Voha Ovozi
272 subscribers
1.3K photos
963 videos
1 file
470 links
Voha Ovozi - ekskulyeziv, muhim, reallik, qiziqarli...

Gapirish va fikr bildirish cheklanmagan))
Shaxsiy fikr va qarashlar!

🔴Bu yerdaman: @free_journalist1308
Download Telegram
Channel created
⭕️"Xavfsiz migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash masalalarini yoritish/targ'ib qilish bilan shug'ullanuvchi jurnalistlar hamda PR va matbuot-xizmatlari xodimlari uchun mediamaktab"

USAID, WINROCKinternational hamda "O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi" tomonidan, uch bosqichdagi "Mediamaktab"ga 31 - mart kunidan start berildi.

Ushbu maktabda O'zbekistonning turli nuqtalaridan saralanib olingan, 24 nafar a'zolar qatnashmoqda.

O'rta Osiyo hususan O'zbekistondagi ishsizlik sabab, yiliga minglab muhojirlar oilasi bag'ridan ish izlab ketishga majbur bo'ladi.

Mehnat muhojirlari uchun xavfsiz tizim yaratish hamda odam savdosiga qarshi kurashish, hukumat hamda bir qator hamkor NNT oldidagi vazifalardan biri.
Bu borada qator loyihalar ham ilgari surilmoqda.

Tashkil etilgan "Media maktab" ham anashu loyihalardan biri. Qatnashchilarga tushunchalar berildi va takliflar ham eshitildi. Bugun 1 - aprel "Media maktab"ning 2 - ish kuni yakunlandi.

Ziyo Nur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
(30 - mart, 2023)

"Mediamaktab" qatnashchilari Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanidagi "AvenueParkHotel" ko'ngilochalar maskaniga yetib kelishdi.

So'lim tabiatli, ajoyib tog' havosi...
🔺USAID
🔺WINROCKinternational
🔺Modern Journalism Development centere


"Xavfsiz migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash masalalarini yoritish/targ'ib qilish bilan shug'ullanuvchi jurnalistlar hamda PR va matbuot-xizmatlari xodimlari uchun mediamaktab"

31 - martdan, 2 - aprel kunlari (1 - bosqich)

- 24 nafar qatnashchilar;
- Malakali media trenirlar hamda jurnalistlar;
- Yangicha yondashuv va takliflar;
- Savollar va javoblar;


#MediaSchool_Winrock_2023
#Winrock_MediaSchool_2023
#PR_Winrock_2023
#Journalism_Winrock_2023
#Трудовая_миграция_2023
#Work_migration_2023
#Миграция_2023 #Migration_2023
Og'iz ochib bo'lgach mumkin degan ma'noda facebook, instagram va tvitterda “iftorlikda falon narsa yedim” deb maqtanib odamlarni ishtahasini ochuvchi rasmlar qoʻyilyapti. Lekin bu internet siz yashaydigan kichik bir mahallamas-ki, hamma bir vaqtda ogʻiz ochib-yopadigan. Siz qoʻygan rasmni koʻrgan odam boshqa davlatda yashovchi roʻzador boʻlishi mumkin. Qoʻshningiz boʻlsa ham siz "ko'z-ko'z" qilib qoʻygan taomni ertasi kuni kunduzi roʻzador ahvolda koʻrishi mumkin-ku! Siz roʻzador holatingizda koʻchada suv yoki ovqat yeb ketayotgan odamdan qanday jahlingiz chiqib nafratlansangiz, uni dunyodagi eng gunohkor sifatida koʻrsangiz, afsuski, bu holatda oʻzingiz ham xuddi shu maqomdasiz.

#Jek
Iftorlik chellenjimi buyog'i...))

Surxondaryodan gapiramiz! 😜
Forwarded from Voha Ovozi
"Ezgulik" inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovni yozishicha, Koson tumani hokimi 31 - mart kuni majlis qilib tashrif buyurgan fermirlarni qattiq tanqid ostiga olgan.
Keyin esa suv chaqirtirib, majburan ro'zador fermirlarni og'zini ochtirgan.

Tovba...
Yangi O'zbekitonda hokimlarga cheksiz vakolatlar berishning achchiq oqibatlaridan biri. Indamasa, o'zini Payg'ambarman deb e'lon qilishdan ham qaytmaydi bular.

"Inson huquqlari" degan tushuncha, Koson hokimini to'fligini tagida qoldimikan?

Konistitutsiya (meniki, seniki, bizniki) deb aljirayitganlar qani?

Bo'lgani shumi?
Essiz.... (
Bayrog'imiz...🤐

©Molxonauzb
2 - aprel kuni Toshkentda qisqa muddat yog'ib o'tkan yomg'ir shunchaki daxshat edi...

Bunaqangi yomg'irga guvoh bo'lmagan edim.
Suvga tushgan mushukdek shalabbo bo'ldim.
Pana joy qidirib metroga chopsam, metro ham daryo toshqin suvlar to'lqin bo'lib yotibdi..((

Ko'chalarni aytmaysizmi?
Odamlar moshinasi tomiga chiqib olgan. Ba'zi odamlar yig'lab chopib borayabdi. Vohma...

Toshkent shahar hokimligi munosabat beribdi. Unga ko'ra, yomg'ir belgilangan normadan ko'p yog'ibdi. Shuning uchun latoklar, buncha katta miqdordagi suvni qabul qilolmay ko'chalar suv bilan to'lib toshibdi.

Endi yomg'ir ham bizdan so'rab yog'sinmi? Latoklaring qancha yomg'irni sig'diradi? Qancha yog'ayin, desinmi?

Suv balosidan o'zi asrasin)
Voha Ovozi
"Ezgulik" inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovni yozishicha, Koson tumani hokimi 31 - mart kuni majlis qilib tashrif buyurgan fermirlarni qattiq tanqid ostiga olgan. Keyin esa suv chaqirtirib, majburan ro'zador fermirlarni og'zini ochtirgan.…
Yegan og'iz uyalar..))

Nima uchun Qashqadaryodagi blogarlar Koson hokimi atrofidagi gap so'zlar bo'yicha tilini tishlab o'tiribdi desam, gap buyoqda ekanda..😜

Vuha ha haaa😹
🔴Finlyandiya NATOga a'zo bo'libdi.