Web Dasturlash kanali
9.81K subscribers
1.41K photos
441 videos
31 files
1.05K links
πŸ–₯ Web dasturlash bo'yicha muhim maslahatlar, post, maqola va qiziqarli ma'lumotlar kanaliga xush kelibsizlar!

⁉️IT blog: @javohir_webdev

😎 Reklama: https://t.iss.one/techno_ads/17
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xudo xohlasa tez kunda WEBDEV loyhamizga start beramiz.

βœ… @wevdev07
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
#arxiv rasm

Sevgan narsalaringizga erisha olmadingizmi ? Unda erishgan narsalaringizni seving 😊

Men avval dizaynerlikka juda qiziqqanman va kun davomida faqat Photoshopda ishlab o'rganardim. Lekin u vaqtda menda yaxshi kompyuter va yaxshi ustoz yo'qigi sababli yaxshi o'rgana olmadim. Biroq kompyuterim dasturlash uchun qulay va yonimda dasturchi ustozlar bor edi. Shundan so'ng men dasturlashni o'rganishni boshladim. Hozirda natija yomon emas πŸ˜ŠπŸ‘

Ba'zida siz yoqtirgan va kirishini xohlagan eshiklar yopiq bo'lishi mumkin. Shunda siz yaxshilab boshqa nuqtaga ham qarab ko'ring, balki boshqa eshiklar ochiqdir u kutganingizdan yaxshiroqdir.

Bu taslim bo'ling ham degani emas. Men tasim bo'lmaganman, maqsadim dasturlashni o'rganib, pul ishlab, sharoit qilgach, dizaynga qaytish bo'lgan. Hozirda menda yaxshi kompyuter va atrofimda yaxshi dizaner ustozlar bor, lekin endi menda qiziqish dasturlashga qaratilgan.

Qiziqishlar ham siz o'zgarishingizga qarab o'zgarib borar ekan❗️
βœ… @javohir_webdev
Xushxabar, SASS darslarini boshlaymiz πŸ”₯

Tez orada Youtube kanalimda πŸ‘ˆ
Haqiqiy dasturchi bo'lish yo'lida zararli 3 odatdan voz keching

1. Qisqa kod yozishdan voz kechish. Yaxshi dasturchi bo'lish uchun qisqa kod yozish kerak emas, asosiysi tushunarli kod yozish kerak. Yozgan kodingizni qancha ekanligi muhim emas, muhimi uni boshqalar ham tushinishi kerak.

2. Sharxlar qo'ymaslikdan voz keching. Sharh ya’ni komentariyalarni tashlab ketsangiz, kodingizni o’qiyotgan odam tushunmasligi mumkin . Ayniqsa katta loyihalarda komentariyasiz kodni tushunish qiyin bo’ladi.

3. Hech qachon o'rganishdan voz kechmang. Ko’p yaxshi dasturchilar β€œBitta tilni yaxshi o’rganib oldim, menga shu yetadi” deb o’ylashadi. Yo’q! Aslo unday emas. Dasturlash butun Hayot davomida o’rganib, malaka oshirib boriladigan soha.

βœ… @javohir_webdev
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Javasctriptni 0 dan o'rgansa bo'ladigan juda yaxshi Youtube kanallar ro'yxati

O'zbek tilida
βž–Berdiyev Javohir - Youtube link
βž–Farkdod Dadajanov - Youtube link

English
βž–Bob Tabor - Youtube link

Russian
βž–Vladilen Minin - Youtube link

Albatta, bulardan tashqari boshqa yaxshi o'qituvchilar va yaxshi Youtube kanallari bor. Bu mening sizga tavsiyam va tanlov ko'p bo'lsa tanlov uchun ham ko'p vaqt yo'qotib qo'yish mumkin. 😊

βœ… @javohir_webdev
Domen tanlashda maslahatlar

Saytni yozib bo'ldingiz, endichi? To'g'ri, uni internetga joylash kerak. Bu uchun esa to'g'ri domen tanlay olishingiz kerak. Quyida asosiy maslahatlar:

Domen zonasini tanlash
Domenlar shartli ravishda 2 turga bo'linadi: geografik joylashuviga qarab (.ru, .uz, .kz); yo'nalishiga qarab (tijoriy saytlar β€” .com, ta'limiy saytlar β€” .edu, notijoriy saytlar β€” .org va h.k).

Domen nomi
Sayt nomini tanlashda turli belgi va raqamlardan foydalanmang. Ular eslab qolish uchun qiyin. Shuningdek, nom tanlab bo'lganingizdan keyin uni Google dan qidirib ko'ring. Agarda u raqiblaringiz domenidan bitta harf yoki tire bilan farq qilsa unda boshqa variantlarni ko'ring.

Kompaniya faoliyati yoki brend nomi?
Siz saytingizga o'z kompaniyangiz faoliyatidan kelib chiqib nom berishingiz mumkin. Masalan, telremont.uz, tashmebel.uz. Kamchiligi, bunday nomlar allaqachon band bo'lishi mumkin.

2-variant esa bu bevosita brend nomidan foydalanish. Ko'p kompaniyalar shu yo'ldan boradi: samsung.com, toshiba.com, artel.uz. Kamchiligi, boshlang'ich etapda reklama qilish qiyin bo'ladi. Hech kim notanish firmani internetdan qidirmaydi.

