WikiStipendiya
5.38K subscribers
2.07K photos
260 videos
8 files
912 links
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida tashkillashtirilgan "WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali.

Rasmiy bot: @WikiStipendiya_marafoni_bot
Download Telegram
Forwarded from Oʻzbekcha Vikipediya
#WikiStipendiya_kashf_qilgan_vikimediachi

🌟WikiStipendiya loyihasida kashf qilingan vikimediachilarni tanishtirishda davom etamiz! O‘zbekcha Vikipediyaning faol foydalanuvchilaridan biri, xulosa chiqaruvchi, patrullovchi va eski holiga qaytaruvchi statuslari egasi Kamoliddin Azzamov (Foydalanuvchi:Kamol Azzam). Umumiy hisobda
1 500 dan ortiq tahrir qilgan. Shundan 1 400 dan oshig‘i o‘zbekcha Vikipediyaga to‘g‘ri keladi.

💫2022-yil noyabr – 2024-yil mart davrida WikiStipendiya loyihasida tashkiliy jamoa aʼzosi boʻlgan. WikiStipendiya marafonining I va II mavsumlarida hakamlik qilib, Vikipediya administratorlariga faol yordam bergan.

Kamol Azzam shuningdek „Yangi a’lo tahrirchi“ ordeni hamda „O‘zbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ yulduzi bilan taqdirlangan. Umid qilamizki, bundan keyin ham faol vikimediachilar qatorida Vikipediyaga salmoqli hissa qo‘shib boradi. Kamoliddinning Vikipediyadagi faoliyatiga ulkan yutuqlar hamda yoqimli tahrirlar tilaymiz.

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
Forwarded from Oʻzbekcha Vikipediya
#WikiStipendiya_kashf_qilgan_vikimediachi

💡Yana bir faol vikimediachimiz bilan tanishing! Wikistipendiya loyihasi III mavsumining rosmanasiga kashfiyoti va g‘olibi — Otabek Abdusattorov (Foydalanuvchi:Bekipediya).

💎Otabek Vikipediyaga roppa-rosa bir yil oldin WikiStipendiya loyihasi orqali kirib kelgan. Ushbu qisqa muddat mobaynida Vikipediyada umumiy hisobda 24 500 ga yaqin tahrir qilgan. Shundan 16 000 dan oshig‘i o‘zbekcha Vikipediyaga, 4 500 ga yaqini Vikiiqtibosga hamda 4 000 ga yaqini Vikima’lumotlarga to‘g‘ri keladi.

Vikimediachilarimiz safi tobora kengayib borayotganidan xursandmiz. Otabekka esa Vikipediyadagi faoliyatida ulkan marralarni zabt etishini tilab qolamiz.

(Izoh: o‘ngdan birinchida Otabek Abdusattorov)

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook