Web Dasturlash kanali
9.81K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
🖥 Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
Dasturchiga ekspertdan 5 ta maslahat

Ekspert: John Cotterel, game dev

1. Dasturchi bitta dasturlash tilini mukammal bilishi kerak, qolganlari haqida esa hech bo'lmasa tushunchaga ega bo'lishi kerak

2. Och qorinda ishlash, bu to'g'ri kelmaydi. Lekin ortiqchasi, undan ham yomoni

3. O'zingizni shunday narsalar bilan ta'minlangki, ular sizning ishingizni effektini oshirsin va qulaylik ta'minlasin. Masalan, yomon internet, kuchsiz kompyuter...

4. O'z xatongizni o'zingiz to'g'rilashga harakat qiling.

5. Har doim vaqtida uxlashga harakat qiling. Sport bilan shug'ullaning, zararli odatlarni tashlang. Sizning jismoniy holatingiz ishingizga ta'sir qiladi

Shaxsan mendan maslahat olishni istaysizmi? Maslahatim, do'stlar, shu ekspert akamizni maslahatlariga amal qiling! 😆

@webdev07
Rossiyalik 14 yoshli developer haqida

Georgiy Bougakov
, rossiyalik yosh dasturchi, yoshi esa 14 da. U o'z ishini 7 yoshidan boshlagan, otasiga havas qilgan holda. Otasi ham dasturchi, o'g'lining yonida C++ da kod yozgan, Python'da «mo'jizachalar» ko'rsatgan. Shu orqali bolakayda qiziqish uyg'ongan. U Scratchni o'rgana boshlaydi, chunki buni otasi maslahat bergan. Uni rivojlantirgandan so'ng, otasi unga Pythonda bir-ikkita «приём» lar ko'rsatadi. Keyin esa u web-devlikka o'tadi. J-Query, JS Frameworks, Node.js va boshqalarga.

U o'z ustida ishlaydi. O'zini o'zi rivojlantiradi.

Oradan vaqt o'tadi. U kuchayadi. U Skyeng loyihasiga qo'shiladi. Shu orqali uni men ham tanib oldim. Motivatsiya uyg'otishi kerak bu yoshlarga.
U haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, mana havola
👉 https://habr.com/ru/company/skyeng/blog/487764/

Yosh, junior dasturchi ukalar. Sizlarga bir gap aytaymi? O'ylashga vaqt yo'q, dasturlang!
Kattalar, yoshlarga imkon yaratsangiz, savob bo'ladi. Keyin esa nega bizda dasturchi kam deb yurasiz.

@webdev07
O'yin yasab ko'ramiz 😎
Step-by-step Tic Tac Toe Game!
html + css + js

@webdev07
👍1
AngularJS bilan tanishing

AngularJs dastlab 2008-2009 yillarda Misko Hevery va Adam Abrons tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda Google tomonidan rivojlantiriladigan texnologiya hisoblanadi

AngularJS-bu bir sahifali veb-ilovalarni (SPA) ishlab chiqish uchun ishlatiladigan Javascript-ning ochiq manbali Frontend texnologiyasidir

Bu doimiy ravishda o'sib borayotgan va kengayib borayotgan texnologiya bo'lib, u veb-ilovalarni ishlab chiqishning eng yaxshi usullarini bizga taqdim etadi
manba: @suhrobabduaxatov

@webdev07
Hayotingizda kerak boladigan foydali 10 ta veb sayt!

1. Super Cook. Uyingizdagi bor mahsulotlardan foydalanib, qanday taomlarni tayyorlashingiz mumkinligini bilib oladigan veb-sayt. https://www.supercook.com/#/recipes

2. Privnote. Ushbu sayt yordamida yozgan narsalaringiz o'qigandan so'ng o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi. https://privnote.com/

3. Coffitivity. Uyda yolg'iz qolganda dam olishni istaganlarga, turli muhitda olomonning shovqin-suronini tinglashga imkon beradi.
https://coffitivity.com/

4. Ninite. Bir vaqtning o'zida kompyuteringiz uchun zarur bo'lgan barcha dasturlarni yuklab olishga imkon beradi.
https://ninite.com/

5. Old Version. Har qanday dasturning eski versiyasini toping.
https://oldversion.com/

6. Couchsurfing. Qayerga borsangiz, o'sha yerda bepul mehmon bolishga imkon beruvchi xalqaro mehmondo'stlik xizmati.
https://www.couchsurfing.com

7. Scribble Maps. Google xaritalarida chizishga imkon beradigan veb-sayt. https://scribblemaps.com

8. Waker Upper. Ushbu veb-xizmat sizga vaqtda uyg'otishga, muhim ishingizni eslab qolishga yoki zerikarli uchrashuvdan qochishga imkon beradi. https://wakerupper.com/

9. Project Naptha. Rasmlardagi matnni ko'chiring.
https://projectnaptha.com/

10. Pushbullet. Telefoningizda olingan xabarnomalarni kompyuter ekranida ko'rishga imkon beruvchi veb-sayt. https://www.pushbullet.com
Manba: @ITbusiness_school

@webdev07
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchilar ko'payib bormoqda, kelajakda dasturchilarga talab va ish vakansiyalari kamayib ketmaydimi?

Ushbu savolga javobni IT investor va biznesmen Bobir Akilxanovdan eshitamiz. ➡️ @webdev07
Flexbox haqida 😊

@webdev07
🔥1
🔥 React JS 3-dars, Birinchi React kodimizni yozish

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
Frontend va Backend nima?
Ularning vazifalari va farqlari

Web sayt yaratish ham qiziqarli, ham murakkab jarayon. Uni oʻrganuvchilar tobora chuqurlashgani sayin, ikki qismga boʻlib, oʻrgana boshlashadi.

Bular:
Frontend va Backend

🔹 Veb saytni maktabga qiyoslab, bu qismlarni oddiy til bilan tushuntirsak. Fronted maktabning old qismi, eshik va romlari boʻlsa, backendga misol qilib uning ichki qismi, yaʼni undagi xonalar, jihozlar, oʻquvchi va oʻqituvchilar hamda dars jarayonlarini aytish mumkin.

Aniqrogʻi, frontend bu foydalanuvchi koʻrib turadigan vizual tasvirlar. Backend esa, saytning orqa qismidagi bazaga qoʻshish, roʻyxatdan oʻtganda maʼlumotlar uzatilishi, tugmalar bosilganda boʻladigan jarayonlar kabilarni oʻz ichiga oladi.
#frontend #backend

@webdev07 | Manba
👍2