Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi/RASMIY SAHIFA
137 subscribers
2.42K photos
94 videos
42 files
853 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Download Telegram
#Jamoatchilik_nazorati

DEPUTATLARNING BOZORDAGI NAZORATI QANDAY O'TDI?

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari va shahardagi tegishli tashkilotlar rahbarlaridan iborat jamoatchilik guruhlari tuzilib, dehqon bozorimizda nazorat olib bormoqda. Bugun deputatlar, Fahriddin Matasimov, Abdujabbor Jo'rayevlar shahar hokimining birinchi o'rinbosari Shermuhammad Begiyev bilan birgalikda yangi yil bayrami munosabati bilan Olmaliq shahridagi "Oydin" dehqon bozorida arzonlashtirilgan narxlarda oziq-ovqat va qishloq xoโ€˜jaligi mahsulotlari yarmarkalarida bo'ldi. โœ…Nazorat guruhi yarmarkadagi sabzi narxini 500 so'mga arzonlashtirilishini ta'minladi. (sababi yarmarka erkin bozor emas, o'z nomi bilan arzonlashtirilgan bo'lishi kerak). Jamoatchilik guruhi bir qancha mahsulotlarning narx-navosi yozib qo'yilmaganligi holatlariga chek qo'ydi. Bu yarmarka sotuvchisining haridor kelganda narxni sun'iy oshirib olishining oldini oladi. Bunday nazorat har kuni davom etadi.

@xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
๐Ÿ‘2
#deputatlik_nazorati
#jamoatchilik_nazorati

DEPUTATLAR TALABI BILAN BOZORDAGI KAMCHILIKLAR BARTARAF ETILDI


๐ŸฑXabaringiz bor, deputatlarimiz "Oydin" dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarkada asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi barqarorligini ta'minlash, bozor hududida sanitar tozalik va jamoat tartibini saqlash, aholi kayfiyatiga salbiy ta'sir qiluvchi holatlarning oldini olish maqsadida 2024-yilning 25-dekabr kunidan boshlab jamoatchilik nazoratini olib bordilar.

๐ŸฅฉNazorat tadbirlari natijasida kunlik grafik asosida ja'mi 25 nafar deputatlar va ularning vakillari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ja'mi 15 ta holatlarni mas'ullarga ma'lum qilinib, bartaraf etilishini ta'minladilar.

โณShuningdek, deputatlik-jamoatchilik nazorati natijalari Kengashning tegishli doimiy komissiyasida muhokama qilinishi belgilandi.

๐Ÿ“ธDeputatlarimizning taklif va tashabbuslari, fikrlari va qarorlari haqida bizning sahifamizda kuzatib boring!


https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
๐Ÿ‘2