WikiStipendiya
5.27K subscribers
2.07K photos
260 videos
8 files
912 links
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida tashkillashtirilgan "WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali.

Rasmiy bot: @WikiStipendiya_marafoni_bot
Download Telegram
#viki_xushxabar

💥 O‘zbekcha Vikipediya shaxmatchilarimiz haqidagi yana bir katta maqola bilan boyidi: Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi.

🥈 Unda
siz 1992-yilda ishtirok etgan jamoa haqida ham batafsil ma'lumot olishingiz mumkin!

#TilimizUchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#viki_xushxabar

💠 "WikiStipendiya" marafoni ishtirokchilari tomonidan koʻplab sifatli maqolalar yaratilmoqda!

🔗 Xususan, Boboyev1996 nomi bilan hissa qoʻshib kelayotgan Jahongir Boboyevning 23-avenyu maqolasiga Yaxshi maqola maqomi berildi va oʻzbekcha Vikipediyaning bosh sahifasiga joylandi.

✳️ Bu esa Vikipediyaga maqola joylash qiyin emasligini, ozgina harakat qilinsa, barchasiga erishish mumkinligini isbotlaydi.

❗️Yangi foydalanuvchilarimizning ham mukammal maqola yarata olishlariga ishonamiz!

#TilimizUchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#viki_xushxabar

🎉 "WikiStipendiya" marafoni doirasida o‘tkazilayotgan Oraliq tanlovlarning g‘oliblari aniqlandi!
Keling, ular bilan tanishamiz:

1️⃣ "Dolzarb mavzu bo‘yicha eng zo‘r maqola" tanlovi g‘olibi – Dilbar Ismatullayeva
2️⃣ "Ayollar, ularning huquqlari va jamiyatdagi o‘rni mavzusida eng yaxshi maqola" tanlovi g‘olibi – Husniddin Rasulov
3️⃣ "Sport mavzusida eng yaxshi maqola" tanlovi g‘olibi – Munojat Maqsutxonova
4️⃣ “Marafon yulduzi” – eng faol ishtirokchi tanlovi g‘olibi – MuhammadAli Ikramov.

💠 O‘zbekcha Vikipediyani yanada boyitish uchun astoydil harakat qilgan sovrindorlarimizni g‘oliblik bilan tabriklaymiz!

❗️ Tanlovlarimiz davom etadi, bizni kuzatishda davom eting, balki keyingi g‘olib Siz bo‘larsiz?!

#tilimizuchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#viki_xushxabar

🎉 "Viki-anjuman"da oraliq tanlovlarning birinchi va ikkinchi mavsumi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

📌 Ikkinchi mavsum sovrindorlari bilan tanishing:

1️⃣ „Eng yaxshi tahrirchi“ tanlovi g‘olibi – Humoyun Qodirov
2️⃣ „Ayollar, ularning huquqlari va jamiyatdagi o‘rni mavzusida eng yaxshi kontent yaratuvchi“ tanlovi g‘olibi – Odilbek Irisqulov
3️⃣ „Sport mavzusida eng yaxshi kontent yaratuvchi“ tanlovi g‘olibi – Wikinewpages
4️⃣ „Eng yaxshi tadqiqotchi“ tanlovi g‘olibi – Umid Baqoyev.

💠 O‘zbekcha Vikipediyani yanada boyitish uchun astoydil harakat qilgan sovrindorlarimizni g‘oliblik bilan tabriklaymiz! 🔥

#tilimizuchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#viki_xushxabar

🎉 Keling, kunni xushxabar bilan boshlaymiz!

Vikipediyada 54-o‘ringa chiqdik! Quvonarli tomoni 55 million so‘zlashuvchisi bo‘lgan Urdu tilini ortda qoldirdik!

O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni esa 33 milliondan oshiq. Harakat qilsak, birgalikda bundan-da yuqori natijaga erisha olamiz!

❗️Safimizga qo‘shiling, dunyo vikireytingida kuchli o‘ntalikka kirish uchun olg‘a!

#TilimizUchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
WikiOromgoh uchun.pdf
148.1 KB
#viki_xushxabar

📣 Diqqat!

