyorlanishga yordam beradi.

NO CHEATING, o’zingiz o’z fikringizni yozib qoldiring. Hech qanday AI 🤖 ishlatmagan holda ‼️

📌Mavzu quyida 👇
📥 Fikrlaringizni kutamiz!

Task 2
“Some people believe that students should be required to take physical education classes in school, while others think these classes should be optional. What is your opinion?”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Ushbu sertifikat ishga kirish jarayonida va qo`shimcha ustama to`lanishida inobatga olinmaydi
4😁4
https://lex.uz/pdfs/6943986
2024-yil 29- may sanasida qabul qilingan qaror
Forwarded from Milliy va xalqaro sertifikat (Hasan Ubaydullayev)
301_buyruq_milliy_va_xalqaro_tan_olingan_sertifikatlarning_haqiqiyligini.pdf
488 KB
⚡️Umumtaъlim fanlari bo'yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan o'tkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taъlimi vazirining 2024 yil 11 sentyabrdagi 301-sonli buyrug‘i bilan quyidagilar tasdiqlandi:

1️⃣-ilovaga muvofiq milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirish bo'yicha ishchi guruh tarkibi;

2️⃣-ilovaga muvofiq milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom.

Verifikatsiyani tashkil etish va o'tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

talabgor o'zi ishlayotgan maktabdagi mas'ul xodimga ERP tizimiga kiritishi uchun sertifikat aslini va ushbu sertifikat nusxasini taqdim etadi.

maktab direktori yoki o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari tomonidan ushbu sertifikat nusxasini bir ish kuni ichida ERP tizimiga yuklaydi va haqiqiyligini tekshirish uchun hududiy boshqarma mas'uliga yuboradi.

hududiy boshqarmalardagi masъul xodimlar: kiritilgan hujjatlarni belgilangan talablarga mosligini o'rganadi.

belgilangan talablarga mos bo'lmagan sertifikatlarni tahrirlab maktab direktori yoki o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosariga qaytarib yuboradi.

kiritilgan maъlumotlar sertifikat nusxasiga mos va haqiqiyligi tasdiqlangandan so'ng verifikatsiyani tasdiqlaydi.

✔️ Sertifikatlar maktab direktori yoki o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari tomonidan ERP tizimiga yuklangandan keyin 15 kun mobaynida buyruq bilan tasdiqlangan mas'ul hududiy xodimlar tomonidan verifikatsiyadan o'tkaziladi.
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati haqida

📚 Maktabda o‘qish:
• To‘liq ingliz tilida,
• IB (Xalqaro bakalavriat) dasturi asosida,
• 9-sinfdan imtihon bilan qabul qilinadi.
• Bitirgach — davlat shahodatnomasi + IB diplomi.

🌍 IB diplomi bilan TOP-10 universitetlarga kirishda katta ustunlikka ega bo‘lasiz. Foundation yilini o'qishiz shart bo'lmaydi va bakalavriatni 3 yilda tamomlaysiz.

🎓 Agar bitiruvchi TOP-10 universitetga 50% grant bilan qabul qilinsa, qolgan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.

📍 Kelajak shu yerdan boshlanadi!
📲 Bizni kuzatib boring!
@alberuniyuzb

#AlBeruniyMaktabi #IBDiploma #XalqaroTaʼlim #TOP10Universitetlar
3
2-savol. Men maktabda ishlayman va xalqaro va milliy sertifikatim bor va bu sertifikatlar uchun ustama toʻlanish tartibi qanday? Ikki sertifikat uchun ustama toʻlanadimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-134-son farmonining 9-bandiga koʻra umumtaʼlim fanlari boʻyicha bir nechta sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʻyicha toʻlanishi belgilangan.
Sizning milliy va xalqaro sertifikatingiz bir fandan boʻlganda yuqori turuvchi sertifikat uchun ustama toʻlanishi maqsadga muvofiq.

Maʼlumot uchun: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili boʻyicha sertifikatlar bundan mustasno). xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.

Kanalga ulanish uchun: @xalqaro va milliy sertifikat
5
Kanalimizda takroriy savollar ko`p kelmoqda. Savolni yuorishda quyidagilarga e'tibor qarating:

1. Savolga javob berishda sizni hududningiz ma'lumotiga zarurat tug`ilsa kiritganingiz maqul;
2. Savolni to`liq yozing;


Yakshanba kuni dam olish kuni ekanligini inobatga olishingizni so`rab qolamiz.
1
Savol:
Mening B2 darajadagi xorijiy til sertifikatim mamlakatimizda tan olingan B2 darajadagi sertifikatim va TKT sertifikatim (hozirda 2 ta moduldan Band 3 oldim) bor TKT modul 3 ni sentyabrda olaman. Ungacha yangi qaror chiqsa menga ustama toʻlanadimi?

Javob: Yangi qaror chiqqandan keyin Siz tomoningizdan Modul 3 ham olingan boʻlsa va TKTni oxirgi moduli va kamida B2 darajadagi xorijiy til bilish sertifikati oraligʻidagi muddat bir yildan oshmagan boʻlsa qoʻshimcha ustama toʻlanishi mumkin.
3
📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📅 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.

📌 Natijalar bilan
shu yerda tanishishingiz mumkin.

1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Diqqat!

Quyidagi sertifikat bo‘yicha test jarayonlari 2025-yil 18-mart sanasidan boshlab to‘xtatilgan bo‘lsa-da, hali hamon uni onlayn tarzda olish holatlari kuzatilmoqda.


Shuni qat’iy ta’kidlaymizki, ushbu sertifikat uchun hech qanday moliyaviy qo‘llab-quvvatlash (to‘lov) taqdim etilmaydi.

Hurmatli ustozlar!

Moliyaviy zarar ko‘rmaslik uchun sizlardan faqat rasmiy manbalar va kanallarni kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.
👎42
Forwarded from STEAM markaz A.Avloniy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Texnologiya va ijodiy fikr makoniga xush kelibsiz — bu 20 kunlik A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti qoshidagi STEAM markazida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi o'quv kurslari (STEAM BOOTCAMP)!

❗️Bu oddiy kurs emas — bu kelajakni bugundan qurish imkoniyati.

🚀 Bu yerda farzandingiz o‘z orzularini quradi — o‘yin orqali emas, real loyihalar orqali!

🤖 Robototexnika orqali ular harakatlanuvchi modellar yasaydi, o‘z robotini boshqaradi.
💻 Dasturlashda esa ular kompyuter bilan muloqot qiladi, kod yozadi, algoritmlarni anglaydi.
🧊 3D modellashtirishda — tasavvurdagi g‘oyalarni ekranda jonlantiradi.
🛠 Muhandislik loyihalari orqali ular muammolarga yechim topadi, jamoada ishlashni o‘rganadi.

🎯 Har kun — yangi mavzu, yangi vazifa, yangi kashfiyot.
🧠 Har daqiqa — bola ongida yangi chiroq yoqiladi.

Bu nafaqat o‘yin va mashg‘ulot — ilhom, bilim va o‘ziga ishonch makoni.

📅 Kurs davomiyligi — 20 kun
👧👦 Yoshlar — 10 dan 14 yoshgacha

Joylar soni cheklangan!

📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📥
@Umidjonkom1lov

📞
+998932660666

https://t.iss.one/steamuzb1
2