βœ… @webdev07
πŸ‘1
πŸ”₯ SCSS 2-dars, Partial.scss haqida yani SCSSni blocklarga ajratib ishlash

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

βœ… @webdev07
πŸ‘1
πŸ˜„

βœ… @webdev07
πŸ‘1πŸ”₯1
Forwarded from Hasan Shodiyev | Blog
Siz uchun manfaatli suhbat. Bizga qo'shiling va biz sizning koryerangiz uchun enga zarur savollarga to'liq va to'g'ri javoblarni aytamiz. Batafsil quyida πŸ‘‡.

@uzbhasan_blog
Forwarded from Hasan Shodiyev | Blog
To'g'ri yo'lni tanladingizmi yoki tanlagan yo'lingizdan to'g'ri borayabsizmi?

Assalomu alaykum! Siz hozirda dasturlashni o'rganishni maqsad qilgansiz yoki o'rganish jarayonida yoki dasturchi sifatida ish faoliyatingizni olib borasiz. Shu uch toifadan biriga kirsangiz, siz quyidagi savollarga javob topishingiz shart.

O'rganishni maqsad qilgan va o'rganayotganlar.
Aniq ish o'rniga ega dasturchi bo'lish siz o'ylagandek yoki reklamalarda ko'rganingiz kabi qisqa muddatli jarayon emas. Shu sababdan siz, birinchi navbatda
- to'g'ri yo'lni tanlaganmisiz?
- sizdan dasturchi bo'lish uchun dasturlashga aloqasi bo'lmagan qanday bilimlar talab qilinadi va qay darajada?
- agar o'rganayotgan bo'lsangiz to'g'ri o'rganayabsizmi?
- siz tanlagan yo'nalishni o'rganish uchun qancha vaqt zarur, balki qisqa vaqtda o'rganaman deb vaqtingizni bekorga sarflayotgandirsiz?
- dasturlash siz o'ylaganingizdek serdaromad kasbmi?
- siz nimani o'rganayabsiz-u, ish beruvchilar sizdan nimalarni kutishadi?
... kabi savollarga javob topishingiz kerak.

Dasturchi sifatida ishlaysizmi? Unda siz,
- hozirgi ish o'rningiz kelajakdagi koryerangizga qanday tasir qiladi?
- hozirda darajangiz qanday va uni oshirish uchun nimalar qilishingiz kerak?
- o'z bilmingizga yarasha haq olayabsizmi va uni qanday baholash kerak?
... kabi savollarga javob topishingiz kerak.

Men Hasan Shodiyev, 10 yil davomida dasturlash bilan shug'illanaman va bu hayotim mazmuniga aylangan. Agarda siz yuqoridagi savollarga haligacha o'zingizda javob topa olmagan bo'lsangiz yoki javobingiz to'g'ri va to'loq ekanligiga ishonch hosil qilmoqchi bo'lsangiz, BIZGA QO'SHLING! Men sizga uzoq muddatlik tajribamdan kelib chiqib, hech qanday foydani o'ylamagan holda eng aniq javoblarni beraman.

Online suhbatimizga qo'shilish uchun @uzbhasan_blog kanaliga a'zo bo'ling. Suhbat ertaga - 26-oktyabr kech soat 21:00da, telegram tarmog'i orqali bo'lib o'tadi.

@uzbhasan_blog
Forwarded from Amirbek Bozorov | Startup | Dev | (sohy)
​​#dasturlash #foydali

Hi everyoneπŸ™‹πŸ»β€β™‚οΈ.
How are you?

Bugungi mavzumiz Programming haqida bo'ladi.

⁉️Dasturlashni odamlar qanday ko'rishadi?!
1. Success - Muvaffaqiyat.
2. Money - Zo'r daromad.
3. Easy work - Oson ish.
4. 3-4 oyda Dasturchi bo'lib, tezroq daromadga chiqish.

βœ…Odamlar bilmaydigan va ko'rmaydigan taraflari:
1. 3-4 oyda emas, 1-2 yil tinmasdan o'rganish va ishlash o'z ustida. Kunni kun, tunni tun demasdan.

2. Shunda ham Junior ya'ni, yangi dasturchi yoki kichik dasturchi darajasida ishlaysiz. Daromad ham shunga yarasha bo'ladi.

3. Oson ishni o'zi yo'q. Ayniqsa dasturlashda.
Kimda kim frontend kirish oson, 3 oyda o'rganib 1000$ topaman desa, qattiq adashadi. Frontendga kirish oson emas, hamma yo'nalishda boshlanish osondir balkim.

4. Juda ham ko'p praktika qilish kerak, ya'ni tajriba orttirish kerak.
Eng asosiysi shu qismi. Shundan ko'plar o'ta olishmaydi.

5. Ko'pchilik yo'l qo'yadigan xatolardan biri - online, uyoq-buyoqdan o'rganib, har xil sohaga urinishi.
Tezroq pul ishlashni xohlashadi, Tez hech qachon bo'lmaydi. Ancha ter to'kish kerak.

Menda hozircha shular edi.
πŸ”₯Gazni bosinglar. Hech qachon to'xtamanglar va lekin to'g'ri yo'nalishda ketinglar.

Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz bilan ulashing:)

@theamirbek
πŸ‘1πŸ”₯1
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
πŸ”₯ React JS 4-dars, React Componentlar haqida.

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

βœ… @webdev07