“WikiStipendiya” marafoni doirasida tashkil etilayotgan WikiOromgoh2 uchun 150 nafar ishtirokchi saralab olindi.

Loyiha 23-30-noyabr kunlari Bo‘stonliq tumanidagi ”Yoshlar oromgohi”da bo‘lib o‘tadi.

Unda Vikiadministratorlar tomonidan mahorat darslari, taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar, maroqli hordiq va boshqa ajoyib qiziqarli o‘yinlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📍 Jarayonlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali batafsil yoritib boriladi. Bizdan uzoqlashmang!

#TilimizUchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#viki_oromgoh2
#viki_xushxabar

🔥Biz buni uddaladik!

🇺🇿Avvalroq dunyo vikireytingida slovencha, urduchadan o‘zib ketgandik. Mana endi ozarbayjonchani ortda qoldirib, vikireytingda 52-o‘ringa ko’tarildik!

Ayni paytda o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 194 mingdan oshdi!

✈️Dunyo vikireytingidagi kuchli o‘nlikka yana bir pog‘ona yaqinlashdik! Bu maqsadga birgalikda erishamiz! Safimizga qo‘shiling!

#TilimizUchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#viki_oromgoh2
#viki_xushxabar

⚡️Bugun oʻzbekcha Vikipediyada tarixiy kun sifatida qolishi tayin!

🔥 Negaki, oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 200 000 dan oshdi!

  🎉 Ushbu natijaga yetishda tinimsiz mehnat qilayotgan barcha foydalanuvchilarga tashakkur izhor etamiz!

Barchasi #Tilimizuchun!

@wikistipendiya
#viki_oromgoh2
#viki_xushxabar

⚡️Bizda va'da qilingan xushxabar!

“WikiOromgoh”ning ikkinchi mavsumida yana bir cho‘qqi zabt etildi!

Oromgohning ikkinchi mavsumi boshlangandan buyon ishtirokchilar tomonidan 20 000 maqola yaratilib, o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 206 000 ga yetkazildi!

🔥Va biz vikireytingda 51-o‘ringa ko‘tarilib oldik!

#Tilimizuchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#viki_xushxabar

“WikiStipendiya” loyihasi yana bir karra e'tirof qilindi!

🔥“Yilning eng yaxshi tashabbusi”“WikiStipendiya” loyihasi Rost24.uz sayti tomonidan tashkil etilgan “Yil tanlovi — 2022”da aynan shunday e'tirof etildi!

⚜️ Albatta, bu yakun emas. Yaqin kunlarda yana yangi loyihalar bilan davom etamiz! Biz bilan birga #tilimiz_uchun harakat qilishda davom eting!

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“WikiOromgoh” III mavsumi ishtirokchilari.pdf
162.1 KB
#viki_xushxabar

🎉 Nihoyat, sizlarni kuttirgan xabar!

📄“WikiOromgoh”ning III mavsumi uchun saralash natijalari e'lon qilindi! Saralashdan o‘tgan barchani qutlaymiz. Ayni damda mas'ullarimiz ular bilan bog‘lanishmoqda.

🥳 O‘ta olmaganlarning ham xafa bo‘lishlariga hojat yo‘q! Oldinda hali bir necha oromgoh hamda yangi loyihalarimiz sizlarni kutmoqda!

Bizdan uzoqlashmang. #Tilimiz_uchun birgalikda harakat qilamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#viki_xushxabar

🔥Biz soddalashtirilgan ingliz tilini ortda qoldirdik!

🏆Doʻstlar, oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 229 mingdan oshib, soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediyadan ham ilgariladik!

📌 Ma'lumot uchun: Simple English Wikipedia ingliz tilini o‘rganish istagidagilar hamda unga qiziquvchilar uchun vikimaqolalarning soddalashtirilgan shakli bilan boyitiluvchi Vikipediya. Ayni damda mazkur Vikipediyaning foydalanuvchilari o‘zbekcha Vikipediyadagidan 7 barobarga ko‘proqni tashkil qiladi.

⚡️Biz, albatta, ingliz tilidagi Vikipediyani ham ortda qoldiramiz. #Tilimiz_uchun birgalikda harakat qilishda davom etaylik!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube